1 ma’ruza kirish reja




Download 0,52 Mb.
bet23/26
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#242114
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1 ma’ruza kirish reja

Ekologik ta’sirni baholash prinsiplari
Atrof-muhitga ta’sirlarni baholash protsedurasini o‘tkazish turli mamlakatlarda faoliyatning turlari, uni o‘tkazadigan tashkilotlar, uning natijalari e’tiborga olinadigan qarorlar va hisobga olinishi kabi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Atrof-muhitga ta’sirlarni baholash natijalarini qarorlar qabul qilishda hisobga olishning majburiylik darajasi ham turli mamlakatlarda turlichadir. Lekin barcha mamlakatlarda AMTBning samarali tizimi deyarli bir xil prinsiplarga asoslanadi. AMTB quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:

  1. integratsiya (uyg‘unlik) - rejalashtirilayotgan faoliyatning atrof-muhit, mahalliy aholi, qishloq xo‘jaligi va sanoatga ta’siri masalalarini ko‘rib chiqish texnologik, texnik, ijtimoiy, iqtisodiy, rejalashtirish va boshqa loyihaviy echimlari bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshiriladi;

  2. al’ternativlik - ta’sirni baholash muqobil loyiha echimlarini (shu jumladan rejalashtirilgan faoliyatdan voz kechish varianti) majburiy ko‘rib chiqishga asoslanadi;

  3. etarlilik (to‘liqligi) – AMTB tadbiri davomida batafsillik darajasi rejalashtirilayotgan faoliyatning atrof-muhit, mahalliy aholi, qishloq xo‘jaligi va sanoatga ta’sirining ekologik ahamiyati bilan belgilanganidan past bo‘lmasligi kerak;

  4. saqlanishlik - taklif etilayotgan tadbirlar bioxilma-xillikni, biologik mahsuldorlikni va biomassa maydonlarini kamayishiga, shuningdek taklif etilayotgan faoliyat ta’sir zonasida biosfera tabiiy komponentlarining hayotiy xususiyatlarini yomonlashuviga olib kelmasligi kerak;

  5. moslik - rejalashtirilgan tadbirlar mahalliy aholining hayot darajasi va sifatini yomonlashtirmasligi, xo‘jalik faoliyatining boshqa turlariga, qishloq xo‘jaligiga, hayvonot va o‘simliklar hayotiga zarar etkazmasligi kerak;

  6. moslashuvchanlik – AMTB jarayoni taklif etilayotgan faoliyatning o‘ziga xos xususiyatiga va hujjatlar turiga qarab tahlilning ko‘lami, chuqurligi va turiga qarab o‘zgarib turishi;

  7. demokratiklik (jamoatchilik ishtiroki majburiyligi) - tadbirni o‘tkazish jarayonida AMTBga oid axborotlardan ommaviy foydalanish ta’minlanishi va jamoatchilik eshituvi (AMTB materiallarining ommaviy muhokamalari) o‘tkazilishi.

Rejalashtirilgan faoliyatning atrof-muhitga bashorat qilinayotgan ta’sirlari xalq ommasining va ko‘pgina tashkilotlarning manfaatlariga dahl qilishi mumkin, ularning ko‘pchiligi esa mazkur faoliyat haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Bunday holatda turli ko‘rinishdagi ruxsatnoma, litsenziya va loyihalashtirish me’yorlari tomonlarning manfaatlarini himoya qilish vositalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Demokratiklik prinsipi esa qarorlarni qabul qilish jarayonida manfaatdor tomonlarning bevosita ishtirok etishi huquqini ta’minlaydi. Buning natijasida barcha manfaatdor tomonlar va jamoatchilik AMTB jarayonida ishtirok etish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar va ularning fikrlari ham ekspertlarning xulosalari bilan bir qatorda hisobga olinadi.

Nazorat savollari:


1. AMTB deganda nima tushuniladi?
2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mo‘ljallangan faoliyatning ta’sirini baholash deganda nima nazarda tutiladi?
3. AMTB jarayonining maqsadi nima?
4. AMTB tadbiri qanday hollarda tashkil etiladi?
5. AMTBning tamoyillari qanday?



Download 0,52 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 0,52 Mb.