• Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash
  • Jahon infratuzilmasi.
  • xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/72
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #119750
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72
    Bog'liq
    jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

    xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay 
    sharoitda ish bilan ta`minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko`chib o’tishida 
    topadi.
    Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, 
    oilaviy va boshqa xususiyatdagi omillar ham taqozo qiladi.
    Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: emigratsiya va 
    imigratsiya. emigratsiya – ishchi kuchining bir mamlakatdan doimiy yashash uchun boshqa 
    mamlakatga chiqib ketishi. Immigratsiya – ishchi kuchining aynan shu mamlakatga doimiy 
    yashash uchun kirib kelishini bildiradi.
    Ishchi kuchi migratsiyasi faqatgina yashash joyni o’zgartirib, ko`chib yurishni emas, shu 
    bilan birga yashash joyini o’zgartirmay bir mamlakatga, borib ishlab kelish yo’li bilan ham sodir 
    bo’lishi mumkin. 
    Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga 
    oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxassislar, fan sohasi xodimlari bilan 
    ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarini litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari 
    o’tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologyani ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma 
    tadbirkorlikni o’z ichiga oladi.
    Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri injiniring hisoblanadi. Xalqaro 
    injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa ob`ektlarni loyihalashtirish va 
    qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati 
    ko’rsatishdan iborat bo’ladi.
    Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chegaralar 
    orqali to`xtovsiz o`sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va 


     

    takomillashuvini tezlashtiradi. Juda muhim transport tizimi (dengiz, daryo, xavo, temir yo’l 
    transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalari 
    tarmog`i tobora ko`proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi 
    bo`lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo`lmaydi. 
    Bunday infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori 
    tashkil topayotgan vaqtda paydo bo`lgan. 
    Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoati va savdo birlashmalari misli 
    ko`rilmagan tezlik bilan operativ ma`lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga imkon beruvchi 
    eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamlakatlarda keng tarmoqli axborot 
    majmuasi tashkil topmoqda, uning ta`siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga 
    yoyilmoqda.
    Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar, ayniqsa. qimmatlidir. Shu sababli turli 
    xalqaro darajalarda maxsus «ma`lumotlar banklari» tashkil topmokda, bular ilmiy va ishlab 
    chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha engillashtiradi. Jahon 
    infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanadi.
    Xalqaro ayirboshlash tovarlarda materiallashgan shakllardan nomaterial aloqalarga 
    tobora ko’proq o’rin bo’shatadi, ya`ni fan-texnika yutuqlari. Ishlab chiqarish va boshqarish 
    tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o’sib boradi. Hisob-kitoblarga ko’ra 
    hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi milliy mahsuloti (YAMM) ning 46 foizini tashkil qiladi. 
    Shunga ko’ra zamonaviy mamlakatlar xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va 
    chuqurlashtirishga katta e`tibor bermoqdalar. 
    Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo’liga o’tgan respublikamiz uchun muhim ahamiyatga 
    ega. Sobiq Ittifoq tarkida bo’lgan vaqtda O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil 
    ravishda aloqa qilish imkoniyatidan maxrum edi. Bundan tashqari xo’jalik yuritishning yopik, 
    sotsialistik xili sharoitida, kapital migratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi, valyuta munosabatilari 
    kabi xalqaro ayriboshlash turlari deyarli rivojlanmagan edi. 
    Shuning uchun o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar eng qisqa muddatlarda O’zbekistonni 
    jahon xo`jaligi tizimiga to’la huquqli kirishini uning barcha mamlakatlar bilan teng huquqli 
    hamkorligini ta`minlashga qaratilgan.

    Download 1,26 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay

    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish