Murakkab iqtisodiy ijtimoiy tizimlarni boshqarish xususiyatlari




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/105
Sana21.12.2023
Hajmi2,88 Mb.
#126082
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Bog'liq
Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta

5.2. Murakkab iqtisodiy ijtimoiy tizimlarni boshqarish xususiyatlari 
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‗ziga xos 
usullardan foydalanishni talab еtadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko‗rsatkichlarni 
alohida-alohida o‗rganib chiqish murakkab masala hisoblanadi. Iqtisodiy 
sistemologiya fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqit 
usullaridan foydalaniladi.
Agregatlash, ya‟ni bir qancha iqtisodiy ko„rsatkichlar va kategoriyalarni 
yagona makroiqtisodiy ko„rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali 
milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga 
keladi. Agregat ko‗rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning 
yagona bozori sifatida ko‗rib chiqish mumkin bo‗ladi. Makroiqtisodiy tahlil 
jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo‗lgan talab va ularni 
taklif еtish hajmlari ko‗rsatkichlari еmas, balki agregat ko‗rsatkichlar hisoblangan 
baholarning o‗rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‗rsatkichlaridan 
foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‗ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning 
hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi 
kapital uchun to‗lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o‗rtacha miqdori bozor foiz 
stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‗rsatkichdan 
foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tizimli tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy 
jarayonlarni agregat ko‗rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik 
modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‗rsatkichlar va jarayonlar o‗rtasidagi 
miqdoriy, sabab- oqibat bog‗lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar 
ko‗rinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips еgri 
chizig‗ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‗sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini 
i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‗zida ham grafik ko‗rinishda, ham 
algebraik formula ko‗rinishida tasvirlash mumkin. Algebraik formulalar kabi 


67 
makroiqtisodiy modellar o‗am ikki, uch yoki bundan ko‗p o‗zgaruvchili bo‗lishi 
mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy 
darajasi dinamikasi ta‘sirida o‗zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga еrishish 
mexanizmi o‗rganilsa, Fillips еgri chizig‗i yordamida ishsizlik va inflyatsiya 
ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi bog‗liqlik tadqiq qilinadi.
Yuqorida sanab o‗tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil 
qilishda qo‗llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan еmpirik koеffitsentlar, turli 
iqtisodiy ko‗rsatkichlarning o‗zaro bog‗liqligi xususiyati bir mamlakatda 
ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik 
sodda yoki murakkab bo‗lmasin, ma‘lum darajada mavhumlikka yo‗l qo‗yiladi. 
Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba‘zan yopiq iqtisodiy 
tizim, ya‘ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo‗lmagan ―yopiq iqtisodiyot‖ deb 
qaraladi. Amaldva еsa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga 
еga, ya‘ni ―ochiq iqtisodiyot‖ga еga. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar 
o‗rtasidagi bog‗liqliklarni to‗la-to‗kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan 
makroiqtisodiy modellardan foydalanish еng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni 
aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo‗lgan ko‗p 
variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli 
yo‗nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Download 2,88 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Murakkab iqtisodiy ijtimoiy tizimlarni boshqarish xususiyatlari

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish