1 ma’ruza kirish reja




Download 0,52 Mb.
bet19/26
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#242114
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
1 ma’ruza kirish reja

Atrof-muhitga ta’sir etuvchi jarayonlarni boshqarish va qo‘yilgan ekologik maqsadlarga erishishga qaratilgan tadbirlar
SHuni ta’kidlash kerakki, hech bir xo‘jalik faoliyatini atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatmaydigan holda amalga oshirish mumkin emas. Korxonaning atrof- muhitga ta’sir darajasi esa ruxsat etilgan ekologik me’yorlarning qiymatlari bilan belgilanadi. Ta’sir darajasi ruxsat etilgan chegaradan chiqib ketmaslik uchun korxonada quyidagilarga katta e’tibor beriladi:
1. Atrof-muhitda zararli moddalar miqdorini va zaharliligini kamaytiradigan tozalash qurilmalarining faoliyati. Agar korxona tozalash qurilmalari va jixozlariga ega bo‘lsa, ularni boshqaruvchi xizmat bo‘limi ular uchun tegishli texnik hujjatlarga, ularning normal ishlashi uchun kerakli yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarga, nazorat qilish tizimiga va ularning samaradorligini tavsiflovchi hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
2. Atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish (minimallashtirish). Odatda, atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirishni korxonalar o‘z oldiga qo‘yilgan ustuvor ekologik maqsad, deb e’lon qiladilar. SHuning uchun, bunday masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar albatta ekologik dasturlarga kiritilgan bo‘lishi kerak.
3. Favqulodda vaziyatlarni lokalizatsiyalash va bartaraf etish.
Atrof-muhitga ruxsat etilgan chegaradan ortiq ta’sir ko‘rsatish holatlarini, shuningdek, kutilmagan tabiiy ofatlarda o‘z vaqtida va malakali harakat qilish maqsadida korxona “Favqulodda vaziyatlarda atrof-muhitga ta’sirni bartaraf etish rejalari” ni ishlab chiqishi, tasdiqlashi va xodimlar e’tiboriga etkazishi lozim. YOki bunday xarakatlar “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish” umumiy rejalariga kiritilishi kerak.
4. Favqulodda vaziyatdan, ya’ni avariya yoki boshqa salbiy ta’sirlardan keyin biotsenozani tiklash.
Agar korxonaning atrof-muhitga salbiy ta’siri aniqlansa va bu hududning mavjud biogeotsenozining yo‘q bo‘lishiga olib kelgan bo‘lsa, korxona qayta tiklash ishlarini bajaradi. Buning uchun ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari zararlangan hududlarni tiklash loyihalarini ishlab chiqadi.

Download 0,52 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Download 0,52 Mb.