1 ma’ruza kirish reja




Download 0,52 Mb.
bet5/26
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#242114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1 ma’ruza kirish reja

Ekologik menejment va auditsiya sxemalari
1992 yilning martida evropa Hamjamiyati tomonidan “Ekologik auditsiya o‘tkazish talablari” ishlab chiqildi. Bu hujjatning maqsadi - ekologik auditsiyani amalga oshirish va korxona faoliyatini baholash stimullarini tashkil qilishdir. Bunda, baholash deganda tabiatni himoya qilish qonunchiligi talablari amalga oshirilishigina emas, korxonaning o‘z ekologik siyosatining vazifalarini amalga oshirish darajasi tushuniladi.
1993 yilda ekologik menejment va auditsiya sxemalarining tashkil qilish talablarining tamomlangan ko‘rinishi chop etildi (ESO-menejment end audit sxeme - EMAS). 1995 yilda esa EMASga binoan korxonalar sertifikatlashtirilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ekologik menjment tizimi ekologik siyosat maqsadlariga etishish va ma’lum vazifalarni bosqichma-bosqich echish uchun yaratilgan. Ekologik menejment va auditsiyalash tizimi (EMAS) “Umumiy Sifat Menejmenti” (TQM) asosida tashkil qilingan.
EMAS ning maqsadi korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash va aholiga ekologik axborotlarni etkazishdan iboratdir. Bu tizimda tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talablariga muvofiq erkin holda amalga oshiriladi.
EMAS talablariga binoan ekologik menejment tizimlari doirasi besh asosiy elementdan tashkil topgan. Bular quyidagilardan iborat:

  • ekologik siyosatni tashkil qilish va hujjatni chop etish. Bu hujjat ma’lum ekologik maqsadlarga muhim vazifalarni echish orqali erishish mumkinlagini nazarda tutadi;

  • aniq ahvolni baholash, ya’ni ekologik menejment tizimlari faoliyatining samaradorligini baholovchi dastlabki faoliyat tavsiflarini o‘rnatish;

  • korxona ekologik siyosatining maqsadlariga javob beruvchi aniq vazifalarni tashkillashtirish;

  • oldinga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bosqichlari va yo‘llarini detallashtiruvchi ekologik dasturni ishlab chiqish;

  • tashkilot tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi va ekologik boshqaruv tizimining faoliyat ko‘rsatishi korxonaning ekologik faoliyatini yaxshilashga olib kelishini nazorat qilib turish maqsadida ekologik audit o‘tkazish.

Ko‘rinib turibdiki, standartda ko‘rsatilagan talablar bir-biriga juda yaqin. YAna bir marta eslatib o‘tsak, EMAS faqatgina Evropaga xos hujjat bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik ekspertlarning ta’kidlashishicha kelajakda Xalqaro Standartlash Tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan standartlar butun dunyo ishlab chiqarish tizimlarini egallashi mumkin.

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 0,52 Mb.