• Foydalaniladigan adabiyotlar
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanini o’rganishning ahamiyati va asosiy vazifalari.
  • -mavzu. JAHON xo`jaligining va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti va




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/72
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #119750
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
    Bog'liq
    jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

    1-mavzu. JAHON xo`jaligining va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti va 
    uni o’rganish uslublari. 
    Reja: 
    1. "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fanini o’rganishning ahamiyati va 
    asosiy vazifalari. 
    2. Jahon xo`jaligi tushunchasi. Xalqaro mehnat taqsimoti va uni belgilovchi omillar. 
    3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar ahamiyati. 
    4. Jahon xo`jaligi turli guruh mamlakatlar yig’indisi sifatida. 
    Foydalaniladigan adabiyotlar: 
     
    1. I.A.Karimov. Buyuk kelajak sari. T, "O’zbekiston",1998 yil 
    2. I.A.Karimov. O’zbekistonning uz istiqlol va taraqqiyot yo’li. T, "O’zbekiston",1995 
    3. V.B.Buglay, N.N.Liventsev. Mejdunarodnie ekonomicheskie otnosheniya. Moskva, 
    "Finansi i statistika",1996. 
    4. V.A.CHjen. Bozor va ochiq iqtisodiyot. T, "Sharq", 1997 . 
    5. M. Haqimova va boshqalar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T. «O’qituvchi» 1997. 
    6. A.Ulmasov, M.Sharifxujaev. Iqtisodiyot nazariyasi. T,1995
    Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
    fanini o’rganishning ahamiyati va asosiy vazifalari. 
     
    O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini egallashi bilan xalqaro iqtisodiy 
    munosabatlarning sub`ektiga aylandi. 1991 yilgacha O’zbekistonda ishlab chiqariladigan 
    tovarlar jahon bozoriga sobiq ittifoqning monopol xalqaro tashkilotlari orqali o’tar edi. 
    Mustaqil O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishda amalga oshirilishi lozim bo’lgan 
    iqtisodiy islohotlarining eng asosiy va zarurlaridan biri tashqi iqtisodiy munosabatlar islohoti 
    hisoblanadi.
    O’zbekiston Respublikasining ochiq bozor iqtisodiyotiga kirishi uchun albatta o’z tashqi 
    iqtisodiy strategiyasiga ega bo’lishi zarur. Buning uchun esa jahon iqtisodiyotining taraqqiyot
    namunalarini o’rganib chiqish zarurati hosil bo’ladi. To’plangan tajriba namunalarini qunt bilan 


     

    o’rganish, tahlil qilish va qo’llash natijasida uning milliy iqtisodiyotga mos keluvchi
    jihatlarini tanlab olib amalda qo’llash va shu orqali iqtisodiy o’sishga erishish mumkin. 
    Shuning uchun ham "jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fanini 
    o’rganish katta ahamiyat kasb etadi. 
    Albatta, har bir davlatning o’z xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishish imkoniyatlari,
    xalqaro iqtisodiy potentsiali o’ziga xos ravishda turlicha bo’ladi. Ammo, bu munosabatlarni
    amalda qo’llashda umumiy nazariyalar mavjudki, ulardan o’ziga xos barcha
    davlatlar,ularning ishlab chiqarish korxonalari qo’llashi mumkin.Bu fanni o’rganishning yana 
    bir muhim jihati shundaki, ayrim davlatlardagi ishlab chiqarish potentsialini tahlil qilish 
    natijasida shu davlatlardan iqtisodiy resurslarni migratsiyasini amalga oshirish imkoniyatlarini 
    o’rganish va kelajakda buni amalga tadbiq etish maqsadida amaliy tavsiyalar beriladi. 
    Bundan tashqari, mazkur fan bizning milliy iqtisodiyotimiz uchun ancha yangi va 
    o’rganilishi zarur bo’lgan sohalardan xalqaro moliya,valyuta munosabatlari,investitsiyalarni jalb
    etish borasidagi tajribalarni o’rganish imkoniyatini beradi. 
    Hozirgi zamonaviy sharoitlarda harakatlanib rivojlanayotgan jahon xo`jaligini tahlil 
    etishda uni harakterlovchi dogmatik qarashlarni o’rganib chiqish zarur bo’ladi. Yaqin 
    vaktlargacha jahon xo`jaligi 3 ta qismdan iborat deb qaralar edi. Bular: "kapitalistik dunyo", 
    "sotsialistik dunyo" va "uchinchi davlatlar dunyosi". Davlatlarning rivojlanishi bir g’oyaga 
    yo’naltirilar edi: zamonaviy davrning asosiy tarkibi kapitalizmdan sotsializmga o’tish davri
    deb tushuntirilar edi. Hozirgi kunda kapitalizmning emirilishi va kapitalizmdan sotsializmga 
    o’tish g’oyasining rad etilishi jahon xo`jaligining ob`ektiv jihatdan uning tarkibini o’rganib 
    chiqishni taqozo etadi. 

    Download 1,26 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. JAHON xo`jaligining va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti va

    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish