|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 18/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish reja6 Ma’ruza
Korxonada ekologik faoliyat bo‘yicha ish yuritish hujjatlari
Reja:
1. AMTB protsedurasining hujjatlari:
2. Atrof-muhitga ta’sir etuvchi jarayonlarni boshqarish va qo‘yilgan ekologik maqsadlarga erishishga qaratilgan tadbirlar
3. Atrof-muhit holati va uni boshqaruv tizimini nazorat qilish
Korxonada ekologik faoliyat bo‘yicha ish yuritish hujjatlari
Ekologik faoliyat bo‘yicha ish yuritish hujjatlari amaldagi ekologik qonunchilikka muvofiq ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Xujjatlar uchun majburiy talablarga quyidagilar kiradi:
1. Atrof-muhitga ta’sirni baholash protsedurasining 3 bosqichdan iborat hujjatlari:
a) Atrof-muhit ta’siri bayonnomasi loyihasi (AMTBL-proekt ZVOS);
v) Atrof-muhitga ta’sir bayonnomasi (AMTB-ZVOS);
s) Ekologik oqibatlar bayonoti (EOB-ZEP).
Atrof-muhitga ta’sirni baholash protsedurasida tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiya etilgan chora-tadbirlar ekologik dastur va ekologik chora- tadbirlar rejalariga kiritiladi.
2. Atrof-muhitga ta’sirning ekologik me’yorlari:
“Atmosferaga zararli moddalar tashlash manbalarini inventarizatsiya qilish va belgilangan ruxsat etilgan chegaraviy tashlama me’yorlari” (RECHT-PDV) hujjatlari. Korxonada havoni ifloslantiruvchi manbalarni inventarizatsiya qilish havoga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash va chiqarish manbalarini tarqatish bo‘yicha parametrlarni, sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash, axborotlarni yig‘ish va tizimlashtirishni o‘z ichiga oladi.
- Agar korxona tomonidan oqova suvlar suv havzalariga va rel’efga oqizilsa, “Suv havzalari va rel’efga oqiziladigan oqova suvlardagi ifloslantiruvchi moddalarning maksimal ruxsat etilgan me’yorlari loyihasi“ (RECHO-PDS) ishlab chiqiladi.
- “Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari inventarizatsiyasi” (RECHCH- PDO). Korxonada ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari inventarizatsiyasi, ajraladigan chiqindilarni aniqlash va ro‘yxatga olishni o‘z ichiga oladi.
Davlat ekologik ekspertizasi bilan kelishilgan atrof-muhitga ta’sir bo‘yicha ekologik me’yorlar asosida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan ruxsat etilgan hujjatlari beriladi.
3. Korxona talabiga binoan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan ruxsat etilgan hujjatlar quyidagi tartibda beriladi:
atmosferaga zararli moddalar chiqarish uchun ruxsatnoma korxonaning atmosferaga zararli moddalar chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjatidir;
manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan suvdan foydalanish shartlarini o‘z ichiga olgan maxsus suvdan foydalanish uchun ruxsatnoma (suv olish manbalari va miqdori, uning sifati, qanday ehtiyojlarga sarflanishini, undan keyin qanday utilizatsiya qilinishi ko‘rsatiladi);
chiqindilarni joylashtirish limiti uni joylashtirish manzili, joylashtirish uchun ajratilgan joyning maksimal hajmi, joylashtirish usullari va shartlari hamda boshqa ko‘rsatkichlar uning atrof-muhitiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida belgilanadi.
Ekologik me’yorlarga va ruxsatnomalarga rioya qilish majburiydir. Atrof- muhitga ta’sir etishning ekologik me’yorlariga va ruxsatnomalariga rioya etilishi atrof-muhitning ekologik monitoringi va idoraviy nazoratning sanoat va ekologik monitoringi dasturi doirasida amalga oshiriladi, uning natijalari bo‘yicha ichki hisobotlarda va Davlat statistika hisobotlarida aks ettiriladi.
|
| |