O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana05.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#151433
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

sohaviy va mahalliydan foydalaniladi. 
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun O’zbekiston uchun yagonadir
buxgalteriya hisobida cheklangan miqdorda foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
korxona va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT), milliy iqtisodiyot 
sohasining UT(MISUT), tashkiliy huquq shaklining kodi (THShK), davlat mulkini 
boshqarish idoralarining kodi, o’lchov birligi kodi (UBK), boshqaruv hujjatlarining 
UT. Qoidaga ko’ra bu kodlar yig’ma buxgalteriya hisobotlarining sarlavha qismiga 
qo’yiladi va korxonadagi hisobning mahalliy uchastkalari buxgalteriya vazifalarini 
echishda foydalanilmaydi. Ularga zaruriyat faqat yig’ma buxgalteriya hujjatlarini 
kompyuterda ishlab chiqishda vujudga keladi. 
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo’lgan axborotlarni 
kodlashtirish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib 
borilishini hisobga olgan holda, ushbu guruhga korxona va tashkilotlarning sohaviy 
qaramligidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobi uchun yagona bo’lgan tasniflagichlarni 
kiritamiz. 
Qoidaga ko’ra, bu tasniflagichlar barcha namunaviy loyihalarda bir turli bo’ladi, 
shuning 
uchun 
korxonalar 
va 
firmalarda 
buxgalteriya 
vazifalarni 
kompyuterlashtirishda ularni loyihalashtirish zaruriyati yo’q. Ularga buxgalteriya 
hisobi sintetik hisob raqamlarning kodi, ish haqi bo’yicha to’lovlar turlari va ushlab 
qolishlar turlari, moddiy mablag’lar hisob harakatlari operatsiyalari turlari, 
amortazatsiya chegirishi me’yorlari, soliq to’lovchilar kategoriyalari, kassa 
operatsiyalari kiradi. Mahalliy kodlar yakka tartibli, faqat aniq korxonalar uchun 


17 
xosdir, shuning uchun ularni loyihalashtirish aniq korxonada xatto namunaviy 
loyihalarni xarid qilishda ham olib boriladi. 
Korxonada kodlarni loyihalashtirish tizimli yondoshishga rioya qilishni talab 
qiladi, ya’ni kodlar korxonalarning barcha bo’linmalaridagi turli vazifalarini echishda 
qo’llana olinishi kerak. Misol uchun, bo’linmalarning kodlari hisob vazifalari, 
xodimlar hisobi vazifalari, ishlab chiqarish hisobini ishlab chiqishda yagona bo’lishi 
kerak. 
Ayni vaqtda ba’zi bir kodlardan faqat buxgalteriya vazifalari uchun 
foydalaniladi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda mahalliy kodlarni ikki guruhga 
bo’lish mumkin. Birinchi guruh — bu, korxona uchun yagona bo’lgan kodlar: 
tarkibiy bo’linmalar, materiallar, tayyor mahsulotlar, detallar, qismlar va 
birlashmalar; uskunalar, tabel tartib sonlari, etkazib beruvchilar va is-te’molchilar, 
ixtisosliklar kodlari. Kodlarning ikkinchi guruhidan faqat buxgalteriya vazifalarini 
echishda foydalaniladi, bular: subschyotlar, asosiy vositalar, moddiy javobgar 
shaxslarning kodlari. 
Buxgalteriya vazifalarining axborot ta’minlanishi shuningdek, mashina 
manbalarida joylashgan ma’lumotlar majmuasini (o’zaro bog’langan fayllarni) ham 
o’z ichiga oladi. 
Iqtisodiy 
vazifalarni 
ishlab 
chiqarishning 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari AIJ va hisoblash tarmog’i va yakka tartibdagi loyihalar har xil 
konfiguratsiyasida: markazlashgan, taqsimlangan, mahalliy ma’lumotlar bazasini 
tashkil qilishga mo’ljallangan. 
Bunda korxona va tashkilotlar uchun umumiy bo’lgan bazali massivlar 
(ishlovchilar, materiallar, ma’lumotnomaviy ma’lumotlar, bo’linmalar, lavozimlar) 
hamda faqat buxgalteriya vazifalarini echishda foydalaniladigan mahalliy bazalar 
(buxgalteriya hisobi raqamlari, namunaviy provodkalar, xo’jalik operatsiyalari qayd 
daftari, shaxsiy hisob raqam, asosiy vositalarning yo’qlama varaqachalari, hisob 
raqamlar varaqachalari) yaratiladi. 
Ma’lumotlarning axborotli ko’p bosqichli taqsimlangan bazasi tarkibi korxona 
KAT ishchi loyihasini tuzishning borishida aniqlanadi. Namunaviy loyihalardan 
foydalanishda ma’lumotlar bazasini tashkil qilishning yana bir jihatini ta’qidlash 
mumkin. 
Namunaviy loyihalarda, qoidaga ko’ra, barcha korxonalar uchun yagona bo’lgan 
ma’lumotlar bazasining tarkibi (buxgalteriya hisob raqamlari rejasi, ish xaqi bo’yicha 
to’lovlar va ushlab qolishlarning turlari, materiallar harakati operatsiyami, 
namunaviy, provodkalar va boshqalar) ko’zda tutiladi. Foydalanuvchi o’z istagiga 
ko’ra bu massivlarga o’zgartirishlar kiritishi, tartibi aniq foydalanuvchi tomonidan 
belgilanadigan va u tomonidan qo’lda to’ldiriladigan boshqa bazali massivlar 
(bo’limlar, xodimlar, materiallar va boshqalar) yaratiladi. 
Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minlanishiga to’liq asosda bir qator axborotli 
ma’lumotli dasturlar; «Maslahatchi-hisobchi», «Maslaxatchi-plyus», «Kafolat», 
«O’zbekiston 
soliqlari», 
«Yuridik 
ma’lumotnoma»ni 
kiritish 
mumkin. 
«Maslahatchihisobchi» mutaxassislarning turli huquqiy me’yorlarini qo’llash tartibi 
haqidagi tushuntirishlarga ega. Axborotlarni to’ldirish huquqiy axborotlarni 
tarqatishning umumdavlat tarmog’i bo’yicha bajariladi. 



Download 4,18 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish