Metall va qotishmalar, ularning ichki tuzilishlari




Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/108
Sana11.06.2022
Hajmi3.88 Mb.
#23472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
materialshunoslik
Umumiy fizika, 18-2 Ekologiya, Mustaqil ishi mavzu Kommivoyajer masalasi algoritimlarini o’rganish, Делопроизводство, Doc1, Humoyiddin dasturlash 12
Metall va qotishmalar, ularning ichki tuzilishlari 
Metall deb, yaltiroq, plastik, elektr va issiqlik o’tkazadigan harakterli xususiyatga 
ega, shaffof bo’lmagan jismga aytiladi. 
Texnikada metall deb hamma metall materiallari tushinilib, ularni 2 guruxga 
bo’lish mumkin
1) Oddiy yoki sodda metallar (nisbatan boshqa kimyoviy elementlardan toza 
bo’lgan) 
2) Murakkab metallar yoki qotishmalar (bir nechta oddiy metallarni birikmasi) 
Mendeleev D, I. davriy sistemasiga ko’ra hozirda 110 ta kimyoviy Element 
bo’lib, shulardan 3/4 qismi metallardir. Qolgan qismi metallmaslardir. Metallarni 
shunday ko’p bo’lishiga qaramasdan sanoatda juda oz soni ishlatiladi. 


12 
Asosiy sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan metall bu temir (
Fe
) bo’lib, uning 
uglerod (
C
) bilan birikmasi qora metallarni tashkil etadi.
 
Mashinasozlikda ishlatiladigan metall va qotishmalar 
Mashinasozlik sanoatida ishlatiladigan metallarni 93% ni qora metallar 
tashkil etadi. 
Dunyodagi barcha sohalarda mashina va mexanizmlar asosini qora metallar 
tashkil qiladi. Shuning uchun har bir davlatning texnik jihatdan o’sganligi qora 
metallarni qancha eritilganligi bilan ifodalanadi,qolgan metallar va ularni 
qotishmalari rangli metallar gruppasiga kiradi. Rangli metallardan sanoat 
ahamiyatiga ega bo’lgan Mis-
Cu
, Alyuminiy –
Al
, Magniy –
Mg
, qo’rg`oshin-
Pb

rux-
Sn
, qalay va boshqalar bo’lib, texnik ahamiyatga egadir. 
Rangli metallar qimmat bo’lgani uchun sanoatda iloji boricha ularni o’rnini 
bosa oladigan qora metallardan ishlatishga harakat qilinadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan rangli metallardan tashkari sanoatda xrom 
Cp
, nikel 
Ni

marganets 
Mn
, molibden 
Mo
, kobolt 
Co
, titan 
Ti
ham ishlatiladi.
Bu metallar asosan, asosiy materiallarni, xususiyatlarini yaxshilash uchun, 
ularnga ma`lum xususiyatlar berish uchun qo’shimcha materiallar hisoblanadi. 
Misol: 
B

W

Ti
va 
Co
lar esa qirqish instrumentlari tayyorlashda ishlatiladi. 
Yuqoridagi hamma metallarni texnik metallar deb aytamiz. Platina, oltin va 
kumush metallarini nodir metallar deb aytiladi. 
Sanoatda va texnikada eng ko’p va keng tarqalgan nodir metall 
qotishmalarning xususiyatlari oddiy metallar xususiyatlaridan ancha yuqori bo’ladi 
va pishiq, talabga javob beradigan, har-xil xususiyatli qotishmalar olinadi. Oddiy 
metallardan keng ishlatiladigani faqat mis va alyuminiy bo’lib, ular elektr simlari 
va boshqa detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Metallmas kimyoviy Elementlardan sanoatda eng muxim ro’l o’ynaydigan 
metallmas Elementlar kislorod, uglerod, azot, vodorod, fosfor va oltingugurtdir. 
Texnikada azotning birikmasi-ammiak gazi po’latning sirtqi qismini qattiq 
qilish, azotlantirish uchun ishlatiladi. 
Kislorod sanoatda metallarni payvandlash va qirqishda, domna pechi va 
konvertorlarda metall ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish uchun ishlatiladi. 


13 
Kremniy 
Si
. Turli xil metall qotishmalarini olishda ishlatiladi, metallarni 
jilvirlashda, silliqlashda kremniy karboniti SiC ishlatiladi. 
Oltingugurt cho’yan va po’lat tarkibida juda oz miqdorda bo’ladi. 
Uglerod olmos, grafit, toshko’mir holida uchraydi. 
Po’lat va cho’yanni xossalari uglerodni miqdoriga va xolatiga bog`lik. (Erkin, 
ya`ni grafit holida, temir bilan birikkan, sementit holida bo’ladi) 
Fosfor R juda ko’p metallar bilan tez birikadi temirning barcha uglerodli 
birikmalari tarkibida mavjud. Fosfor bilan oltingugurt po’lat tarkibidagi zararli 
Elementlar hisoblanadi. 
Metallarni tuzilishi 
Metall va qotishmalardan to’g`ri foydalanish uchun ularni xossalarini va bu 
xossalari qanday sharoitda o’zgarishini bilish kerak. Tekshirishlar shuni 
ko’rsatadiki, metall va qotishmani ichki tuzilishi yani strukturasi o’zgarishi bilan 
ularning xossalari ham o’zgarar ekan. 
Metallarni ichki tuzilishini o’rgatadigan fan metallografiya deb aytiladi
Qattiq moddalar ikkiga: amorf moddalar va kristall moddalarga bo’linadi. 
Amorf moddalarning atomlari tartibsiz joylashgan bo’ladi, ularni 
sindirilganda ham tartibsiz yo’nalishda sinadi, siniqlarida tekis yuzalar bo’lmaydi. 
qizdirilganda asta-sekin yumshab boradi va suyuqlanadi, ularning muayyan bir 
suyuqlanish va qotish temperaturasi bo’lmaydi. (Elim, kanifol, shisha va 
boshqalar.) Amorf degan so’z-shaklsiz demakdir. 
Hamma metall va qotishmalar kristall tuzilishiga ega. Kristall moddalarni 
atomlari aniq fazoviy geometrik shaklda tartibli joylashgan bo’ladi. 
Ba`zi moddalar sharoitga qarab, ba`zan amorf, ba`zan esa kristall xolatda 
bo’lishi mumkin (kauchuk, yelim va h.k). Kristallar xaqidagi fan kristollografiya 
deb ataladi. 
Kristall moddalar muayyan suyuqlanish va qotish temperaturalariga ega 
ularning atomlari muayyan geometrik shakllarga egadir, ularning xossalari turli 
yo’nalishlarda turlicha bo’ladi, bu xususiyat anizotropiya deb ataladi. 
Kristall 
moddalarning 
mexaniq 
puxtaligi, 
issiqlik 
va 
elektr 
o’tkazuvchanligi, suyuqlanish tezligi va temperaturasi, ularni atom tuzilishiga 
bog`lik va xossalariga ta`sir etadi. Kristall moddalar buzilganda ularning bo’laklari 
ham tekis yuzali bo’lib, ba`zan ularni batartib tuzilganligi ham ko’rinib turadi. 


14 
Kristallar ko’pincha eritmalardan olinadi eritma qizdirilganda erituvchi 
bug`lanib, kristall hosil bo’ladi. Bu hodisa kristallanish deb ataladi. Kristallanish 
sharoitiga qarab, kristallar mayda yoki yirik donli bo’lishi mumkin.
Eritma past temperaturada asta- sekin bug`latilsa yirik kristallar va yuqori 
temperaturada bug`latilib, tez sovitilsa mayda kristallar hosil bo’ladi. Mayda donli 
po’latlar qattiq, yirik donli po’latlar yumshoq bo’ladi. Hosil bo’lgan kichik bir 
kristall atrofida muntazam ravishda o’suvchi yirik kristall olish mumkin. Bu 
protsessni kristallni o’sishi deb aytiladi. Hamma metall va qotishmalar kristall 
tuzilishga ega. Kristall donlar geometrik shaklsiz bo’lib, tashqi tomonidan kristall - 
ko’p qirraliga o’hshaydi va ularni kristall donali yoki granullar deb ataladi. 

Download 3.88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metall va qotishmalar, ularning ichki tuzilishlari

Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish