|
Boshlang’ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzish vaBog'liq buxgalteriya hisobining axborot tizimlari1.2. Boshlang’ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzish va
taqdim etish
Operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang’ich hisob hujjatlari
va ularni o’tkazishga doir farmoyishlar xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
uchun asos bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan savdo va servis sohasida
olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi bank korporativ plastik kartalaridan
foydalangan holda to’langanida to’lov terminallarining cheklari ham boshlang’ich
hisob hujjatlari deb tan olinadi.
Boshlang’ich hisob hujjatlari xo’jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan
paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo’linganidan keyin tuziladi.
Hisobot davriga tegishli bo’lgan xo’jalik operatsiyalari, agar ular amalga
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, tegishli boshlang’ich hujjat
rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Boshlang’ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
buxgalteriya hisobi sub’ektining nomi; hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va
joy;
xo’jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o’lchov birliklari ko’rsatilgan
miqdor o’lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
xo’jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish
uchun zarur bo’lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud
boshqa rekvizitlari ko’rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari.
Boshlang’ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o’z
vaqtida, to’g’ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish
uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
Boshlang’ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va taqdim etilishi
mumkin.
Boshlang’ich hisob hujjatlariga xo’jalik operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan
tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa-pul
hujjatlarida tuzatishlar hamda o’chirib yozishlarga yo’l qo’yilmaydi.
Boshlang’ich hisob hujjatlari, buxgalteriya hisobi registrlari, moliyaviy hisobot
va boshqa hisobotlar, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish
bilan bog’liq boshqa hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida,
biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi sub’ekti tomonidan
saqlanadi.
|
| |