• Faoliyat ko’rsatayotgan korxona ma’lumotlaridan foydalanilgan holda boshlang’ich qoldiqlarni shakllantirish. 2.4.
  • -BOB. BUXGALTERIYA HISOBI MA’LUMOTLARINI AXBOROT




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/77
    Sana05.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #151433
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
    Bog'liq
    buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

    2-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI MA’LUMOTLARINI AXBOROT 
    TIZIMIGA KIRITISH 
    2.1. 
    Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning zamonaviy dasturlari (1S, 
    1UZ, BEM, UzASBO, ERP (Enterprise resource planning system) tizimining asosiy 
    elementlari). Buxgalteriya hisobining axborot tizimlariga turli xil yondashuvlar va 
    modelllar asosida yoritish. Buxgalteriya hisobi axborotining ta’rifi, tasniflanishi va 
    xususiyatlari. 
    2.2. 
    Schyotlar rejasi. Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda 
    schyotlar rejasiga o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish. 
    2.3. 
    Faoliyat ko’rsatayotgan korxona ma’lumotlaridan foydalanilgan 
    holda boshlang’ich qoldiqlarni shakllantirish. 
    2.4. 
    Boshlang’ich qoldiqlarni kiritish: schyotlar bo’yicha qoldiqlarni 
    kiritish, asosiy vositalar qoldiqlarni kiritish, xodimlarga ish haqi bo’yicha 
    majburiyatlar va boshqa schyotlarga oid qoldiqlarni kiritish. 
     
    2.1. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning zamonaviy dasturlari (1S, 
    1UZ, BEM, UzASBO, ERP (Enterprise resource planning system) tizimining asosiy 
    elementlari). Buxgalteriya hisobining axborot tizimlariga turli xil yondashuvlar va 
    modelllar asosida yoritish. Buxgalteriya hisobi axborotining ta’rifi, tasniflanishi va 
    xususiyatlari 
    1S: Buxgalteriya 8,0 amaliy dastur paketi imkoniyatlari.
    1S: Buxgalteriya 8,0 da barcha ma’lumotlar, bank xisoblari, ruyxat kodlari va 
    korxona ishchilarining (pasport ma’lumotlari, kodlari, mansablari, maoshlari) 
    saklanadi; 1S:Buxgalteriya 8.0 da barcha buxgalteriya, soliq xisobotlari avtomatik 
    tarzda tashkil topadi va ularni IFNSga chop etish yoki faylda saklash mumkin. 
    Xisobot tuzishni boshlash 1S:Buxgalterii 8.0 da ishni boshlash uchun korxona 
    xakidagi ma’lumot va korxonaning siyosiy taraflarini bilishning uzi kifoya. Bunda 
    dastur barcha dalillar orkali ish boshlashga moslashadi. Oddiy xujjat tuldirish 
    1S:Buxgalterii 8.0da xujjatlarni tuldirishda kupgina ma’lumotlar avtomatik tarzda 
    bariladi. Xisobotni yozish uchun ma’lumotni keltirish va tovar yoki xizmat turlarini 
    kursatish kifoya. Keltirilgan ma’lumotni bir xujjatdan ikkinchi xujjatga kuchirib 
    utkazish. Masalan: xisobot asosida yuk-xati yozish mumkin. Xisobotning oddiy taxlili 
    1S: Buxgalteriya 8,0 ning tezkor taxlilini bilish uchun kuyidagi xisobotlarni kurib 
    chikiladi: aylanma koldik xujjatlari, xisob-kitob taxlili, xisob-kitob varagi va 
    boshkalar. Xar kanday xisobot kerakli ma’lumotni olish uchun tuziladi. Masalan: 
    omborga keltirilgan turli markadagi ventilyatorlarni xisobini olish uchun «Aylanma 
    koldik vedomost orkali 4/,01, xisobotga yoziladi. «Ombordagi tovar» xisob varakasi 
    orkali ventilyatorning kanchaligini bilish mumkin. Buxgalteriya va soliq xisobotlarini 
    tuzish 1S: Buxgalteriya 8.0 soliq va buxgalteriya xisobotlarini tuzishni engillashtiradi. 
    Masalan: buxgalteriya balansini tuzish uchun uning xisobot davridagi axvolini 
    kursatish kifoya. Xamma kursatgichlarni dastur uzi tuldiradi. Barcha xisobotlar 
    dasturda saklanadi. Xisobot kursatkichlarini esa kul orkali kiritish mumkin va ushbu 
    uzgarishlarni dastur uzi yodda saklab koladi. Kursatgichlarni yuborib bank 
    tulovnomasini olish mumkin 1S:Buxgalteriya 8.0 da aks etgan barcha tulov xujjatlari 
    osongina «Bank- mijoz» dasturi xisobiga kelib tushadi. Bankdan olingan ma’lumotlar 


    ham osongina kirim tulovnomalarida aks ettiriladi. 1S: Buxgalteriya 8,0 orqali 
    ma’lumotlarni almashishni 700dan ziyod kredit tashkilotlari kullab- kuvvatlaydi. 136 
    1S:Buxgalteriya 8.0 asosiy afzalliklari: Solik va buxgalteriya xisobini nazarda 
    tutmagan xolda ma’lumotlarni 1S:Buxgalterii 8.0ga kisman kiritish orkali tovar-
    moddiy zaxiralarini urtacha tannarxni kullab FIFO va LIFO usullarida xisoblaydi 
    Chakana savdodagi maxsulotlarni sotuv narxida xisob-kitob kilish imkoniyati 
    yaratilgan (42 schetni kullagan xolda «Savdoni baxolash») 40 schetni kullagan va 
    kullanilmagan xolatda tayyor maxsulot ishlab-chikarish jarayonini aks ettirish 
    imkoniyati kuzda tutilgan «Maxsulot ishlab-chikarish (ish, xizmat)» Solik va 
    buxgalteriya xisobotida xujalik operatsiyalarini anik xolda xujjatlarda aks ettirish 
    imkoni mavjud. Tovarlar va materialar xisob schetini nomenklatura va saklash joyi 
    uchun berish mumkin. Shartnoma va xisob turlari xar bir kontragent uchun aloxida 
    xisob scheti beriladi. Berilgan xisob schetlar xujjatlarga avtomatik tarzda kiritiladi. 
    9.3 TsP amaliy dastur paketida ishlash TsP paketini IBM kompyuteriga mos keluvchi, 
    MS-DOS yoki Windows muhitiga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlarning qattiq 
    diskiga (vinchesteriga) joylashtirish mumkin. Qulaylik uchun paketning programmali 
    modullarini maxsus yaratilgan direktoriyga (masalan, TsP nomi bilan) joylashtirish 
    kerak. U o’zida tenglamalar sistemasi matnlari, axborot massivlarini va boshqa 
    ma’lumotlarni mujassamlashtirgan ishchi fayllarni saqlaydigan poddirektoriy 
    (masalan, WORK nomi bilan) ega bo’lishi kerak [26]. Paketning NETDRV10.RTT 
    modulini esa DOS direktoriysiga joylashtirish zarurdir. Paketni MS DOS operatsion 
    tizimidan chaqirish TsP.exe komandasini kiritish bilan va Windows operatsion 
    tizimidan chaqirishda, Windowsning ishchi stolida uning yorlig’ini yaratish va ushbu 
    yorliq orqali ishga tushirish mumkin. Ekonometrik model tuzish Ushbu qismning 
    asosiy vazifasi - ekonometrik modellashtirish sohasida tadqiqotlarga kirishishni va 
    ishning birinchi bosqichi davomida amaliy natijalar olishdir. TsP imkoniyatlarini 
    sistematik o’rganishlar, keyingi echiladigan masalalar ko’lamini kengaytirishga 
    yordam beradi. Paketni kompyuterning operativ xotirasiga yuklagandan so’ng, 
    TsPning ekrani paydo bo’ladi. Paketning ekrani 5 qismdan iborat: 1. Dinamik qatorlar 
    intervallarini aks ettiruvchi qism. 2. Dinamik qatorlar nomlarini aks ettiruvchi qism. 
    3. Dinamik qatorning joriy intervali va printerning holati qismi. 4. TsP paketining 
    ishchi sohasi qismi. 5. TsP paketining yordamchi menyu qismi. 
    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari 
    buxgalteriya hisobini yurituvchi “UzASBO” dasturiy majmuasi 2011 yilda 
    foydalanishga topshirilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 
    yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida 
    buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma” talablariga to’liq javob beruvchi va 
    respublikamizda Web-texnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan ilk dasturiy 
    majmualardan biridir. Dasturdan foydalanish bepul bo’lib, hozirda undan 26000 dan 
    ortiq tashkilotlar foydalanib kelmoqda. Bugungi kunda byudjet tashkilotlari shaxsiy 
    g’azna hisobvaraqlaridan ko’chirmalarni elektron ko’rinishda mazkur dasturiy 
    majmuadan olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, dasturiy majmua orqali to’lov 
    topshiriqnomalar g’aznachilik organlariga va moliyaviy hisobotlar yuqori turuvchi 
    tashkilotlarga hamda moliya organlariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan 
    holda to’liq elektron ko’rinishda taqdim etilmoqda. 


    27 
    2012 yilda “UzASBO” dasturiy majmuasining byudjet tashkilotlari 
    xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarini hisoblashga 
    ixtisoslashtirilgan alohida moduli ishlab chiqildi. Hozirda byudjet tashkilotlari 
    tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha xarajatlarga naqd pul 
    olishga so’rovnomalar – g’aznachilik organlariga, jamg’arib boriladigan pensiya 
    badallari bo’yicha xodimlar reestri – Xalq banki filiallariga, plastik vedomostlar 
    ro’yxati esa Ipoteka bank, Agrobank, Mikrokreditbank, Qishloqqurilishbank, 
    O’zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Turonbank, Xalq banki va Ipak yo’li banklariga 
    elektron ko’rinishda yuborilmoqda. 
    BEM – Buxgalterga Elektron Madad amaliy dastur paketida ishlash “BEM – 
    Buxgalterga Elektron Madad” – bu har qanday turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi 
    tashkilotlarga buxgalteriya hisobini yuritish uchun tayyor echimdir. Bugungi kunda 
    “BEM-Kichik korxonalar”, “BEM-Bozorlar”, “BEM- Byudjet tashkilotlari” dasturlari 
    ko’rinishida faoliyat turlari xizmatlar, ulgurji va chakana savdo, ishlab chiqarish 
    kabilardan iborat bo’lgan korxonalar; xo’jalik hisobidagi va byudjet tashkilotlari; 
    yagona soliq to’lovi to’lovchilar va umumbelgilangan soliqlar to’lovchilar, bozorlar, 
    oliy o’quv yurtlari va boshqalar uchun muvaffaqiyatli echim yaratildi. Dasturlar bilan 
    hatto boshlovchi foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin. Dastur ikki tilda: o’zbek va 
    rus tillarida yaratilgan. Tarmoqda ishlash imkoniyati mavjud. Amaldagi 
    qonunchilikka muvofiq dasturlarni har kvartalda tekin yangilash amalga oshiriladi. 
    BEMning dasturiy mahsulotlari amaldagi qonunchilikning barcha talablariga javob 
    beradi va boshqa barcha muqobillaridan farqli o’laroq, qo’shimcha sozlash va 
    konfiguratsiya qilishni talab etmaydi. Buxgalter korxona, xodimlar va operatsiyalar 
    bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni kiritsa kifoya, qolgan barchasini dasturning o’zi 
    tez va to’g’ri amalga oshiradi. Agar korxonangiz kichikroq bo’lsa, Siz bir soatdan 
    keyinoq soliq va buxgalteriya hujjatlari bo’yicha, kadrlar hisobi bo’yicha va ish haqi 
    bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini shakllantirishingiz mumkin. Taqdim etiladigan 
    hujjatlar №21 BHMS ning tasdiqlangan shakllariga mos keladi va zarurat tug’ilganda 
    MS Excel ga osongina o’tadi[13,16]. Agar korxonangiz yirik bo’lsa, aynan BEM 
    dasturi Sizga buxgalteriya hisobini yuritish jarayonini bir necha marta soddalashtirish 
    hamda har doim aniq va to’liq axborotga ega bo’lishingizga imkon yaratadi. Sodda 
    ko’rinishiga qaramay, dasturlar maxsus ma’lumotlar bazalaridan foydalanilgan holda 
    yaratilgan hamda korxonadagi operatsiyalar va xodimlar sonidan qat’i nazar, 
    kiritilgan 
    ma’lumotlarning 
    ishonchli 
    saqlanishini 
    kafolatlaydi. 
    Dasturda 
    buxgalteriyaning “Bank”, “Kassa”, “Asosiy vositalar”, “TMZ”, “Oylik ish haqi”, 
    “Xizmatlar” kabi uchastkalari avtomatlashtirilgan. Bularning barchasi O’zbekiston 
    Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchiligi va byudjet 
    tashkilotlarida hisob yuritishning o’ziga xosliklariga muvofiq ravishda amalga 
    oshirilgan. BEM dasturlarining bazaviy imkoniyatlaridan tashqari, “BEM-Byudjet 
    tashkilotlari”da byudjet tashkilotlari uchun o’ta muhim bo’lgan quyidagi jihatlar ham 
    e’tiborga olingan:

    Dasturda byudjet tashkilotlari uchun o’ta muhim bo’lgan buxgalteriya 
    hisobining moliyalashtirishning bir necha manbalari bo’yicha bo’linishi tizimi 
    ishlaydi; 132



    Tashkilotlarning xarajatlar bazaviy smetasi “Xarajatlar bazaviy smetasi” 
    hujjatida aks etadi, “Smetalarga tuzatish kiritish” hujjati yordamida esa 
    tashkilotlarning smetalarida bir yil ichida yuz beradigan o’zgartirishlar kiritiladi;

    Xarajatlar qismlari bo’yicha qoldiqlar summalarini To’lov topshiriqnomasini 
    to’ldirish paytida ko’rish mumkin;

    Belgili muddat xizmat qilgani uchun ustamani avtomatik hisoblash amalga 
    oshirilgan; 

    Xodimlarning ish haqlarini ham belgilangan maoshlar bo’yicha ham 
    xodimlarning razryadini ko’rsatgan holda hisoblash.
    BEM dasturida ishlash natijasida quyidagi hisobotlar avtomatik ravishda 
    shakllanadi: №1 ox shakl “Xarajatlar smetalari ijrosi haqidagi oylik hisobot” №1 
    shakl “Xarajatlar smetalari ijrosi balansi” №2 shakl “Byudjet bo’yicha xarajatlar 
    smetalari ijrosi haqidagi hisobot” №2 rj shakl “Rivojlanish fondi mablag’larining 
    tushumi va sarflanishi haqidagi hisobot” №3 VMKN shakl “Vaqtinchalik mehnatga 
    layoqatsizlik bo’yicha nafaqa” №5 shakl “Asosiy vositalarning harakatlari haqidagi 
    hisobot” №6 shakl “Moddiy qiymatlar harakatlari haqidagi hisobot” “BEM-Byudjet 
    tashkilotlari” dasturi yangi schyotlar rejasi bo’yicha ishlaydi. “BEM-Kichik 
    korxonalar” dasturining tipovoy versiyasi kichik va o’rta biznes korxonalari 
    buxgalteriyasining asosiy uchastkalarini O’zR qonunchiligiga muvofiq ravishda 
    avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Dastur interfeysi foydalanishga qulay va sodda 
    bo’lib, o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Asosiy menyu. 2. Yuqori panel buxgalteriya 
    hisobi uchastkalariga bo’lingan bo’lib, ularda ko’rsatilgan bo’limlarning eng ko’p 
    ishlatiladigan ob’ektlari aks ettirilgan. 3. O’ng panel – Soliq to’lovchining taqvimida 
    davlat organlariga hisobotlar topshirish sanalari haqidagi axborot aks etadi. 4. Chap 
    panelda buxgalteriya hisobining barcha uchastkalari aks ettirilgan bo’lib, ularga 
    bosilganda dasturning tanlangan bo’limga tegishli barcha ob’ektlari aks etadi. 
    Qoldiqlarni kiritish bo’yicha ma’lumotnomalar va hujjatlarni to’ldirishni yanada 
    qulaylashtirish uchun dasturda ushbu ob’ektlarni Microsoft Excelda shakllantirilgan 
    shablon yordamida yuklash ko’zda tutilgan. Dasturda buxgalteriyaning quyidagi 
    uchastkalari bilan ishlash ko’zda tutilgan: Bank. “Bank” bo’limi milliy va xorijiy 
    valyutadagi naqd bo’lmagan pul mablag’larining harakatini aks ettiradi. Birlamchi 
    bank hujjatlarini (to’lov topshiriqnomasi va talabnomasi) rasmiylashtirish imkonini 
    beradi. Kassa. “Kassa” bo’limi kassa operatsiyalari hisobini ta’minlash, birlamchi 
    kassa hujjatlarini (milliy va xorijiy valyutadagi kirim va chiqim 133 orderlari) 
    rasmiylashtirish imkonini beradi. Kassa hujjatlari asosida kassa kitobini avtomatik 
    shakllantiradi. Uzoq muddatli aktivlar hisobi. “Asosiy vositalar” bo’limidan 
    foydalanish asosiy vositalar ob’ektlari hisobini ularning joylashgan joyi bo’yicha va 
    moddiy javobgar shaxslar bo’yicha yuritish, hisobga qabul qilish, topshirish, hisobdan 
    chiqarish, AV ob’ektlarini to’g’ridan-to’g’ri yoki indeks usulida qayda hisoblashni 
    amalga oshirish, amortizatsiya hisoblashni amalga oshirish, nomoddiy aktivlar 
    hisobini yuritish va ularga amortizatsiya hisoblash imkonini beradi. Bir oy davomida 
    hisoblangan amortizatsiyalar summalarini bir necha schyotlar yoki tahliliy hisob 
    ob’ektlari o’rtasida taqsimlash mumkin. “AV inventarizatsiyasi” hujjati asosida esa 
    “Inventarizatsiya ro’yxati” va “AV inventarizatsiyasi natijalarining solishtirma 
    qaydnomasi” hisobotlari shakllanadi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish, 


    29 
    asosiy vositalarni tugatish aktlari va boshqalarning shakllanishi imkoniyati mavjud. 
    TMZ hisobi. Savdo. “TMZ hisobi” bo’limi materiallar hisobini moddiy javobgar 
    shaxslar bo’yicha va saqlanish joylari bo’yicha yuritish, zaruriy barcha birlamchi 
    hujjatlarni (kirim orderlari, yukxatlar, hisobdan chiqarish aktlari, material hisobotlar 
    va inventarizatsiya aktlari) shakllantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, 
    materiallarni hisobdan chiqarishning ikki usuli - FIFO va AVECO ham ko’zda 
    tutilgan. “Savdo” bo’limidan foydalanish ulgurji va chakana savdo hisobini 
    avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Ushbu modul yordamida omborlar va 
    do’konlarda tovarlarning mavjudligini hisobga olish, mijozlar va ta’minotchilar 
    bazasini yuritish, tovarlar kirimi va chiqimini rasmiylashtirish, zarur barcha birlamchi 
    hujjatlarni (yukxatlar, schyot- fakturalar, tovar hisobotlari, inventarizatsiya aktlari va 
    boshqalar) shakllantirish, kontragentlar bilan o’zaro hisob-kitoblar holatini kuzatib 
    borish mumkin. Ishlab chiqarish. “Ishlab chiqarish” bo’limi korxonaning moddiy 
    resurslari hisobini va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hujjatli rasmiylashtirishni 
    avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Bo’lim moddiy resurslar bilan bog’liq tayyor 
    mahsulotlarning kelib tushishi, hisobdan chiqarilishi va tannarxini hisoblashni, 
    xaridorlarga berish va boshqa shu kabi operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini 
    beradi. Xizmatlar ko’rsatish. “Xizmatlar ko’rsatish” bo’limi xizmat ko’rsatish 
    shartnomalari hisobini yuritish va ular asosida bajarilgan ishlar aktlarini avtomatik 
    shakllantirish, shuningdek, chet korxonalar xizmatlari hisobini yuritish imkonini 
    beradi. Ish haqini hisoblash. “Ish haqini hisoblash” bo’limi mehnatga haq to’lash 
    bo’yicha ishchilar bilan hisob-kitoblar hisobini avtomatlashtirish imkonini beradi. 
    Daromad solig’i setkalarini avtomatik shakllantirish, qo’shimcha to’lov va 
    chegirmalar ma’lumotnomalarini yuritish, ish haqi, shuningdek, mehnatga haq to’lash 
    fondidan soliqlar va ajratmalarni (daromad, pensiya, korxonalardan YaIT, JBPT, 
    kasaba uyushmalari badallari) avtomatik 134 hisoblash ko’zda tutilgan. Tashkilotda 
    foydalaniladigan hisoblashning har xil turlarini kiritish imkoniyati mavjud. 
    Shuningdek, ushbu bo’limda xodimlarning plastik kartochkalariga pul o’tkazish ham 
    ko’zda tutilgan. Bo’lim 10 dan ortiq hisobotlarni (hisob-kitob varag’i, hisob-to’lov 
    qaydnomasi, xodimlarning daromadlari haqidagi ma’lumotlar va boshqalar) o’z 
    ichiga olgan bo’lib, ularni ko’rib chiqish va qog’ozga chiqarish mumkin. Reglament. 
    Bo’lim oyning yakunlovchi operatsiyalari – valyutalarni qayda baholash, moliyaviy 
    natijalarni aniqlash, soliqlar hisob-kitobi, kurslar va summalar farqlari hisob-kitobi va 
    boshqalarni yuritish imkoniyatini beradi. Standart hisobotlar. Ushbu bo’limda tahliliy 
    xarakterdagi barcha standart hisobotlar (schyotlar qoldiqlari, oborotlari bo’yicha va 
    ajratmalar bo’yicha alohida-alohida) amalga oshirilgan. Hisobotlarni sozlashning juda 
    ko’p variantlari amalga oshirilgan. Shuningdek, dasturda quyidagi shartnomalarni 
    shakllantirish ko’zda tutilgan: Avtotransport ijarasi shartnomasi; Beg’araz 
    foydalanish shartnomasi; Hadya shartnomasi; Oldi-sotdi shartnomasi; Xizmatlar 
    ko’rsatish shartnomasi; Qarz to’g’risidagi shartnoma; Garov to’g’risidagi shartnoma; 
    Pudrat shartnomasi; Prokat shartnomasi. Reglament hisobotlari – soliq idoralariga 
    taqdim etishga mo’ljallangan soliq va buxgalteriya hisobotlari, shuningdek, turli 
    jamg’armalarga taqdim etishga mo’ljallangan hisobotlar. Hisobotni shablon 
    ko’rinishida va to’ldirilgan hisobot (to’ldirish dasturga kiritilgan ma’lumotlar asosida 
    amalga oshiriladi) ko’rinishida shakllantirish imkoniyati mavjud. «BEM - 
    Buxgalterga Elektron Madad» - bu har qanday turdagi tijoriy faoliyat bilan 


    shug’ullanuvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tayyor echimdir. 
    Ushbu dasturiy mahsulot buxgalteriya hisobi masalalarini echishga yordam beradi. 
    Ammo uning imkoniyatlari bu bilan cheklanmaydi: ma’lumotlarni qayda ishlash va 
    saqlashni o’z ichiga oladigan har qanday masalalar ham BEM ilovalarining asosiy 
    tarkibiy qismi vositalari yordamida bajarilishi mumkin. BEM mahsulotining asosiy 
    tarkibiy qismlari chet yaratuvchilar tomonidan qo’shimcha funktsional kiritish va uni 
    quvvatlashni amalga oshirishga imkon beradi. Turli hisoblar (shu jumladan, 
    buxgalteriya hisobi) masalalarini echish sohasida o’tkazilgan tahlillar natijasida 
    dasturiy ta’minotni yaratish jarayonida biznes-ob’ektlar tavsiflari, ularning aloqalari 
    va o’zaro bog’liqligi tizimi yaratildi. Umum qabul qilingan jahon tajribasiga tayanib, 
    BEM mahsulotining boshlang’ich kodlarini taqdim etish orqali ishlanmalarning 
    oddiyligi va 135 kengayuvchanligiga osongina ishonch hosil qilish mumkin. Agar 
    dastur yaratish jarayonida, unda yangi imkoniyatlar qo’shishingiz va ularni BEM 
    dasturiy mahsuloti bazasida tarqatishingiz mumkin. Umumiy xulosa sifatida BEM 
    mahsulotlaridan foydalanish jarayonlari bo’yicha xududlarda buxgalterlar uchun 
    malaka oshirish kurslarini tashkil etish va ushbu dastur imkoniyatlaridan 
    foydalanishni yo’lga qo’yish buxgalterlar ishini tezlashishi va ish sifatini oshirilishiga 
    olib keladi.  

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. BUXGALTERIYA HISOBI MA’LUMOTLARINI AXBOROT

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish