1 ma’ruza kirish reja




Download 0,52 Mb.
bet25/26
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#242114
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1 ma’ruza kirish reja

ikkinchi bosqichida rejalashtirilgan faoliyatlar bo‘yicha “Dastlabki atrof-muhitga ta’sirlarni baholash” (dastAMTB) olib boriladi. Bunda atrof-muhit va ijtimoiy-iqtisodiy muhit komponentlariga sodir bo‘lishi mumkin ta’sir turlari hamda ularning jamiyat hayoti va atrof-muhit holatida keltirishi mumkin bo‘lgan oqibatlari aniqlanadi.
Rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatini “Dastlabki atrof-muhitga ta’sirlarini baholash" texnik echimlarni va tegishli ilmiy materiallarni o‘rganishga hamda ularni tahlil qilishga asoslanib o‘tkaziladi. Murakkab va yirik loyihaviy ishlanmalar uchun esa dastlabki muhandislik va ekologik so‘rovlar o‘tkaziladi.
Ta’sirlarning turlari va intensivligi o‘xshash (analog) loyihalar bo‘yicha yoki xalqaro standartlar va texnologiyalarga javob beradigan nisbiy ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi.
DastAMTB atrof-muhitga (havo, er osti va usti suvlariga, tuproqqa) ifloslantiruvchi moddalar (gaz tashlamalari, oqova suvlar va chiqindilar)ning tarqalish (yoyilish) jarayonlarini modellashtirish natijalarini ham o‘z ichiga oladi. Dastlabki baholash natijasida olingan sifat va miqdoriy parametrlar (gaz tashlamalari, oqova suvlar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari, vaqtinchalik va doimiy foydalanish uchun ajratilgan er maydonlari va boshqalar bo‘yicha) taxminiy hisoblanadi va ekologik me’yorlar sifatida tasdiqlanmaydi.
Dastlabki baholash xo‘jalik va boshqa faoliyatni dastlabki bosqichida mazkur faoliyatga va "Investitsiyalarni asoslash" loyihaoldi hujjatiga asosnoma sifatida ishlab chiqiladi.
“Dastlabki ekologik ta’sirni baholash” quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Rejalashtirilayotgan faoliyat tavsifi, uning manzili va erdan foydalanish sharti bo‘yicha qisqacha ma’lumot.

  2. Atrof tabiiy muhiti va ijtimoiy-iqtisodiy muhit haqida quyidagi ma’lumotlar to‘planadi:

- landshaft xususiyatlari;
- hududning mintaqaviy xususiyatlari;
- tabiiy atrof-muhitning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- ekotizim tarkibiy qismlarining antropogen buzilishi haqida ma’lumotlar;
-qurilish ob’ektining maxsus sharoitlari (yuqori seysmik faollik, boshqa tabiiy xavflar va jarayonlarning mavjudligi);
-faoliyat rejalashtirilgan hududidagi tabiiy qadriyatlar va xususiyatlar,uning tarixiy va madaniy ahamiyati, alohida muhofaza etiladigan hududlar va b’ektlarning mavjudligi;
- hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari haqidagi materiallar (aholisi, iqtisodiyoti, shaharsozlikda foydalanish va boshqalar.).

  1. Mo‘ljallangan faoliyat variantlarining mumkin bo‘lgan ekologik ta’sirlari:

  • rejalashtirilgan faoliyatning texnik va texnologik parametrlari, resurslarga bo‘lgan talablar (suv, er, biologik, moddiy, mehnat), ob’ekt va inshootlarni qurish va ishlatish uchun transport ta’minoti;

  • ob’ektlar va qurilmalar normal ishlayotgandagi ta’sirlarning sifat va miqdoriy o‘lchamlari, avariya holatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarning manbalari (turlari, ta’sir darajasi va zonalari), hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining taxminiy miqdori, tabiati turi, tarkibi, turi, hajmi, zaharlilik darajasi;

  • tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatining mumkin bo‘lgan ta’sirlariga chidamlilik va barqarorlik darajasi.

  1. Rejalashtirilgan faoliyatlarni amalga oshirish jarayonida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitdagi o‘zgarishlar tahlili:

  • normal ekspluatatsiya va favqulodda vaziyatli sharoitda rejali faoliyat variantlarini amalga oshirish bo‘yicha tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitdagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar va ularning aholi uchun oqibatlari;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari;

  • atrof-muhit va ijtimoiy-iqtisodiy muhitga etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni har tomonlama baholash;

  • hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik manfaatlariga mos ravishda ob’ektning joylashishini asoslash (rejalashtirilgan faoliyat uchun tavsiya etilgan optimal variantni tanlash);

  • rejalashtirilgan xo‘jalik faoliyatini asoslovchi hujjatlarni ishlab chiqishning keyingi bosqichi bo‘yicha tavsiyalari va loyiha hujjatlari;

  • AMTBning keyingi bosqichiga asos bo‘ladigan maxsus murakkab ekologik so‘rovlar va tadqiqotlarni tashkil etish va uning tarkibi bo‘yicha takliflar;

  • rejalashtirilayotgan faoliyatning xarakteri va ko‘lamiga, uning iqtisodiy ahamiyati (xavfliligi), tabiiy sharoitning murakkabligi, dastlabki AMTB tarkibi, atrof-muhit organlari bilan kelishilgan holda batafsil ma’lumot hajmi va etarliligi.

Baholash xarakteridagi rejaoldi (investitsiya oldi) va loyihaoldi hujjatlar (ish rejalari, texnik-iqtisodiy asoslovchi hisob-kitoblar, texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar va boshqa shunga o‘xshash loyihaviy hujjatlar), hamda asosiy loyihaoldi hujjati hisoblangan – "Investitsiyani asoslash" va dastlabki AMTB hujjatlari Davlat ekologik ekspertizasiga kelishuv uchun taqdim etiladi.
Rejaoldi va loyihaoldi hujjatlarini Davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etishdan oldin, rejalashtirilgan faoliyat buyurtmachisi taqdim etilayotgan materiallarni jamoatchilik bilan muhokama qiladi.
Davlat ekologik ekspertizasi bu hujjatlar bo‘yicha rejalashtirilayotgan faoliyat buyurtmachisiga ijobiy xulosa berishi ob’ektni oxirigi to‘liq loyihalash uchun qaror qabul qilinishiga asos bo‘ladi.
AMTBning
Download 0,52 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 0,52 Mb.