O‘zbekiston Respublikasining




Download 0,52 Mb.
bet3/26
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#242114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1 ma’ruza kirish reja

O‘zbekiston Respublikasining ekologik va iqtisodiy siyosati
Iqtisodiy faoliyatning iqtisodiy natijalarga erishishda ekologik talablarni hisobga olmasdan turib bir tomonlama yo‘naltirilganligi jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlay olmaydi. Ekologik siyosatning maqsadi mamlakatning iqtisodiy ahvoli va uning xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyatning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishni ta’minlashdan iborat. Biosferaga antropogen ta’sirlarni cheklash barqaror rivojlanishga erishishga yordam beradi. Atrof-muhitga yo‘l qo‘yiladigan ta’sirning optimal darajasini aniqlash ekologik siyosatning vazifalaridan biridir.
Ekologik siyosat har qanday davlatning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir, chunki ekologik muammolar iqtisodiy o‘sishning natijasidir. U zamonaviy jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa jihatlari bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
Ekologik siyosatni amalga oshirish, bir tomondan, uning yo‘nalishlari va echimlarini belgilab beruvchi aniq ekologik tuzilmalar faoliyati bilan cheklangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ekologik muammolar qaysi tuzilmalar faoliyati natijalari bo‘lishidan qat’iy nazar hal etilishini talab etadi.
Ekologik menejmentni iqtisodiy sohada boshqarishning maxsus sohasi sifatida ishlab chiqish va amalga oshirish ekologik tanglikni kamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Ekologik siyosat integratsiyalashgan iqtisodiy tizimga solinmasa, bu ishning boshqaruv samarasi etarli bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, atrof-muhit sifatini yaxshilash, uni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha izchil qadamlar qo‘yildi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida bozor munosabatlariga o‘tish, aholi va shaharlarning ko‘payishi, transport, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi, ekologik muammolarni hal qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ko‘paytirish masalalari eng muhim vazifaga aylandi.
O‘tgan davr mobaynida "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida", "Suv va er osti boyliklari to‘g‘risida", "O‘rmon to‘g‘risida", "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida", "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish to‘g‘risida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida", "Ekologik ekspertiza to‘g‘risida" gi qonunlar va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 2 iyulda «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 dekabr’ «Atrof muhitga ta’sirini baholash to‘g‘risida»gi 491-sonli qarori qabul qilingandan so‘ng “Atrof-muhitga ta’sirni baholash” (AMTB) hujjati qonuniy yuridik jihatdan qabul qilinib, yangi va rekonstruksiya qilinayotgan xo‘jalik yurituvchi ob’ektlarining loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishda asosiy tadbirlardan biri ekanligi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekistonda AMTB hujjatlari loyihalarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish uchun uning asosiy va shart bo‘lgan tarkibiy qismlaridan bo‘lishi belgilandi va asosan XX asrning 90 yillar boshidan ob’ektlarning atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini aniqlashda keng miqiyosda amaliyotda qo‘llanila boshlandi. 1995 yildan boshlab AMTB hujjatlari yangi va qaytadan ishlab chiqilgan «Qurilish me’yorlari va qoidalari» (QMK) me’yoriy hujjatlariga kiritildi.

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 0,52 Mb.