120
sotilgan, ya‘ni talab qilingan tovar va xizmatlar tushuniladi. Bu holda tahlil va
prognozlanganda shaxsiy iste‘mol xarajatlari va iste‘mol xarajatlari kabi
tushunchalardan foydalanish mumkin. YaMMning iste‘molchisini topmagan qismi
YAMM hisobida yalpi ichki xususiy investitsiyalarga tovar va xizmatlar zahiralari
o‗zgarishi investitsiyasi sifatida kiradi. Zahira oshishi ishlab chiqarish (taqlif)
sotuvdan (talab) oshganini bildiradi va bu farq YAMM hisob - kitobida hisobga
olinishi kerak.
Agar zahiralar kamaysa, bu yil ishlab chiqarish sotuv hajmidan kamligini,
ya‘ni o‗tgan yil zahiralari sotilganini bildiradi. Bunda YAMMni zahiralar kamayishi
miqdoriga kamaytirish lozim. Bundan tashqari uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
xarajatlariga faqat ularning amortizatsiyasi kiritiladi. Bu ham shu yilda, ham o‗tgan
davrlarda sotib olingan tovarlarga tegishli. Uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlarning sotilmagan qismi zahiralarga investitsiya sifatida kiritiladi.