65
5-bob. IQTISODIYOTNI MURAKKAB IQTISODIY-IJTIMOIY TIZIM
SIFATIDA IFODALASH
5.1. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tizimlar
Zamonaviy milliy iqtisodiyot murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iboratdir.
Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari,
investitsiyalar oqimining
tezlashuvi, moliyaviy inqiroz, raqobat muhitining kuchayishi milliy iqtisodiyotning
barqaror rivojiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmoqda. Bunday sharoitlarda iqtisodiy-matematik
modellashtirish milliy iqtisodiyotdagi real jarayonlarni
tizimli ifodalaydigan, uning
yordamida tizim rivojlanishining pirovard maqsadiga mos ravishda kichik tizimlar
rivojlanish variantlarini
aniqlash va tadqiq qilishga, ya‘ni iqtisodiyotning
samaradorligini oshirishga imkon beruvchi amaliy vosita hisoblanadi.
Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni
tahlil qila oladigan, balki zamonaviy iqtisodiy-
matematik usullar va modellar asosida komp‘yuter texnologiyalarini qo‗llab, ushbu
jarayonlarni ko‗p variantli yechimlarini oladigan iqtisodiy-matematik modellashtirish
sohasidagi mutaxassislarga bo‗lgan еhtiyoj ortmoqda. Bu
еsa iqtisodiyotda vujudga
kelgan tendensiyalarni, o‗rganilayotgan obyektlar holatini tadqiq qilishga,
ularning
rivojlanishini prognozlashga va shu asosda milliy iqtisodiyotdagi chegaralangan
resurslardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishga
imkon beradi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida bo‗layotgan o‗zgarishlar, globallashuv va
integratsiyalashish
jarayonlarining tezlashishi, xalqaro raqobatning kuchayishi,
texnologiyalardagi uzluksiz va muhim sifat o‗zgarishlarining yuz berishi,
sotish
bozorlari va iste‘molchilar talablarining tarkibiy o‗zgarishlari har bir xo‗jalik
yurituvchi subyektdan raqobatbardosh mahsulot yaratish, ishlab chiqarish
jarayonidagi xarajatlarni keskin kamaytirish va boshqaruvda bozor talablarini hisobga
olgan holda optimal qaror qabul qilishni talab qilmoqda.