|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 8/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish rejaTashkilotlar darajasida – korxonalar faoliyatini ekologik nuqtai nazardan yaxshilash.
Milliy darajada – milliy normativ bazalarga to‘ldirishlar kiritish va davlat ekologik siyosatining komponentlarini kuchaytirish orqali.
Xalqaro darajada – halqaro hamkorlik, savdo talablari va shartlarini takomillashtirish bilan.
Tizimga kiruvchi hujjatlarni uch guruhga bo‘lish mumkin:
ekologik menejment tizimining prinsiplarini tashkil qilish va ularni ishlatish;
ekologik monitoring va baholash vositalari;
mahsulotga qaratilgan standartlar.
Asosiy hujjat hisoblangan ISO 14001 standarti - ekologik menejment tizim talablarini o‘rnatadi. Bu esa har bir korxonaga o‘z davlatining tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga binoan o‘z ekologik siyosati va maqsadlarini shakllantirish imkonini beradi. Standartda asosiy termin va tushunchalar keltirilgan va shuningdek ekologik siyosat sohasida tavsiyalar berilgan.
Berilgan tavsiyalarga muvofiq har bir korxona o‘zining ekologik menejment tizimini ishlab chiqishi, rivojlantirishi mumkin va o‘z navbatida bu standart talablari bajarilishini ta’minlashi kerak.
Korxonada ekologik boshqaruvning tarkibiy qismini tashkil etish ekologik menejmentni tushunchasining asoslaridan bo‘lib, umumiy boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Korxonalar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan, mahsulot ishlab chiqaradigan, xizmatlarni tashkil etadigan yoki savdo bilan shug‘ullanadigan tashkilotlardir. Ekologik ta’sirlarning salmoqli qismi va ular uchun javobgarlik ulushi korxonalar zimmasiga tushganligi sababli ekologik menejment ekologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida optimal nisbatni ta’minlashga xizmat qilishi kerak.
Iqtisodiy rivojlanish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun asosiy maqsad bo‘lsa, ekologik omillar esa tashqi talablarni aks ettiruvchi me’yorlar orqali rivojlanishni boshqaradi. Xo‘jalik faoliyatini boshqarishning sifat jihatidan bunday yangi usuliga o‘tish tabiiy muhit imkoniyatlari va jamiyat ehtiyojlarini hisobga olishga majbur qiladi. Ekologik menejmentni tashkil etishning pirovard maqsadi - mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va iste’mol qilish jarayonlarida ekologik xavfsizligining yuqori darajasiga erishishdir.
Ekologik menejmentni o‘rganishning asosiy ob’ekti xo‘jalik faoliyatining atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan korxona faoliyatining boshqaruv tizimi hisoblanadi. tadqiqot predmeti korxona faoliyatini ekologizatsiyalash bilan bog‘liq holda rivojlanadigan ekologik-iqtisodiy munosabatlardir.
Ekologik menejmentning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ekologik siyosat va majburiyatlarni asoslash;
ekologik faoliyatni rejalashtirish;
ichki va tashqi ekologik faoliyatni tashkil etish;
xodimlarni boshqarish;
atrof-muhit ta’siri va resurslarni boshqarish;
ichki ekologik monitoring va nazorat;
ekologik ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va baholash;
ekologik menejment va boshqaruv tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;
ekologik xavfsiz ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tashkil etish;
mahsulotlarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish va utilizatsiya qilish jarayonida atrof-muhitga salbiy antropogen ta’sirning oldini olish;
tabiiy muhitga minimal zarar etkazgan holda maksimal iqtisodiy natijani olish;
korxonaning ekologik qiyofasini shakllantirish va mahsulot turlarini kengaytirish;
kam chiqindili va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
ekologik faoliyatni rag‘batlantirish.
Ekologik menejment quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
ekologik muammolarni hal etishning ustuvorligi;
har qanday darajadagi boshqaruv qarorlari natijasida kelib chiqadigan ekologik oqibatlar uchun javobgarlik;
ekologik siyosatni namoyish etishda ochiqlik;
ekologik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi.
SHunday qilib, ekologik menejment - korxonaning iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvozanatga erishishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimidir.
Ekologik menejmentning maqsadi – ekologik - iqtisodiy muvozanatli rivojlanishi asosida korxonaning ekologik xavfsizligi va rentabelligini ta’minlashdan iborat.
Ekologik menejment boshqaruv faoliyatining turli funksional sohalarini qamrab oladi, shuning uchun "Ekologik menejment asoslari" kursi boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadordir. Ekologik xavf va tahdidlarni muvaffaqiyatli boshqarish atrof-muhitni haqida tushunchalarni, uning asosiy qonunlarini, zamonaviy ekologik muammolarning mohiyatini chuqur bilishni hamda amaliy ekologik va iqtisodiy muammolarni hal qilishda ixtisoslik bo‘yicha qator bilimlarni egallashni talab qiladi.
To‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun ISO 14001 standarti talablariga muvofiq korxonaning ekologik boshqarish tizimini yaratishga harakat qilaylik. Korxonaning ekologik boshqaruv tizimining taxminiy tuzilishi 2-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday tizimlar bozor iqtisodiyotida mahsulotlarning raqobatbardoshligini, moliyaviy barqarorligini va korxonalarning barqaror rivojlanishiga erishishni ta’minlashi hamda nafaqat hozirgi kunda, balki kelajakda ham ekologik xavfsizlik talablariga javob beradigan faoliyatni kafolatlashi lozim.
2 rasm. Sanoat korxonasida ekologik boshqaruv tizimi
Ekologik siyosat – korxona faoliyatining ekologik jihatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ommaviy deklaryasiya qilinadigan tomonlar va majburiyatlar, ekologik maqsad va vazifalarni hal etishga qaratilgan faoliyatdir.
Ekologik siyosat har qanday davlatning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir, chunki ekologik muammolar iqtisodiy o‘sishning natijasidir. U zamonaviy jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa jihatlari bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
Ekologik siyosatni amalga oshirish, bir tomondan, uning yo‘nalishlari va echimlarini belgilab beruvchi aniq ekologik tuzilmalar faoliyati bilan
cheklanadi, ikkinchi tomondan, ekologik muammolar qaysi tuzilmalar faoliyati natijasi ekanligidan qat’iy nazar hal etilishi lozim.
Ekologik menejmentni iqtisodiy sohada boshqarishning maxsus qismi sifatida rivojlantirish va tadbiq qilish ekologik tanglikni kamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Ekologik siyosat integratsiyalashgan iqtisodiy tizimga solinmasa, bu ishning boshqaruv samarasi etarli bo‘lmaydi.
Sanoat korxonasida rahbariyat ishtiroki bilan dastlabki ekologik baholash jarayoni amalga oshirilgandan so‘ng nazorat va monitoring orqali ekologik siyosatga muvofiq ekologik boshqaruv tizimi 2-rasmda ifodalangan. Bu sxemani sanoatning barcha tarmoqlarida tadbiq qilish mumkin, lekin bajariladigan vazifalar korxona xususiyatlari, olib borilayotgan siyosatdagi asosiy tamoyillar, maqsadlar va majburiyatlar bilan farqlanadi.
Nazorat savollari:
Ekologik menejment funksiyalari nimalardan iborat?
Ekologik menejment vazifalari nimalardan iborat?
Ekologik menejment qanday tamoyillarga asoslanadi?
Ekologik menejmentning ob’ekti nima?
Korxona ekologik boshqaruv tizimining tarkibiy qismlari qanday?
Ekologik siyosatning mohiyati nimadan iborat?
|
| |