|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 7/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish rejaNazorat savollari:
Ekologik menejmentning rivojlanish tarixi qanday davrlarni o‘z ichiga oladi?
Ekologik menejment sohasida qanday xalqaro standartlar va tavsiyalar mavjud?
BS-7750 Britaniya standartining mohiyati nimadan iborat?
BS-7750 Britaniya standarti ekologik menejment tizimlarini ishlab chiqishning qanday bosqichlarni nazarda tutgan?
EMAS talablariga binoan ekologik menejment tizimlari qanday elementdan tashkil topgan?
Ekologik menejmentning ISO 14000 xalqaro standartlar tizimiga nimalar kiradi?
3 ma’ruza
Korxonada ekologik menejment tizimini ishlab chiыish
Reja:
1. Ekologik menejment tushunchasi va uning funksiyalari
2. Ekologik menejment darajalari.
Ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan har qanday loyiha va dasturlarni maqsadga muvofiq tadbiq etish uchun korxonalarda ekologik boshqaruv tizimining mukammallashtirish talab etiladi. Ilmiy texnik adabiyotlarda ekologik boshqaruv tushunchasini ekologik menejment tushunchasi bilan almashtirib ham yuritiladi. Lekin bu tushunchalar orasida sub’ektlar nuqtai nazaridan farq bor:
Ekologik boshqaruv tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qonuniy talab va majburiyatlarga rioya qilishga va turli maqsad, loyiha, dasturlar ishlab chiqish, ularni tadbiq qilishga qaratilgan davlat organlari va iqtisodiyot sub’ektlarining faoliyatidir.
Ekologik menejment esa iqtisodiyot sub’ektlari egalarining maqsad, loyiha, dasturlar ishlab chiqish, amalga oshirishda ekosamaradorlik va adolat asosida yo‘naltirilgan tashabbuskorlik va natija beradigan faoliyatidir.
Menejment tashkilotlarda odamlarni boshqarish bo‘yicha amaliy fan sifatida vujudga kelgan va birinchi navbatda tashkilotning strategik va taktik maqsadlariga erishishga qaratiladi.
Boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha evropa qo‘mitasi menejmentni quyidagicha ta’riflaydi: menejment - bu tashkilotlarda odamlarni dinamik tahlil usullari, qarorlar va muloqotlarga asoslangan holda boshqarish bo‘lib, unda rejalashtirilgan, tashkiliy va nazorat qilinadigan vositalardan foydalanish orqali maqsadlarga erishiladi.
Tashkilot - bu mulkchilik shaklidan qat’iyn nazar, o‘zining muayyan funksiyasi va boshqaruviga ega bo‘lgan kompaniya, uyushma, firma, korxona, hokimiyat muassasasi yoki ularning funksional bo‘linmalari yoki ularning birlashmasidir.
Boshqaruvning mohiyati boshqaruv munosabatlari va mulkchilik shakllariga muvofiq shaxsiy, guruhiy (jamoaviy) va davlat manfaatlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashdan iborat.
Funksionallik e’tiboridan menejment – bozor munosabatlarida faoliyat yuritayotgan korxona yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida rejalashtirish, tartibga solish, rag‘batlantirish va nazorat qilish asosida boshqarishni yuqori professional darajada ishlashni ta’minlashdir.
Katta miqyosdagi biznesning ehtiyojlari menejment fanini moliya, bank, innovatsiya, investitsiya, reklama, ishlab chiqarishni boshqarish va logistika kabi tarkibiy qismlarga bo‘linishiga taqazo etdi.
Tashkilotlarning rivojlanish ehtiyojlari esa menejment fanini ekologik, inqirozli, ijtimoiy, ekstremal, kommunal, xodimlarni boshqarish va rahbarlik kabi tarkibiy qismlarga bo‘linishiga olib keldi.
Ekologik menejment - tabiiy muhit sifatini saqlab qolish, aholi salomatligini ta’minlash va resurslardan tejamli foydalanish maqsadida ekologik holatni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi boshqaruv tizimidir.
Ekologik menejmentning o‘ziga xosligi shundaki, bunday boshqaruv tizimi jamiyatning barqaror rivojlanishi sharoitida insonning iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun atrof-muhitga ta’sirini ongli ravishda rejalashtirish va tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
Ekologik menejment tizimlari hamma rivojlangan davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham keng qo‘llanilmoqda. SHuning uchun kelajakdagi kadrlar bu tushunchalar, ya’ni sanoatning barcha tarmoqlarida ekologik boshqaruv tizimi va amaliyoti bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi kerak.
Ekologik menejment tizimi atrof-muhitga zararli ta’sirlarni kamaytirishni uch xil darajada amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
|
| |