124
%
100
C
S
Z
Bu erda:
Z-berilgan davrdagi narxlar indeksi, %;
S-berilgan davrdagi «bozor savati» narxi;
S-bazis davrdagi «bozor savati» narxi.
Biroq, bu indeks quyidagi qator sabablarga ko‗ra, inflyatsiyaning real
darajasidan past bo‗lib chiqadi:
1. Avvalo,
odatda,
«savat» tarkibiga kirmaydigan, yangi turdagi
mahsulotlarning narxi oshiriladi. Shuning uchun «savat» bo‗yicha
hisoblangan
narxlarning o‗sish indeksi savdodagi barcha tovarlar guruhi bo‗yicha hisoblangan
indeksdan ancha past chiqadi.
2. Halq iste‘moli tovarlarining chakana narxi tushishi o‗rniga ularning sifati
pasayishi mumkin. Sifatning pasayishi bu tovarning iste‘mol xususiyati, foydaliligi
pasayishiga
olib keladi, shu bilan bog‗liq holda u foydalilik xususiyati birligidan
ancha yuqori narxda sotiladi. Shunday qilib, sifat pasayishini narxlar indeksining
adekvat o‗sishi sifatida ko‗rishga barcha asos mavjud.
3. Ko‗rsatilgan 2 omil qatorida uchinchi,
etarlicha qudratli, iqtisodiyot
defitsitida namoyon bo‗luvchi omil ham ta‘sir qiladi. Halq iste‘moli tovarlarining
defitsiti inflyatsiyalarning manbai hisoblanadi. Defitsit bilan bog‗liq inflyatsiyaning
namoyon bo‗lishi shunday narxlarning o‗sishida kuzatiladiki,
agar tovarni ochiq
bozordan xarid qilish imkoni bo‗lmasa, iste‘molchi uni shu narxlarda norasmiy,
«qora bozor»dan sotib olishga majbur bo‗ladi.
4. Iste‘mol narxlarining o‗sishi ishlab chiqarish xarajatlarining ko‗payishi
(ulgurji narxlarning o‗sishi) bilan ham bog‗liq bo‗lishi mumkin. Qazib oluvchi
tarmoqlarda, ayniqsa, yoqilg‗i-еnergetika majmualarida narxlarning o‗sishi ma‘lum
vaqtdan keyin halq xo‗jaligining barcha sektorlaridagi xarajatlar darajasida «domino»
printsipi bo‗yicha aksini topadi.
Iste‘mol tovar va xizmatlarining qimmatlashuvi va oqibatda ish haqi va
ijtimoiy to‗lovlarning ko‗payishi ro‗y beradi.
125
Demak, narxlar indeksining o‗zgarishi va uning kattaligini prognozlash turli
xil omillarga bog‗liq: «bozor savati»ning tarkibi,
mahsulot sifati, ishlab chiqarish
xarajatlari va halq iste‘moli tovarlari defitsitining kattaligi. Shuning uchun bu
indeksni qo‗llash inflyatsiya sur`atlarini prognozlash uchun etarli еmas.
Iste‘mol narxlari o‗sishi ko‗rsatkichini YAIM deflyatorining o‗sish
ko‗rsatkichlariga o‗zgartirish kerak, degan fikr bor.
p
n
N
N
Д
,
Bu erda:
D - YAIM deflyatori;
N
n
- nominal YAIM;
N
p
- real YAIM.
Ma‘lumki, bu ko‗rsatkichlarning ustunlik va kamchiliklari bor. Narxlar indeksi
(va mos ravishda o‗sish sur`atlari) nisbatan soddaligi va hisob - kitoblarning
operativligi bilan YAIM deflyatori indeksi oldida ustunlikka еga. Katta xarajatlarsiz
narxlar indeksini nafaqat yillik,
balki oylik, hatto haftalik oraliqlar uchun aniqlash
mumkin. Aynan shuning uchun undan turli maqsadlarda keng foydalaniladi - aholi
daromadlari indeksatsiyasini nazariy tahlilidan to amaliy hisob - kitoblarigacha.