• Qayta ko‘rib chiqish
  • 1 ma’ruza kirish reja




    Download 0,52 Mb.
    bet22/26
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #242114
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
    Bog'liq
    1 ma’ruza kirish reja

    Ko‘rib chiqish: muayyan loyiha uchun AMTB tadbirini o‘tkazish zarurati haqida qaror qabul qilish jarayoni.

  • CHegaralarni aniqlash: AMTB tadbirini o‘tkazish uchun maxsus vakolatli organlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan ekologik axborotning mazmuni va ko‘lamini aniqlash jarayoni.

  • Qayta ko‘rib chiqish: maxsus vakolatli organlar tomonidan AMTB bo‘yicha qaror qabul qilish uchun materiallar etarli yoki yo‘qligini aniqlash jarayoni.

    AMTB protsedurasini tashkil etishning zaruriy holatlari
    Rejalashtirilayotgan faoliyatni loyihalash va amalga oshirish uchun ma’sul bo‘lgan yuridik yoki fizik shaxs faoliyat tashabbuskori hisoblanadi. Hokimiyat organlari yoki xususiy tashkilotlar ham faoliyat tashabbuskori bo‘lishlari mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasida faoliyat tashabbuskori Davlat ekologik ekspertizasi uchun topshirilayotgan hujjatlarning buyurtmachisi bo‘lib, u qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgandir, ya’ni, loyiha tashabbuskori tomonidan AMTB protsedurasini amaldagi ekologik qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi.
    Quyidagi asoslar bo‘lganda AMTB protsedurasi tashkil etiladi va amalga oshiriladi:

    • tarmoq va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalari, dasturlari va rejalari;

    • tabiiy resurslardan kompleks foydalanish va himoya qilish sxemalari;

    • shaharlar, aholi punktlari va boshqa shaharsozlik hujjatlarining bosh rejalari;

    • atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir qiladigan mavjud xo‘jalik va boshqa ob’ektlar, ularni kengaytirish yoki texnik qayta jihozlash, yangi qurilish, rekonstruksiya qilish va boshqa holatlarda.

    Buyurtmachi o‘tkazadigan atrof-muhitga ta’sirni baholash protsedurasi ekologik baholash tizimining eng muhim jihatidir. AMTB - bu ijtimoiy va iqtisodiy qarorlar tayyorlash va uni qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining ekologik talablarni hisobga olish protsedurasidir.

    Download 0,52 Mb.
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Download 0,52 Mb.