Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish, kontragentlar va ularga doir




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana05.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#151433
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

1.3.
 Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish, kontragentlar va ularga doir 
ma’lumotlari bilan ishlash. 
1.1. O’zbekiston Respublikasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarning yangi avlodlari va ulardan iqtisodiyot sohasida foydalanish 
imkoniyatlari. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining nazariy asoslari. Unda 
foydalaniladigan axborotlarning turlari, boshqa axborot tizimlari bilan o’zaro 
bog’liqlik jihatlari. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining tashkiliy tuzilishi. 
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, 
hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash 
bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik 
schyotlarni olib borish, birlamchi va yig’ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarining 
o’zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va 
me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi. 
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning 
quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar 
hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy 
hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig’ma hisob va 
hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari haqidagi axborotlarga ega 
sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo’ljallash an’anaviy ravishda hisobni qo’lda 
olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash axborotlarining hisoblash 
markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o’z qo’llanishini topgan. 
Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil 
qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini 
tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar mazjmuasini shakllantirishda yangi talablarni 
ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli 
foydalanuvchilar o’rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang’ich 
hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi. 
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o’rtasidagi aniq 
chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida 
namoyon bo’ldi.
Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi. Buxgalteriya 
hisobi bo’yicha dasturiy vositalarning yangi versiyalar hisobning turli uchastkalari 


11 
majmualari axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish haqi hisobining 
namunaviy loyihalarida bir vaqtda fondlarga to’lovlar bo’yicha to’lov hujjatlari 
(daromad solig’ini to’lash, nafaka jamg’armasiga ajratmalar, tibbiyot sug’urtasi, 
bandlik jamg’armasiga qo’shib hisoblash bo’yicha to’lov topshiriqnomalari) bo’yicha 
to’lov hujjatlarini ko’chirib berish ko’zda tutilgan, bunday mashina dasturini 
bajarilishi hisob vazifalarining ikkita majmuasini mehnat va ish haqining hisobi 
hamda moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi. Moddiy boyliklar hisobi 
tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo’yicha vazifalar majmuasida ham 
xuddi shunga o’xshash misollarni keltirish mumkin. 
Vazifalararo majmuani tashkil qilish «materiallar» dasturi misolida ham ko’rib 
chiqilishi mumkin. Uning asosini korxonaning mahalliy hisoblash tarmog’i 
sharoitlarida faoliyat yurituvchi yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Moddiy 
boyliklarning mavjudligi va harakatini hisobga olish jarayonlarida uchta bo’lim: 

Download 4,18 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish, kontragentlar va ularga doir

Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish