|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 15/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish rejaNazorat savollari:
1. Ekologik jihatlarni aniqlash usullari qanday?Ekologik ta’sirlar va ta’sirlarning asosiy turlari qanday?
2. Ekologik jihatlar tasnifi qanday?
3. Jihatlarning ahamiyatini baholashning maqsadi qanday?
4. Ekologik maqsadlar uchun majburiyatlari qanday?
5. Ekologik maqsadlarning ta’rifi qanday?
5 ma’ruza
Korxonaning ekologik boshqaruv tizimi tuzilmasi
Reja:
1. Korxonaning ekologik boshqaruv tizimi tuzilmasi
2. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari uchun ekologik menejment tizimi
Korxonaning ekologik boshqaruv tizimida asosiy bo‘g‘in bu ekologik xizmat bo‘limi yoki agar korxona kichik bo‘lsa, tegishli vazifalarni hal etishga vakolat berilgan alohida malakali mutaxassis hisoblanadi.
Korxonaning ekologik boshqaruv tizimida ekologik xizmat uchun amalda 4 turdagi tuzilmalar mavjud:
Ekologik xizmat yoki mutaxassis belgilanmagan hollarda, majburiyatlar mansabdor shaxsga yuklatiladi.
Ekologik xizmat boshqa bo‘lim bilan birlashtiriladi (bosh muhandis bosh yoki bosh energetikka ekologiya masalalari yuklatiladi);
Ekologik xizmat uchun -alohida bo‘linma (alohida mutaxassis tayinlanadi);
Ekologik xizmat uchun – yuqori lavozimli rahbar, misol uchun direktor muovini rahbarligida bo‘lgan alohida bo‘linma tashkil qilinadi.
Faoliyatni tashkil etish usuliga ko‘ra korxonalar ekologik xizmatlarining quyidagi bo‘limlari mavjud:
differensiyalashgan bo‘limlar. Yirik korxonalarda atrof-muhitga ta’sir turlari bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘limlar (atmosfera, suv, qattiq chiqindilar va h.k. bo‘yicha mas’ullar tayinlanadi);
integratsiyalashgan bo‘lim. O‘rta va kichik korxonalarda xodimlar birgalikda turli ekologik jihatlari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi;
aralash (turli ta’sirlar bo‘yicha ixtisoslashgan xodimlar faoliyat olib boradi, lekin muammolarni kompleks tahlili bilan shug‘ullanadilar).
Ekologik muammolar murakkab xarakterga ega. Atrof-muhitga ta’sirlarning turli yo‘nalishlarda bo‘lib, odatda, boshqa bir qator ekologik jihatlarida ta’sir ko‘rsatadi (masalan, chiqindilarni poligonlarga va ajratilgan erlarga joylashtirish er osti va usti suvlariga, atmosferaga va boshqalarga ta’sir qilishi mumkin). Bularni ekologik xizmat tuzilmasini ishlab chiqishda hisobga olish kerak.
Kichik va o‘rta korxonalar uchun sanoat ekologik xizmatini tashkil etishning optimal turi - bu atrof-muhitga ta’sir turlari bo‘yicha mas’uliyatlar bo‘linmaydigan integratsiyalashgan xizmat turidir. Yirik korxonalar uchun esa tarkibida 10 dan ortiq xodimga ega bo‘lgan differensiyalashgan (tabaqalashtirilgan) ekologik xizmatni tashkil etish samarali hisoblanadi.
Xalqaro standart (ISO 14001) ning kadrlar yondashuvi sohasidagi talablari quyidagilardir:
ekologik menejment tizimini tadbiq etish va normal faoliyatini ta’minlash uchun atrof-muhitni boshqarish tuzilmasida mas’ullarni va ularning vakolatlarini aniqlash, hamda ularni zarur resurslar bilan ta’minlash;
mas’uliyat va vakolatlar muayyan xodimlar orasida taqsimlanishi, hujjatlashtirilishi, tushunilishi va amal qilinishi kerak;
faoliyati atrof-muhitga bevosita yoki bilvosita ta’sir etish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarni ekologik ta’lim jihatdan o‘qitish talabini muntazam ravishda aniqlashtirish, rejalashtirish va oshirish (o‘qitishning asosiy maqsadi xodimlarning malakasi va xabardorligini oshirishdan iborat).
|
| |