1 ma’ruza kirish reja




Download 0,52 Mb.
bet24/26
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#242114
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1 ma’ruza kirish reja

8 ma’ruza
AMTB bosqichlari
Reja:
1. Atrof-muhitga ta’sirni baholash bosqichlari.
2. Dastlabki atrof-muhitga ta’sirni baholash
3. AMTB har bosqichida bajariladigan ishlar.
Dunyoda qabul qilingan AMTBni o‘tkazish jarayoni hujjatlarni ishlab chiqishning quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga oladi:

  1. Atrof-muhit holati haqida umumiy ma’lumotlar;

  2. Dastlabki atrof-muhitga ta’sirni baholash (dastAMTB);

  3. Atrof-muhit ta’sirini baholash (AMTB);

  4. “Atrof-muhit muhofazasi” bo‘limi.

AMTBning birinchi bosqichi – “Atrof-muhit holati haqida umumiy ma’lumotlar” tayyorlashdan iborat. Unda faoliyati rejalashtirilgan hududdagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning umumiy tavsifi beriladi, hududda iqtisodiy foydalanishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi va AMTB ning quyidagi prinsipial pozitsiyalari aniqlanadi:

    1. taklif etilayotgan faoliyatning atrof-muhitga ta’siri turlari (tashlamalar, oqovalar, chiqindilar, fizik-kimyoviy ta’sirlar), hududdagi mavjud va kutilayotgan ta’sirlarning o‘zaro ta’siri (mavjud ta’sir manbalari, buzilish turlari, ifloslantiruvchi moddalar nomi va miqdori);

    2. mumkin bo‘lgan tashlamalar, oqovalar, ifloslantiruvchi moddalar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining taxminiy hajmlari (ya’ni, mumkin bo‘lgan ifloslantiruvchi va boshqa ta’sirlarning muayyan ro‘yxati aniqlanadi va ularning miqdori hisoblab chiqiladi);

    3. gaz tashlamalari va oqovalarni tozalashning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini utilizatsiyalash (yo‘q qilish)ning mumkin bo‘lgan yo‘llari;

    4. favqulodda vaziyat ro‘y berishi mumkin holatlarni baholash (miqyosi, ehtimolligi, ta’sir etish muddati);

    5. rejalashtirilgan foliyatni amalga oshirishda umumiy ekologik tanglikni kamaytirish uchun yordam beradigan salbiy oqibatlarini cheklash yoki bartaraf etish uchun mo‘ljallangan va taklif qilingan asosiy echimlar.

AMTBning birinchi bosqichi mavjud arxiv, fond materiallari, boshqa ixtisoslashtirilgan adabiyot manbalari va shu kabi loyihalar asosida hamda rejalashtirilgan faoliyatning texnik-iqtisodiy parametrlari asosida amalga oshiriladi.
Tabiiy muhitning holatini o‘rganish va batafsil atrof-muhit ta’sirini baholash bo‘yicha tavsiyalar va takliflar, shuningdek ekologik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish uchun natijalar asosida “Atrof-muhit holati haqida umumiy ma’lumot” (bundan buyon matnda “Obzor”) tuziladi. Obzor materiallari buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan maqsadlar haqidagi Dekloratsiyaga ilova qilinadi.
Davlat ekologik ekspertizasiga Dekloratsiyani topshirishdan oldin rejalashtirilgan faoliyatning buyurtmachisi taqdim etilgan maqsadlar haqidagi Dekloratsiyasini muhokama qilishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlaydi.
Tabiatni muhofaza qilish organlarda Dekloratsiyani ijobiy tasdiqlanishi asosiy loyihaoldi hujjatni, ya’ni “Investitsiyalar uchun asosnoma”ni ishlab chiqishga, rejalashtirilgan ob’ektlar va tadbirlar tuzilmalarini qurishga, dastlabki er tanlashni boshlash jarayoniga asos hisoblanadi.
AMTBning
Download 0,52 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 0,52 Mb.