• 2 ma’ruza Atrof-muhitni boshqarish sohasidagi xalqaro standartlar Reja
  • 1 ma’ruza kirish reja




    Download 0,52 Mb.
    bet4/26
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #242114
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    1 ma’ruza kirish reja

    Nazorat savollari:

    1. Fan va texnika taraqqiyotining ekologik barqarorlikka ta’siri qanday omillarga bog‘liq?

    2. Ekologik barqarorlikni ifodalovchi qoidalar qanday?

    3. Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat?

    4. O‘zbekiston Respublikasining ekologik va iqtisodiy siyosati qanday?

    5. O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasiga tegishli qanday qonun va qarorlar qabul qilingan?

    2 ma’ruza
    Atrof-muhitni boshqarish sohasidagi xalqaro standartlar
    Reja:
    1. Buyuk Britaniyaning BS-7750 Standarti.
    2. Ekologik menejment va auditsiya sxemalari
    3. Ekologik menejmentning xalqaro standartlar tizimi

    Rivojlangan mamlakatlarda sifatli mahsulot ishlab chiqarish va sifatli xizmatlar tashkil qilish maqsadida menejmentning asosiy falsafasi va konsepsiyasi etib Umumiy Sifat Menejmenti tanlangan (Total Quality Management).


    Umumiy Sifat Menejmentining hamma talablarini amalga oshirish uchun Halqaro Hamjamiyat ekologik qonunchilik va nazoratning qat’iy tizimini yaratishga harakat qilmoqda. Bu mexanizm samarali ishlashi uchun xalqaro standartlar ishlab chiqilishi va ularga qat’iy rioya qilinishida muntazam nazoratni o‘rnatish kerak. Hozirgi paytda amalda qo‘llanilayotgan standartlarning bir necha tizimi mavjud bo‘lib, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.
    Ekologik menejmentni tashkil qilishda Buyuk Britaniya 1990 yilda “Ekologik akt” (Environmental Act), tuzish orqali dastlabki qadamini qo‘ydi. 1992 yilda esa Britaniya standartlashtirish instituti tomonidan ekologik menejment tizimlari sohasida Standart BS-7750 (Specificatsion for environmental Menejement Sistems) ishlab chiqildi.
    Ish boshida BS-7750 prinsiplariga mos tushadigan tavsiflarni Britaniya korxonalari erkin tarzda berishlari ko‘zda tutilgan edi. Keyinroq Buyuk Britaniyaga boshqa davlatlar ham qo‘shilishdi. Standartning o‘zi esa, boshqa xalqaro hujjatlarning tayyorlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
    BS-7750 standarti ekologik menejment tizimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning quyidagi bosqichlarini nazarda tutadi:

        1. Ekologik ahvolni dastlabki ko‘rib chiqish. (Korxonada qo‘llanilayotgan va uning oldiga qo‘yilgan barcha ekologik me’yorlarni aniqlashtirish lozim).

        2. Ekologik siyosatni shakllantirish. (Bu hujjat korxona faoliyatining barcha jihatlari va mahsulotlarni qamrab olishi, shuningdek har bir taraf, har bir muassasa va shaxs tomonidan amal qilinishi shart).

        3. Ekologik menejment tizimida mas’uliyatlar va vazifalarni taqsimlash strukturasini aniqlashtirish.

        4. Atrof-muhitga korxonaning ta’sir darajasini aniqlash.

        5. Korxonaning maqsad va vazifalarini ekologik nuqtai nazaridan ishlab chiqish.

        6. Atrof-muhitga ta’sir etuvchi korxonaning ma’lum faoliyat bosqichlari, jarayonlarini aniqlash va ular faoliyatini nazorat qilish tizimini yaratish.

        7. Ekologik menejment dasturini ishlab chiqish. (Dastur o‘z ichiga korxonaning avvalgi va kelajakdagi faoliyatini va mahsulotlarning atrof-muhitga ta’sir qilishi mumkinligini inobatga olishi kerak).

        8. Ekologik menejment tizimida ekologik audit tizimi ishlayotgan yoki yo‘qligini bilishga yordam beradigan boshqaruvni ishlab chiqish. (Bu tizim korxonaning asosiy jihatlari atrof-muhitga qay darajada ta’sir qilishini aniqlashi kerak).

        9. Muhim ekologik voqealar, faoliyat turlari va hokazolarni ro‘yxatga olish tizimini o‘rnatish (masalan, ekologik siyosat talablarining buzilish hollari, ahvolini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar).

        10. Ekologik auditlar. BS-7750 auditsiyalash jarayonini ko‘rsatishi va auditorlik rejasining talablarini detallashtirishi kerak (BS-7750 da auditsiyalash deganda muntazam baholash tushuniladi).

    O‘sha yillardayoq BS-7750 standarti Finlandiya, Niderlandiya va SHvetsiya tomonidan qabul qilindi. Fransiya, Irlandiya va Ispaniya o‘z standartlarini ishlab chiqishdi. Avstriya esa ekologik menejment tizimlarining halqaro talablarini chop etilishini kutishga qaror qildi.

    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 0,52 Mb.