O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi universiteti fakulteti




Download 0.66 Mb.
bet3/11
Sana02.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#68899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PZR TEXNOLOGIYA ZZZ
Azizjon — копия, mb mustaqil ish Oygul, Ўралов Жавлонбек Кўчқорбой ўғли, 8 sinf kimyo fanidan taqvim rejalar 2022 2023 o\'quv yili, OarjhKqYURTNotk6cmQH1RWDK8u8cdRPqOguYugF, ARIZA voyaga yetmagan несовершеннолетн рус узб, 1683958228, genetik kod.ish1, Mustaqil talim genomika sheraliyev, noallel genlar I 3, TERMODINAMIK JARAYONLARNI TAVSIFLARI BILAN TANISHISH, Davomat, Termiz MTU ustavi, 3342204072 (2)
Zanjir reaksiyalar - kimyoviy reaksiyalarning bir turi. Bu reaksiyalarda faol zarra (erkin radikal yoki atom) paydo boʻlishi tufayli boshlangʻich moddaning koʻplab molekulalari ketma-ket oʻzgarishlarga uchrab turadi. Yonish, portlash jarayonlari 3. r.ga kiradi. Koʻp kimyoviy reaksiyalar 3. r. tarzida boradi. Maye, xlor va vodorod aralashmasidan yorugʻlik taʼsirida vodorod xlorid hosil boʻlishi 3. r.dir. Molekuladan vujudga kelayotgan xlor atomlari (S12—>2 S1) vodorod molekulalari bilan reaksiyaga kirishadi: O +N2>NS1+ N . Hosil boʻlgan vodorod atomi, oʻz navbatida, xlor molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi: N+S12"NS1+S1. Shu tarika, erkin vodorod va xlor atomlari ishtirokida navbatlanuvchi reaksiyalar zanjiri hosil boʻladi, natijada yutilgan har bir yorugʻlik kvantga taxminan 100000 molekula vodorod xlorid vujudga keladi. 3. r. oʻtishi uchun faol zarralar (erkin radikallar yoki atomlar) boʻlishi zarur shartdir, bular molekuladagi bogʻlardan biri uzilganda vujudga keladi, energiya shuning uchun sarf boʻladi. Faol zarralar turli yoʻl bilan (elektr razryadila elektronlarning urilish energiyasi hisobiga, yorugʻlik nuri, rentgen nuri va ionlashtiruvchi boshqa nurlar taʼsir etganda) hosil boʻladi. Issiqlik hisobiga erkin radikallar olish gʻoyatda muqim. Lekin aksari molekulalarning bogʻlanish energiyasi katta boʻlgani uchun 3. r. bir qadar yuksak tralarda roʻyobga chiqadi. 3. r.ni yuqori boʻlmagan tralarda oʻtkazish uchun erkin radikallarni osongina hosil qiluvchi har xil aralashmalar (initsiatorlar) qoʻllaniladi. Maye, sanoatda polimerlash jarayonini roʻyobga chiqarish uchun organik peroksidlar koʻp ishlatiladi, bular parchalanganda faol radikallar vujudga keladi.
Erkin radikallarning oʻzaro reaksiyaga kirishib, erkin molekulalar hosil qilishi (rekombinatsiya reaksiyasi) natijasida 3. r. toʻxtab, zanjir uziladi. Baʼzi faol aralashmalarsekinlashtiruvchi moddalar taʼsirida ham barcha 3. r. toʻxtab qoladi. 3. r.ni batamom toʻxtatish uchun sekinlashtiruvchi moddadan ozgina qushish kifoya (qarang Ingibitorlar).
Baʼzi 3. r.ning ayrim bosqichlarida bittadan ortiq (koʻpincha uchta) yangi erkin radikal vujudga keladi. Ulardan biri zanjirni goʻyo davom ettiradi, boshqa ikkitasi esa ikkita yangi zanjirni boshlab, tarmoq tuzadi (tarmoklangan 3. r.). Vodorodning oksidlanishi tarmoqlangan 3. r.ga misol boʻla oladi. Vodorod quyidagi sxemaga muvofiq oksidlanadi: 1) N2+O2> ON+6; 2) 6n+N2^N2O+Y; 3) b+N2^>ON+N va h. k. 1 va 2reak siyalarda ON va N radikallari hosil boʻladi, bular tarmoklanmagan zanjirning rivojlanishini taʼminlaydi, 1reaksiyada kislorod atomi vujudga keladi. U ikkita erkin valentlikka ega boʻlib, 3. r.ga oson kirishadi va ikkita qoʻshimcha radikal (ON va N) hosil qiladi, bular esa zanjirlar — tarmoqni boshlab beradi. Tabiat va texnikada 3. r. gʻoyat katta ahamiyatga ega. Kimyo va neft sanoatida kreking , xlorlash, oksidlash va polimerlash kabi muhim reaksiyalar ham 3. r.dir. Yoqilgʻilar ham 3. r. asosida yonadi. Yadro 3. r.i bilan tarmoklangan 3. r. tabiatan har xil boʻlsa ham koʻp jihatdan birbiriga oʻxshaydi (qarang Yadro reaksiyalari)
Covid-19 uchun testlarning ko’pini polimer zanjirli reaktsiya (PCR) yoki
bo’lish mumkin. Ikkala sinov ham SARS-CoV-2 virusini turli xil belgilarini qidirish
turli xil namunalardan foydalanadi va ularning ikkalasi ham mukammal emas.
Ayni vaqtda Covid-19 sinovlarining aksariyati PCRdan foydalanmoqda. Ular virus
genetik ma’lumotlarini, RNKni aniqlaydilar. Bu usul yordamida virus mavjud bo’lsa
kimdir uni faol yuqtirgan bo’lsa zudlik bilan aniqlanadi..
PCR sinovlari tananing immun reaktsiyasi yoki antikorlarning mavjudligini emas,
antigeni borligini bevosita aniqlash uchun ishlatiladi. Antikorlarning shakllanishi yoki kasallik alomatlari paydo bo’lishidan oldin tanada mavjud bo’lgan virusli RNKni aniqlash orqali, testlar kimdir virusni juda erta paydo bo’lgan yoki qilmaganligini aniqlashi mumkin.
Laborator tashxislash - bemomi klinik tekshirishni ajralmas qismi xisoblanadi. Labarator taxlillarsiz klinik tashxis qo'yib bo‘lmaydi.
Shu bilan birgalikda, shifokor-klinitsistlar oldida bugungi kunda yana bir muxim muammo klinik-laborator ko‘rsatkichlami dori vositalari ta'sirida o‘zgarishi turibdi. Buning oqibati yetarli darajada muxim, klinik-laborator tekshiruv natijalarini noto‘g‘ri taxlil qilish, noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishiga va noratsional muolaja tayinlanishiga olib keladi. Ko‘pgina shifokorlar klinik-laborator ko'rsatkichlami dori vositalari ta'sirida o‘zgarishi xaqida yetarli ma'lumotga egaa emas, garchi bu ularning amaliy faoliyati uchun juda muxim.
klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlimi. D. fan sifatida uch asosiy qismga boʻlinadi: 1) bemorning shikoyatlarini yigʻish va oʻrganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, yaʼni bemorni tekshirish usullari; 2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi taʼlimot (semiotika); 3) bemorni tekshirib, olingan maʼ-lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashqis qoʻyish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, yaʼni tashhis metodikasi.
Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday oʻtgani, mehnat va turmush sharoiti yo oʻzidan, yoki yaqin kishilaridan (goʻdak bolani tekshirishda onasidan) soʻrab olinadi, yaʼni anamnez toʻplanadi. Anamnez toʻplash va bemorning kasallik tarixini toʻgʻri bayon qilib berish tashhis uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega.
Obyektiv tekshirishda bemor koʻzdan kechiriladi va palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya metodlari qoʻllaniladi. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, koʻruv va eshituv, taʼm va hid biluv oʻtkirligini aniklash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini oʻrganish D.ning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda temperaturasi va qismlari oʻlchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan aʼzolarni tekshirishda har xil koʻzgular (quloq, burun, hiqildoq, qin koʻzgulari) va optik asboblar (koʻzni tekshirishda — oftalmoskop, qiziloʻngachni koʻrishda — ezofagofibroskop, meʼda-ichak tekshirishda — gastroduodenofibroskop, kolonoskop va h.k.)dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qogʻozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya)ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potensiallarining oʻzgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroensefalografiya) ayniqsa kimmatli usuldir. 20-asr oxirida ichki aʼzolar kasalliklari D.sida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qoʻllanila boshladi. Baʼzi kasalliklarni aniklashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, kon aylanish, ajratish aʼzolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar alma-shinuvining buzilishi aniklanadi. Lab.da qon, siydik, axlat, balgʻam, shuningdek, koʻmik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punksiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyo-viy tekshirishdan oʻtkaziladi ( Biopsiya). Kasallikni qoʻzgʻatgan mikroblar va immunitetnk aniklash maqsadida oʻtkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar D.
uchun katta ahamiyatga ega. Hoz. radiotelemetrik D. usuli (biror koʻrsatkichni masofadan oʻlchash) ishlab chiqilgan.
Ayrim hollarda kasallik simptomlari kam, chalkash boʻlishi yoki tipik boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda differensial D. usuli qoʻllaniladi: vrach bemorda topilgan simptomlarni taxmin qilinayotgan kasalliklarga mos kelish-kelmasligini mukammal tahlil qilib, taxmin qili-nayotgan kasalliklarni hisobdan chiqara boradi va shu yoʻl bilan muayyan xulosaga kelgach, kasallikka tashhis qoʻyadi.
Funksional kasalliklar D.sida tashhis qoʻyishda asosiy va yoʻldosh kasalliklar hamda asoratlar sabablari aniklanadi, sistema va aʼzolar faoliyatining buzilish darajasi belgilanadi, tekshirilayotgan bemorning shunday kasallik bilan ogʻrigan boshqa bemordan farq kiladigan fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Patologo-anatomik D.da bemor vafot etganidan keyin uni yorib olingan maʼlumotlar va toʻqimalar biontatini taxlil qilish asosida tashhis qoʻyiladi. D.ni takomillashtirishda telekommunikatsiya, internet va elektron aloqalardan foydalanish mumkin.
1.2.Tibbiyotda PZR reaksiyalari tahlili

Download 0.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi universiteti fakulteti

Download 0.66 Mb.