O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi




Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/108
Sana11.06.2022
Hajmi3.88 Mb.
#23472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
materialshunoslik
Umumiy fizika, 18-2 Ekologiya, Mustaqil ishi mavzu Kommivoyajer masalasi algoritimlarini o’rganish, Делопроизводство, Doc1, Humoyiddin dasturlash 12
Fanning asosiy vazifalari – quyidagilardan iborat : zagotovka va mashina 
detallarini yasash va ishlov berishning texnologiyaviy usullarini qo‘llanish 
soxalarini o‘rganish; talabalarda materiallarning zamonaviy texnikadagi o‘rni, ilm 
va fan jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchi, metall va nometall 
materiallarning turlari, material tanlash va uni baholash kriteriyasi xaqida zarur 
bilim va ko‘nikmalar xosil qilishdir. 
Ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan eng asosiy vazifa yuqori malakali texnik 
kadrlarni tayyorlash darajasini yanada ko‘tarishdan iborat. Bu vazifani bajarish 
uchun asosiy e’tibor o‘qitish jarayonining o‘zini yanada takomillashtirishga va 
o‘quvchilarni tarbiyalashga qaratilmog‘i lozim bu esa, o‘z navbatida 
o‘qituvchilarning pedagogik hamda metodik mahoratiga va tayyorgarligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Shu sababdan fan va texnika tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi 
sharoitda har bir pedagogning asosiy vazifasi – yosh texnik kadrlarni hozirgi 
zamon mashinasozlik va qishloq xo‘jalik mashinasozligi sanoatining talablariga 
muvofiq, mashina, mexanizm va detallar ishlab chiqarishida konstruksion 
materiallar texnologiyasi fanining to‘liq o‘zlashtirilgan holda ilmiy axborotlarni 
yaxshi tushunadigan, bilimlarni mustaqil o‘zlashtira oladigan va ulardan o‘z ishida 
foydalana oladigan qilib tarbiyalash maqsadida o‘qitishni yangi pedagogik 
texnologiyalar asosida har tomonlama takomillashtirishdir. 
Yuqorida aytilgan tadbirlardan yana biri konstruksion materiallar 
texnologiyasi kursidan o‘quvchilarga bilim berishni tubdan yaxshilashdir. 
O‘quvchilar mashg‘ulotlar jarayonida materiallarning ichki tuzilishi va xossalarini 
va ularga ishlov berishni o‘rganadilar.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli zamonaviy mashinalarni ishlab chiqarishda 
o‘z kasbini yaxshi egallash bilan birga umumiy ta’lim fanlarini yaxshi biladigan 
hamda texnik tayyorgarlikka ega bo‘lgan texnik mutaxassislarga talab ortib 
bormoqda. Shu sababdan nazariy darslarda hamda amaliy-tajriba mashg‘ulotlarida 



o‘quvchilarda texnik fikrlash hamda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish zarur, 
shundagina o‘quvchilar o‘z fikrlash doiralarini mustaqil kengaytira oladilar hamda 
yangi mashinasozlik materiallarini yaratilishida ishtirok etadilar. 
Talabalarga konstruksion materiallarni ishlabchiqarish texnologiyasi, 
cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy uskunalarning tuzilishi 
hamda bu sohada joriy qilinayotgan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga 
tadbiq etilishiga ijodiy yondashish o‘rgatiladi.
Masalan Amerika Qo`shma shtatlarida eng ko’p qo`llaniladigan 6ta 
materiallardan alyuminiy va plastmassalarga ehtiyojning ortib borayotganligi 
kuzatilgan.
2
Figure 1.14 shows graphically how the production of six materials in the United States on a weight basis varied over 
the past years. Aluminum and polymers show an outstanding increase in production since 1930. On a volume basis the 
production increases for aluminum and polymers are even more accentuated since these are light materials. 
Bizlarga ma’lumki xozirgi vaqtda ximiyaviy elementlar davriy sistemasida elementlar 
metallar va metallmaslarga bo‘linadi, metallar barcha elementlarini yarmidan ko’prok qismini 
tashkil etadi va elektr uzatuvchanligi temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Metallarissiklikni ham 
yaxshi o‘tkazadi.  
Metallarga shunday ta’rif bersa bo‘ladi, «temperature pasaygan sari elektr o‘tkazuvchanligi 
ortadigan issiklikni yaxshi o‘tkazadigan, bog‘lanuvchan va o’ziga xos yaltiroqlikka ega bo‘lgan 
elementlar moddalar deb ataladi» 
Metallar elementlar davriy sistemasi jadvalining asosan chap qismida 
joylashgan. Barcha metallar ikki gruppaga, ya’ni qora metallar gruppasiga va 
rangli metallar gruppasiga bo‘linadi. 
2
William F.Smith Foundations of materials science and engineyering, p16 




Download 3.88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi

Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish