|
JAHON xo`jaligi tushunchasi. xalqaro mehnatBog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarJAHON xo`jaligi tushunchasi. xalqaro mehnat
taqsimoti va uni belgilovchi omillar.
Hozirgi zamon jahon xo`jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo’jaliklarning
baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo`jaligi va avvalo, jahon bozorining shakllanishi va
rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo’lgan jarayonga etmish yildan
ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy siyosiy tizimiga bo’linganligi qarshi
ta`sir ko’rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga
mos ravishda bizning Respublika bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning
butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi.
Jahon xo`jaligi uzoq tarixiy rivojlanish va taraqqiyot natijasidir. Jahon xo`jaligining
shakllanishining ob`ektiv asosi mehnat taqsimoti bo’lib, bu holat milliy iqtisodiyot
chegarasidan chiqadi.
XX asrda xo’jalik hayotining internatsionallashuvi yuz berdi. Baynalmilallashuv
natijasida jahon xo`jaligi strukturasi shakllandi, u quyidagi tarkibdan iborat:
1) tovar va xizmatlar jahon bozori
2) jahon kapitallar bozori
3) jahon ish kuchi bozori
4) xalqaro valyuta tizimi
5) xalqaro kredit-moliya tizimi
6) xalqaro ilmiy-axborot tizimi
Jahon xo`jaligi sub`ektlari:
- davlatlar o’z xalq xo`jaligi komplekslari bilan;
- transmilliy korporatsiyalar;
- xalqaro tashkilotlar va institutlar.
Jahon xo`jaligi xalqaro mehnat taqsimoti asosida, savdo, ishlab chiqarish, moliya va
ilmiy-texnik aloqalari bilan alohida milliy xo’jaliklarning birlashuvidan iborat tizimdir.
Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon
xo`jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
6
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar xizmatlarning
|
| |