• Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari.
  • Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/99
    Sana20.02.2023
    Hajmi1.94 Mb.
    #42897
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
    Bog'liq
    Istedod ziyosi 2022 (2)
    10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
    Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari. Har bir gapda ma’lum bir 
    maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So‘zlovchi biror narsa, vo-
    qea-hodisa to‘g‘risidagi ma’lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ish-
    ni bajarish bo‘yicha buyruq-xitobni bildiradi. Gaplar ana shu maqsadla-
    riga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Gap grammatik xusussiyatlarga ega bo‘lib, 


    32 
    alohida ohang bilan talaffuz qilinadi. So‘zlovchining so‘zlash maqsadiga 
    xoslangan gap turlariga gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari deyiladi. 
    Ifoda maqsadiga ko‘ra gaplar: 1) darak gaplar; 2) so‘roq gaplar; 3) 
    buyruq gaplar; 4) istak gaplarga bo‘linadi. 
    Bugun dars ikkida boshlandi. 
    Siz qayerda ishlaysiz? 
    Senga topshirilgan vazifani vaqtida bajar. 
    Qani edi, ishlarim hamisha o‘zim istagandek bo‘lsa. 
    Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari. Nutqimizda gaplar bir yoki ikki 
    grammatik asosda tuzilishi mumkin. Grammatik asos deganda gapning 
    bosh bo‘laklari: ega va kesim nazarda tutiladi. Shu jihatdan gaplar ikki-
    ga bo‘linadi: 1) sodda gaplar; 2) qo‘shma gaplar. 
    Grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni (ba’zan unga qo‘-
    shimcha ravishda his hayajonni) ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi: 
    1Shahnoza o‘qidi. E+K. 
    2. Shahnoza kitobni o‘qidi. E+T+K. 
    3. Shahnoza shu kitobni o‘qidi. E+A+T+K. 
    4. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o‘qidi. E+A+T+H+K. 
    Mazkur gaplarning hammasida bosh bo‘laklar, ya’ni ega va kesim
    bitta: Shahnoza 
    ‒ ega, o‘qidi ‒ kesim. 
    Yuqorida keltirilgan har bir gapning tuzilishiga ko‘ra shaklini tuzish 
    mumkin. Kompyuter uchun bu shakllarning farqi bor. Shu shakllar turi 
    asosida gaplarning elektron bazasi ishlab chiqiladi. Masalan, birinchi 
    gapning shakli EGA+KESIM. Bu gapni bazaga kiritish uchun uning for-
    mulasini yozadigan bo‘lsak: E+K. Ya’ni, formulasini keltirishdan oldin 
    shartli belgilashlarni kiritib olishimiz zarur bo‘ladi. 
    Ishlab chiqiladigan elektron baza gaplarni analiz va sintez dasturi, 
    tarjima va tilga o‘rgatish dasturlari uchun elektron baza sifatida foyda-
    lanishi mumkin.
    Barcha sohalar uchun rivojlanish, taraqqiy etish o‘ziga xos xususi-
    yat sanaladi. Millat ruhini o‘zida mujassam etgan til barcha davrlarda ja-
    miyat rivoji bilan yonma-yon yurgan. Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida 
    ona ili va adabiyotning o‘rni beqiyosdir. Yangi avlodni tarbiyalash
    xalqni tarbiyalash demakdir. Ijimoiy hodisa sifatida baholanadigan til 
    hamisha boyib, yuksalib boraveradi. 

    Download 1.94 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari

    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish