Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari DTS, hujjatlarning bir shaklga
keltirilgan tizimlari talablarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi va kompyuterli
ishlab chiqarish tomonidan qo’yiladigan talablarni aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bo’yicha tasniflanadi:
•
belgilanishi bo’yicha — farmoyish beradigan, ijroiya (oqlaydigan), hisobli
rasmiylashtiruvchi, murakkab;
•
xo’jalik operatsiyalari mazmuni bo’yicha — moddiy, pulli hisoblash;
•
aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bo’yicha — yagona (birlamchi) yoki
yig’ma;
•
foydalanish usuli bo’yicha — bir martali va jamlovchi;
•
hisobga oladigan o’rinlarning soni bo’yicha — bir qatorli va ko’p qatorli;
•
tizilish joyi bo’yicha — ichki va tashqi;
•
to’ldirish usuli bo’yicha — qo’lda, hisobni avtomatlashtirish vositalari
yordamida.
Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qo’lda yoki kompyuterlarda) texnikasi
korxonaning buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish va vazifaviy bo’linmalarini
kompyuterlar bilan texnik jihozlanish darajasiga bog’liq. Ammo ayrim xo’jalik
operatsiyalarini rasmiylashtirishning amaldagi qoidalari bir qator hollarda hujjatlarni
qo’lda tuzishni ko’zda tutadi.
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi (bir yoki bir necha) alomat,
masalan, bo’linmalar, tsexlar, brigadalar bo’yicha ishlovchilar asosida buxgalteriya
hisoblari, ma’lumotlar va guruhlar tuzish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya
vazifalarini kompyuterlashtirishda tasniflagichlarning har xil turlari:
umumdavlat,