-bob. IQTISODIY SISTEMOLOGIYANING METODOLOGIK VA




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/105
Sana21.12.2023
Hajmi2,88 Mb.
#126082
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta

7-bob. IQTISODIY SISTEMOLOGIYANING METODOLOGIK VA 
INFORMATSION TA‟MINOTI 
 
7.1. Iqtisodiy sistemologiya fanining yondoshuvlari  
Iqtisodiy sistemologiyaning muhim qismlaridan biri boshqariluvchi tizimlarda 
axborotlarni qabul qilish va qayta ishlashda inson faoliyatini o‗rnini aniqlash va unga 
bu ishlarni takomillashtirishda yordam berishdir. Iqtisodiy sistemologiyaning bu 
yo‗nalishi injenerlik texnologiyasi bilan birgalikda iqtisodiyotdagi inson faoliyati 
qonuniyatlarini tushunishga va uni modellashtirish asosida o‗rgatuvchi tizimlarni - 
yaratishga olib kelishi kerak. Bu tizimlar insonlarning iqtisodiy obyektlarni 
boshqarish qobiliyatlarini yanada oshirib, ishchanligi va mahoratini oshirishga, uning 
shartli reflekslarini kuchaytirishga yordam beradi.
Iqtisodiy sistemologiya fani va komp‘yuter texnikasi vujudga kelguniga qadar 
barcha fanlarda olamni anglashda uning qonun va qonuniyatlarini tushunib etishda 
faqat mantiqiy, falsafiy va tasavvur usullaridan foydalanilgan, bu еsa ilmiy ishlarni, 
yakuniy xulosalarni to‗g‗ri va muqobilligini aniqlash sharoitini cheklab qo‗yish bilan 
bu sohalarda subyektivlikni kuchaytirar еdi. Iqtisodiy sistemologiya fanini vujudga 
kelishi tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlardagi muammolarni ta‘riflashda va yechishda 
qo‗llaniladigan usul va yo‗llarni hamma tomondan aniq fanlarga yaqinlashtirdi, shu 
bilan bu fanlarni rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Hozirgi kunda biologiya, psixologiya, 
meditsina, pedagogika, filosofiya, huquqshunoslik, tilshunoslik, iqtisodiyot kabi 
fanlar Iqtisodiy sistemologiyaning еrishgan yutuqlaridan foydalanib ikki va undan 
ortiq fanlar chegarasida turli yangiliklar qilmoqdalar.
Iqtisodiy sistemologiya fani va uning yordamida kashf еtilgan texnika 
vositalarini iqtisodiyot va boshqa sohalarning turli muammolarini hal еtishda qo‗llash 
mamlakat iqtisodiyotini va fan texnikasini rivojlanishiga, aholining turmush 
darajasini yuksalishiga, shu bilan birga insonlarni bilim darajasini yanada yuqoriroq 
cho‗qqilarga ko‗tarilishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda komp‘yuter texnikasi kirib 
bormagan sohaning o‗zi yo‗q. Hisoblash ishlaridan tashqari komp‘yuterlar juda ham 
ko‗p boshqa vazifalarni bajarib kelmoqda.


77 
Iqtisodiy sistemologiya fanini hisoblash texnika vositalari bilan birgalikda 
bozor iqtisodiyotining muhim muammolarini hal qilishda katta samara beradi. 
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy masalalarni rejalashtirish uchun ularning bir 
qancha variantlarini tuzish va ichidan еng optimalini tanlash kerak bo‗ladi. Bularni 
hammasini bajarish uchun juda ko‗p miqdorda hisob-kitob ishlarini olib borishga 
to‗g‗ri keladi. Iqtisodiy sistemologiyaning modellashtirish vositalari bu vazifani tez 
va aniq bajarib beradi.
Iqtisodiy sistemologiya - murakkab tizimlar va jarayonlarni optimal 
boshqarish haqidagi fandir. Uning murakkabligi funksional tarkibiy еlementlarining 
mavjudligi bilan izohlanadi. Tizimni optimal boshqarish deb, biror bir iqtisodiy 
obyektda ro‗y beradigan jarayonlarga kam mehnat va mablag‗ sarflab, ko‗proq natija 
olish tushuniladi. Ko‗p hollarda bir yoki bir necha parametrlar bo‗yicha 
optimallashtirish masalasi hosil bo‗ladi. Bu vazifani Iqtisodiy sistemologiyaning 
matematik modellashtirish bo‗limi hal qilib beradi. Shunday qilib, Iqtisodiy 
sistemologiya murakkab nazariy fanlar qatoriga kiradi va boshqarish jarayonlaridagi 
axborotlarni yig‗ish, ularni qayta ishlash orqali mavjud qonuniyatlarni kuzatish va 
o‗rganish turli xildagi uslublarda ko‗rib chiqiladi. Nazariy Iqtisodiy sistemologiya 
boshqarish jarayonlarining mantiqiy-matematik darajasini o‗rganadi. Bunda 
xulosalar, isbotlar, talqinlar tizimning ifodasi avtomatlar nazariyasi, axborotlar 
nazariyasi, boshqaruvchi tizimning barqarorlik nazariyasi, qarorlar qabul qilish 
nazariyasi sifatida namoyon bo‗ladi.

Download 2,88 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. IQTISODIY SISTEMOLOGIYANING METODOLOGIK VA

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish