• Ta`rifsiz to’siqlar
  • Protektsionizm, ya`ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/72
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #119750
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
    Bog'liq
    jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

    Protektsionizm, ya`ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar xalqaro ixtisoslashuvdan olinadigan 
    nafni kamaytiradi yoki yo’qqa chiqaradi.
    Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’ladi. Ularning asosiylari quyidagilar: 
    Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlri hisoblanadi, u daromad olish maqsadida 
    yoki himoya uchun kiritilishi mumkin. 
    Import kvotalari yordamida ma`lum bir vaqt oralig’ida import qilinishi mumkin 
    bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi. 
    Ta`rifsiz to’siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo’yish 
    yoki oddiy ma`muriy ta`qiqlashlar tushuniladi.
    Eksportni ixtiyoriy cheklashlar savdo to’siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. 
    Bu holda chet el firmalari o’zlarining ma`lum mamlakatga eksportini «ixtiyoriy» cheklaydi.
    Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini 
    rivojlantirishi, o’zlarining resurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab chiqarishning 
    umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan 
    ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o’zlari samarali ishlab 
    chiqarish holatida bo’lgan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin. 
    Bu erda mamlakatlar nima uchun savdo-sitiq qiladi? – degan savol tugiladi. Birinchidan, 
    iqtisodiy resurslar dunyo mamlakatlari o’rtasida juda notyokis taqsimlanadi, mamlakatlarning 
    iqtisodiy resurslar bilan ta`minlanishi keskin farqlanadi. Ikkinchidan, har xil tovarlarni samarali 
    ishlab chiqarish har xil texnologiya yoki resurslar uygo’nlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning 
    xalqaro savdoga ta`sirini oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya ko’p va yaxshi 
    tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali mehnat ortiqcha bo’lganligi sababli arzon tushadi. Shu 
    sababli, Yaponiya tayyorlash uchun ko’p miqdorda malakali mehnat talab qilinadigan turli-
    tuman mehnat sig’imli tovarlarni samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya esa 
    aksincha, juda keng maydonlariga ega bo’lgan holda etarli bo’lmagan miqdorda inson resurslari 
    va kapitalga ega.
    Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to’siqlarini kiritishdan oladigan 
    foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo’qotish hisoblanadi.

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Protektsionizm, ya`ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar

    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish