|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 20/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish rejaAtrof-muhit holati va uni boshqaruv tizimini nazorat qilish
Ekologik audit. Ekologik audit - bu bo‘lib o‘tgan yoki mavjud muammolarni, potensial ekologik xavflarni aniqlash va ushbu faoliyat turini tartibga soluvchi ekologik qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo‘yicha korxonani va uning faoliyati ekologik holatini o‘rganishdir. Boshqacha qilib aytganda, ekologik audit korxona yoki investor loyihalarini amalga oshirishda ekologik talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan duch kelishi mumkin bo‘lgan mavjud yoki potensial muammolarni aniqlashga qaratilgan.
Sanoat va ekologik monitoring. Monitoringni turli tasniflanishi, yondashuvlari va yo‘nalishlari mavjud (bajarilayotgan vazifalarning xarakteri bo‘yicha, tashkilot darajalari bo‘yicha va kuzatilayotgan tabiiy muhitlar bo‘yicha). Monitoring tizimini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishini tanlash tegishli korxonalarning maqsad va vazifalariga bog‘liq.
Tashqi faoliyat. Korxonalarning ishlab chiqarishdan tashqaridagi faoliyatlari quyidagilardan iborat:
1) Tabiatdan foydalanish uchun kompensatsiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni, ya’ni gazli tashlamalarni, oqova suvlarni tashlayotgan, qattiq chiqindilarni joylashtirayotgan barcha korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
2) Quyidagi maqsadlarda davlat statistika hisoboti tashkil etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy resurslardan foydalanadigan korxonalarning davlat tomonidan hisobini olish uchun;
- korxonalar faoliyati to‘g‘risida ekologik axborot olish uchun.
3) Xayriya dasturlarda ishtirok etish.
4) Ekologik dasturlarda ishtirok etish.
Nazorat savollari:
1. Ekologik ish yuritish hujjatlariga nimalar kiradi?
2. Atrof-muhitga ta’sirni baholash protsedurasining bosqichlari qanday?
3. Atrof-muhitga ta’sir etuvchi jarayonlarni boshqarish va qo‘yilgan ekologik maqsadlarga erishishga qanday tadbirlar belgilangan?
4. Atrof-muhit holati va uni boshqaruv tizimini qanday nazorat qilinadi?
|
| |