|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 17/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish rejaO‘zbekiston Respublikasi korxonalari uchun ekologik menejment tizimi
Hozirda respublikamiz sanoat korxonalarida ekologik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun aniq chora–tadbirlar yoki harakatlar tizimi - ekologik dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ekologik dastur ma’lum muddatga tuziladi. O‘zbekistondagi korxonalar uchun ekologik dastur quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga olishi belgilangan:
Korxonani ekologik talablar bo‘yicha ish yuritishi hujjatlarni ishlab chiqish
- atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirni baholash protsedurasi;
- atrof-muhitga ta’sirning ekologik me’yorlari;
- ruxsat beruvchi hujjatlar (gaz tashlamasi, oqova suv uchun, suvdan foydalanish uchun va h.k.).
Atrof-muhitga ta’sir etuvchi jarayonlarni boshqarishga,ekologik maqsadlarni hal etishga qaratilgan tadbirlar:
- tozalash inshootlarining ishlashi;
- atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish (minimallashtirish);
- favqulodda vaziyatlarni lokalizatsiyalash va bartaraf etish;
- korxonani favqulodda yoki boshqa salbiy ta’siridan so‘ng biotsenozni tiklashi.
Atrof-muhitni boshqaruv tizimini va atrof-muhit holatini nazorat qilish:
- ekologik audit;
- ekologik monitoring.
Tashqi faoliyat:
- tabiatdan foydalanish uchun to‘lovlar;
- davlat va statistika hisoboti;
- xayriya va ekologik dasturlarda ishtirok etish.
Korxonaning ekologik dasturi asosida yillik ekologik tadbirlar rejalari tuziladi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi talablariga muvofiq). Reja korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining hududiy organi bilan kelishib olinadi. Unda aniq bir yilga mo‘ljallangan, ekologik chora-tadbirlar, ijrochilar, moliyaviy va moddiy resurslar ro‘yxati va vazifalarni bajarish muddati ko‘rsatilgan holda bayon etiladi.
Tayyorlangan hujjatlar rejalashtirilgan yil boshlanishidan oldin tegishli hudud ekologiya va va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bo‘limiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Yil oxirida “Ekologik harakat rejasini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot” topshiriladi. Hisobotda chora-tadbirlarning bajarilmay qolgan qismi uchun uning aniq sabablari ko‘rsatib o‘tiladi.
“Ekologik chora-tadbirlar rejasi” asosida korxonaning ekologik yo‘nalishi va byudjeti tuziladi. Byudjetga joriy yilda ishlab chiqishi rejalashtirilgan barcha ekologik tadbirlarning qiymati, tozalash qurilmalarining faoliyat ko‘rsatishi, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari, atrof- muhitni boshqarish uchun to‘lovlar miqdori, ekologik soliqlar va boshqalar kiritilishi lozim.
Atrof-muhitni muhofaza qilish tizimi uchun byudjet mablag‘larini rivojlantirish bo‘yicha hisobotlar korxonalar moliya boshqarmasi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Hozirda esa dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar barqaror rivojlanishni ta’minlashda xalqaro standartlarga amal qilishning ahamiyati qanchalik beqiyos ekanligini tan olmoqdalar.
Nazorat savollari:
1. Korxonada ekologik boshqaruv tizimlari tuzilmalarining asosiy turlari.
2. Korxonada ekologik xizmat qanday guruhlarga bo‘linadi?
3. Kichik va o‘rta korxonalar uchun ekologik xizmatning optimal turi qanday?
4. Kommunikatsiyalar va ularning asosiy turlari qanday?
5. Korxxona faoliyatining ekologik jihatlari bilan qiziquvchi shaxslar va tomonlar kimlar?
6. Ekologik dasturning ta’rifi qanday?
1. O‘zbekistondagi korxonalar uchun ekologik tadbirlar va dasturlar qanday?
2. Ekologik dastur nimaga asoslanadi?
3. Korxonaning tabiatni muhofaza qilishga mo‘njallangan byudjeti nimalar asosida shakllanadi?
|
| |