|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 16/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish rejaEkologik boshqaruv tizimidagi kommunikatsiyalar
Kommunikatsiyalar – bu ekologik boshqaruv tizimi sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ikki tomonlama harakatlar, shuningdek, tizim elementlari va shaxslar o‘rtasidagi aloqalar bo‘lib, bularsiz samarali faoliyat mumkin emas.
Ekologik boshqaruv tizimlarida kommunikatsiyalarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
ma’muriy - tizimdagi sub’ektlarning o‘zaro bo‘ysunishini aks ettiradi (ekologik xizmatlar tuzilishi);
moliyaviy - ekologik faoliyatni amalga oshirishda moliyaviy qarorlar ketma-ketligini ko‘rsatadi (ekologik xizmat, rejalashtirish bo‘limi, buxgalteriya hisobi, boshqaruv elementlari);
axborot almashish - atrof-muhit faoliyati bilan bog‘liq axborot-aloqalari (bosh energetik, bosh mexanik, maishiy xo‘jaligini boshqarish bo‘limlari, korxona laboratoriyasi va boshqalar).
Axborot almashish tizimi tashkilot, ta’minotchilar, mijozlar, hamkorlar, davlat va davlat boshqaruvi organlari xamda shu kabilarning barcha asosiy lavozimdagilarni qamrab olishi kerak (avvallari korxonalarda ekologik axborot oshkor qilinmas, chunki atrof-muhit masalalariga etarli e’tibor berilmas va ekologik muammolarni hal qilish iqtisodiy jihatdan noo‘rin hisoblanar edi).
Ekologik boshqaruv tizimi ongli ravishda ekologik muammolarni echishga qaratilgan va shuning uchun barcha manfaatdor tomonlarga
qilinayotgan ishlar, dasturlar, qo‘yilgan maqsadlar va ularga erishish yo‘llari bilan keng xabardor qilishni tavsiya etadi.
Korxona faoliyatining ekologik jihatlaridan manfaatdor asosiy shaxslar va tomonlar:
davlat ekologik nazorat organlari (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati-Sanepidxizmat, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining hududiy organlari va boshqalar);
mahalliy boshqaruv organlari;
korxona ta’sir zonasida yashovchi aholi;
korxonaning ta’sir zonasida joylashgan yuridik shaxslar;
ommaviy axborot vositalari;
ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari;
ekologik jamoatchilik (aslida ekologik, ilmiy, siyosiy, biznes mahalliy, hududiy va davlat jamoatchiligi);
xayriya tashkilotlari;
subpudratchilar va ta’minotchilar;
ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar iste’molchilari;
tegishli sanoat korxonalari va raqobatchi korxonalar;
professional va tadbirkorlik uyushmalari va tashkilotlari;
chet ellik hamkorlar;
investorlar;
aksiyadorlar;
xalqaro ekologik tashkilotlar va xalqaro ekologik hamjamiyat.
|
| |