20
asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. TSBK faoliyatining asosiy shakli
qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo mo’zoqaralarini o’tkazish hisoblanadi.
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro makbul
qarorlarni qidirib topishag va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko’plab qiyinchiliklar
bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu valyuta-
moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uygo’nlashtirish XVF (MVF), XTRB
(MBRR), iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRO-OESR),
xalqaro rivojlanish
uyushmasi (XRU-MAR), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK-MFK) va shu kabilar doirasida
amalga oshiriladi. Garbdagi etti etakchi mamlakatlarning har yilgi kengashi bu sohada muhim
rol’ o’ynaydi.
Valyuta – moliyaviy sohani xalqaro uygo’nlashtirishning kuchayishi ko’p jihatdan XVF
ning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofik valyuta kurslari va a`zo mamlakatlar
to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p toonlama to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar
tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a`zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini xal
qilish uchun kredit beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB
faol shug’ullanadi. XTRB va u bilan biga jahon banki tarkibiga kiruvchi
Xalqaro rivojlanish
uyushmasi (XRU-MAR), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK-MFK) har xil investitsion
ob`ektlarni o’rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug’ullanadi, loyihalarning moliyaviy-
iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga
yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni
birlashtiruvchi IXRO muhim rol’ o’ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa
mamlakatlar milliy iqtisodi samaradorligiga ta`sirini, ularning to’lov balansi holatini o’rganish
amalga oshiriladi, illiy iqtisodning jahon xo`jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta`minlash
maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo’yicha tavsiyanomalar beriladi. IXRO jahon xo`jaligi
doirasida ko’p omilli fo’nktsional aloqalarni o’rganishni amalga oshiradi,
valyuta va byudjet
siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya
etadi.
Sharqiy Evropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta`sir ko’rsatish va
yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Evropa tiklanish va rivojlanish banki (TREVB-
EVVRR) tuzildi.
Shuni ta`kidlash lozimki, Jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga solish tizimida
doimiy o’zgarishlar ro’y berib turadi.
80-yillarda iqtisodiy, ijtioiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatidagi
o’zgarishlar, Jahon xo’jalik aloqalari tizimini ko’p tomonlama tartibga solish shakllari
evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o’zgarishi,
tashqi faoliyatida mustaqil sub`ektlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko’payishi
xada dunyo mamlakatlari ichida ro’y beradigan o’zgarishlar muhim o’rin to’tadi.
80-yillarning o’rtalarida dunyoda AQSH, Garbiy Evropa va Yaponiyadan iborat ancha
kudratli raqobatlashuv markazi vujudga keldiki, bu ham Jahon iqtisodiy o’nosabatlarinitartibga
solishga o’z ta`sirini ko’rsatdi.
Jahon xo’jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlarning a`zolari
tarkibidagi
o’zgarishlarning ham ta`siri bo’ldi. XVF, XTRB, TSBK ga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi
ozod bo’lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsiyalistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu
ham Jahon xo`jaligi aloqalarini tartibga solishda ma`lum o’zgarishlarga olib keldi.
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bo’nyod etishga harakat tufayli yagona
umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy valyuta va siyosiy ittifoq ta`sis etiladi. Bu ittifoqning
shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun qator Evropa muassasalari tuzildi.
Evropa Ittifoqining ijroiya organi:
-
Evropa hamjamiyati Komissiyasi (EXK) dir. Uning a`zolarini milliy hukumatlar
tayinlaydi, lyokin ular o’z faoliyatlarida mutlako mustaqildirlar.
21
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi:
-
Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta`minot, qishloq
xo`jaligi kabi Vazirlar Kengashi mavjud.
Evropa hamjamiyati Komissiyasi
faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat byudjeti va
qonunlarini ma`qo’llash hamda ularga o’zgartirish kiritish huquqi
Evroparlament zimmasiga
yuklatildi.
Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o’tkazila boshlandi. SHu
munosabat bilan yagona valyuta - EKYU joriy etiladi va yangi muassasa –
Evropa Markaziy