|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 2/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish rejaEkologik xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun ekologik siyosat davlat siyosatiga aylanganda va ekologik boshqaruv to‘liq amalda bo‘lgandagina erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhit muhofazasi sohasida olib borayotgan siyosati ekologik xavfsizlikni ta’minlashning ustivor yo‘nalishlarini belgilash va uni amalga oshirish borasidagi dasturlarning bajarilishida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:
Tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish.
Atrof-muhitning ifloslantiruvchi moddalarini ekologik me’yorlaridan oshmasligini ta’minlash.
Hududlarning obodonlashtirilishi va musaffolik holatida saqlash, shuningdek ekologik jihatdan noqulay hududlarni sog‘lomlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini sifatli ichimlik suvi, mahsulotlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash.
Ekologik muammolarni hal qilish ishlari xalqaro hamjamiyat tomonidan birgalikda olib borilishi va kuchaytirilishi.
Ekologik madaniyatni va xalq ta’limini rivojlantirish.
Mintaqaviy ekologik xavfsizlik tuzilmasini shakllantirish.
Ekologik favqulodda vaziyatlar, baxtsiz hodisalar va ularning salbiy oqibatlarini oldini olish.
Atrof-muhit monitoringi va zamonaviy axborot tizimlarini yaratish.
Ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va ekologiya sohasida ilmiy va texnologik yutuqlardan foydalanish imkoniyatlarini rivojlantirish.
Davlat hokimiyati organlari va tabiatdan foydalanuvchilar uchun huquqiy va ekologik mexanizmlarni takomillashtirish va davlat tomonidan qabul qilinadigan boshqaruv qarorlariga qat’iy talablar qo‘yish, ularni bajarilishining samaradorligini oshirish.
|
| |