Tayanch iboralar: Inson resurslari-jahon iqtisodiyoti resurslarining muhim ko’rinishlaridan biridir.
Ish kuchining bir davlatdan ikkinchisiga ko’chishi mehnat resurslari migratsiyasi deb
nomlanadi.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda
ish bilan ta`minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishi.
Emigratsiya– ishchi kuchining bir mamlakatdan doimiy yashash uchun boshqa
mamlakatga chiqib ketishi.
Immigratsiya – ishchi kuchining aynan shu mamlakatga doimiy yashash uchun kirib
kelishi.
Takrorlash uchun savollar: 1. Demografik tushunchaga ta`rif bering?
2. Jahon aholisining dinamik muammolari nimalardan iborat?
3. Jahon iqtisodiyotida inson resurslari va ularning papulyatsion harakteridagi sikllar mohiyatini
tushuntiring?
4. Jahon iqtisodiyotida ishsizlik va uning tendentsiyalaridagi o’zgarishlarni bayon qiling?
5. Aholining xalqaro migratsiyasi mohiyatini tushuntiring?
3-mavzu: Xalqaro savdo. tashqi savdo siyosati Reja: 1.
Xalqaro savdoning vujudga kelishi va tuzulishi, xususiyatlari.
2.
Hozirgi zamon jahon bozorining o’ziga xos xususiyatlari.
3. Xalqaro savdo vositachilari turlari. Xalaro savdo vositachi-lari daromadlari manbalari.
4. Tashqi savdoni tartibga solish zaruriyati va usullari.
Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Djon D.Deniels, Li X.Radeba. Mejdo’narodniy biznes. Moskva,"Delo LTD" 1994 g.
2. V.B.Buglay, N.N.Liventsev. Mejdo’narodnie ekonomicheskie otnosheniya. Moskva: "Finansi
i statistika",1996 g.
3. V.A.CHjen. "Bozor va ochiq iqtisodiyot" T, "Sharq",1997 yil
4. M. Haqimova va boshqalar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T. «O’qituvchi» 1997 yil
Xalqaro savdoning vujudga kelishi va tuzulishi, xususiyatlari. Xalqaro savdo - jahondagi barcha davlatlarning tashqi savdo yaxlitligini aks ettiruvchi
tovar-pul munosabatlari majmui hisoblanadi.
Xalqaro savdo hajmi eksport hajmlarini qo’shish orqali odatda AQSH dollarida
hisoblanadi. Tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi farqlantiriladi.
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, jahon
savdosning tez o’sishi hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi
hisoblangan jahon savdosi tashqi savdo aylanmasi, eksport va import kabi ko’rsatkichlar
bilan tavsiflanadi.
Eksport tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab
chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs
bazasiga va tor ichki bozorga ega bo’lib, o’zlarining ichki iste`moli uchun zarur bo’lgan barcha
tovarlarni etarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar
uchun eksport kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
15 Jahoh savdosida tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta`siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda Jahoh savdosining
eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari etakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga
Jahoh tovar ayriboshlashining ¾ qismi to’g’ri keladi. oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi
faqat ¼ qismini tashkil qiladi.