• Atrof-muhitga ta’sirlarni baholash tadbiri bo‘yicha umumiy tushunchalar
  • ma’ruza Atrof muhitga ta’sirlarni baholash tadbiri




    Download 0,52 Mb.
    bet21/26
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #242114
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
    Bog'liq
    1 ma’ruza kirish reja

    7 ma’ruza
    Atrof muhitga ta’sirlarni baholash tadbiri (protsedurasi)

    1. Atrof-muhitga ta’sirlarni baholash tadbiri bo‘yicha umumiy tushunchalar.


    2. AMTB protsedurasini tashkil etishning zaruriy holatlari.
    3. Ekologik ta’sirni baholash prinsiplari.
    Insonning hayot va mehnat faoliyati yuritadigan atrof-muhit aniq ifodalangan qonuniyatga va izchil harakatga asoslangan murakkab tizimni tashkil qiladi, uning asosiy tarkibiy qismlari doimo o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi. Lekin inson faoliyatlari ta’sirida yuzaga keladigan bu qonuniyatlarning buzilishi albatta atrof-muhit holatini va xususiyatini qandaydir darajada o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlarning salbiy oqibatlari o‘z navbatida insonlarga muammolar olib keladi. Muammolar paydo bo‘lgandan keyin uni tuzatish chora-tadbirlarini izlashdan ko‘ra, faoliyat boshlamasdan oldin uning natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarini baholash har tomonlama samarali va oqilona ishdir.
    Atrof-muhitga ta’sirlarni baholash tadbiri bo‘yicha umumiy tushunchalar
    Tashkil etilishi rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish faoliyati yoki xizmatlar jarayonida tabiiy muhit sifatiga ta’sir etuvchi hodisalarni tizimli tahlil qilish uchun ishlatiladigan vosita “Atrof-muhitga ta’sirlarni baholash” (AMTB) deb ataladi.
    Atrof-muhitga ta’sir deganda mo‘ljallanayotgan faoliyatning amalga oshirilishi oqibatida atrof-muhitda sodir bo‘ladigan ekologik o‘zgarishlar tushuniladi. Faoliyatning loyihasi va uning amalga oshirish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik o‘zgarishlar “Atrof-muhitga ta’sirlarni baholash” jarayonining predmeti hisoblanadi.
    Ekologik o‘zgarishlarning bashorati asosida ushbu ta’sirlarni kamaytirish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni ishlab chiqish “Atrof-muhitga ta’sirlarni baholash” jarayonining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, tizimiy tahlillarga tayanadi.
    Bu esa atrof-muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni o‘rnatilgan me’yorlar yordamida hisobga olib bo‘lmaydigan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinmaydigan va lekin yig‘ilib boruvchi xususiyatga ega ta’sirlarni ham aniqlash imkonini beradi.
    SHuni ham ta’kidlash lozimki, atrof-muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni baholash doirasidagi o‘zgarishlarning nafaqat miqdoriy o‘lchamlari, fizik ta’sirlari balki ularning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari ham ko‘rib chiqiladi. Atrof-muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni baholash davomida bunday oqibatlarni ko‘rib chiqish, hatto buning uchun qonuniy asoslar bo‘lmagan taqdirda ham, o‘ta muhimdir.
    O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tushunchalarida rejali xo‘jalik faoliyatining “Atrof-muhitga ta’sirlarini baholash” tadbiri deganda atrof-muhitni holatini yaxshilash, tabiiy ekologik tizimlarni va tabiiy resurslarni yo‘q qilinishi, kamayishi, zararlanishi va emirilishining oldini olish maqsadida mo‘ljallanayotgan xo‘jalik yoki boshqa faoliyat turlari uchun ekologik boshqaruv qarorlar va tavsiyalar ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi jarayon tushuniladi.
    AMTB jarayonining maqsadi – loyihani amalga oshirish jarayonida buyurtmachiga keyinchalik og‘riqli muammolarni vujudga keltirmaslik uchun loyihaga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni oldindan aniqlab tegishli o‘zgartirishlarni kiritish imkonini berish va hisobga olishdir.
    Ma’lumki, har qanday faoliyat albatta atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘ladi va shuning uchun potensial ekologik tahdid xavfi mavjuddir. AMTB jarayoni esa “Ekologik ekspertiza” kabi o‘tkazilishi rejalashtirilgan xo‘jalik yoki boshqa faoliyat natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan potensial ekologik xavfining ehtimollik tamoyiliga asoslanadi.
    Atrof-muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni baholash mo‘ljallanayotgan faoliyatning ekologik oqibatlarini tizimli ravishda tahlil qilish va baholashni, manfaatdor tomonlar va jamoatchilik bilan maslahatlashuvlarni, ularning natijalarini mo‘ljallanayotgan faoliyatni loyihalash, tasdiqlash va amalga oshirishda hisobga oluvchi jarayon bo‘lib, quyidagi maqomlarga ega:

    • olingan natijalar faktlar konstatatsiyasi emas, o‘z funksiyasiga ega bo‘lgan tizimli jarayondir;

    • rejalashtirilgan faoliyatning faqat loyihalash bosqichlarini emas, balki amalga oshirish bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi;

    • optimal qarorlarni tayyorlash maqsadida manfaatdor tomonlar va jamoatchilik fikrlarini o‘rganadi;

    • rejalashtirilgan faoliyatga tegishli qarorlarni qabul qilishda atrof-muhitga ta’sirlarni bashorat qilish va sotsial so‘rovnomalar natijalarini inobatga oladi.

    AMTB jarayoni birinchi marta XX asrning 30-yillarida sobiq Sovet Ittifoqining ayrim hududlarda amalga oshirila boshlandi. Bunda havo, suv va tuproq holatini baholash uchun har tomonlama tadqiqotlar o‘tkazildi, ammo afsuski, bu tadbirlar faqat mahalliy darajada bo‘ldi. XX asrning 60-yillarning o‘rtalariga kelib esa AMTB tizimi Ittifoq hududining ko‘p qismida ish olib bora boshladi. Ishlab chiqarish korxonalari uchun AMTB jarayoni 70 - yillarda g‘arb davlatlarida ham boshlandi. Hozirda esa bu tizim deyarli barcha davlatlarda qonun bilan belgilangan. Evropa Ittifoqining AMTB tartibi 1985 yilda qonunlashtirilgan bo‘lib, Evropa Ittifoqi loyihalarning ekologik ta’sirini baholash Direktivasiga yuridik kuch berildi. 2000 yildan esa loyihalar, strategiya va dasturlarni baholash uchun Strategik ekologik Baholash (SEB) Direktivasi qabul qilindi. Bu Direktiva qarorlar qabul qilish jarayonida muhim ekologik ta’sirlarning hisobga olinishi, baholanishi va hisobga olinishini, hamda jamoatchilik ham ishtirok etishi va fikr mulohazalarini inobatga olinishini ta’minlaydi.
    Evropa Ittifoqi ekologik baholashning uch bosqichi bilan bog‘liq uchta ko‘rsatmalarni chop etdi:


    1. Download 0,52 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ma’ruza Atrof muhitga ta’sirlarni baholash tadbiri

    Download 0,52 Mb.