O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

 
23 
ulushini 7,8 foizdan 10-11 foizgacha oshirilishini, qishloq xo`jaligi ulushini esa 36,4 foizdan 
19-24 foizgacha kamaytirishni nazarda to’tadi. 
Iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan strukturasini shakllantirishni ta`minlash - 
ma`lumki vaqt va bosqichma – boskch qarorlar qabul qilinishini talab qiluvchi murakkab 
vazafadir. 
Eksportga yo’naltirilgan rivojlanishning birinchi bosqichida (2000-2005 yillar) 
ustuvorlik iqtisodiyotning O’zbekistonning xalqaro savdoda an`anaviy ravishda ustunliklarga 
ega bo’lgan va jahon bozoriga chiqa oladigan sohalariga beriladi. Bu iqtisodiyotning mavjud 
xom-ashyo va mahsulotlarni eksport qilish va ularnii chuqurrok qayta ishlashga yo’naltirilgan 
mehnat va resurs talab sohalaridir. 
Shunday qilib, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyot strukturasini shakllantirishnng birinchi 
bosqichida ustuvor sohalar quyidagilardir: , oziq-ovqat, sanoat, kshlok xo`jaligining 
raqobatbardosh sohalari, turizm va u bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishlarning rivojlanishi, 
samolyotsozlk va avtomobilsozlikning rivojlanishi. 
Birnchi bosqichda belgilangan ustuvorliklarni amalga oshirish quyidagi vazifalarni 
bajarishni taqozo qiladi: 
- ilg’or texnologiyalarni tezrok maqsadga kiritish yo’li bilan milly ishlab chiqarishlar 
raqobatbardoshligini oshirish; 
- agrar islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy sektor rivojlanishini ta`mnlash; 
- iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash, mahsulot tannarxini 
kamaytirish; 
- inflyatsiyani past darajada saqlash, soliq tizimining samaradorligini oshirish; 
- iste`mol bozorini milliy tovarlar bilan to’ldirish; 
- O’zbekistonning turli xalqaro tashkilotlarga ntegratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratish; 
- iqtisodiyotning hududiy strukturasini takomillashtirish. 
Eksportga yo’naltirilgan rivojlanishning ikkinchi bosqichida (2006-2010 yillar)
birinchi bosqich vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish bilan bir qatorda strukturaviy
siyosatning og’irlik markazini O’zbekistonning xalqaro savdoda yangi raqobat ustunliklarini 
yaratish va rivojlantirish, qayta ishlash sanoatini yuqori texnologiyali, ilm talab ishlab 
chiqarishlarga o’tkazish. 
Ikkinchi bosqichning ustuvor sohalari bo’lib, samolyotsozlik, murakkab maishiy 
radioelektrotexnika, informatsion texnologiyalar ishlab chiqarish hisoblanadi. Ustuvorliklarni 
amalga oshirish quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi: 
- ustuvor soha va ishlab chiqarish korxonalarining moliyaviy barqarorligiga yordam berish; 
- ishlab chiqarish fondlarini yirik miqyosida yangilash, ilg’or texnologiyalardan foydalanish
asosida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish; 
- investitson tovarlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va mashinasozlik mahsulotlarini 
diversifkatsiyalash uchun zarur bo’lgan ITIni mustaxkamlash kursini davom ettirish; 
- mustaqil yo’llar va magistral avtoyo’llar tayanch tizimini tashkil qilish asosida mukobil 
transport koridorlarini shakllantirishni yakunlash; 
- samarali mehnatga motivatsion mexanizmlarni qo’llash; 
- ishlab chiqarishning material va energiya talabligini yanada kamaytirish, takror ishlab
chiqarishning resurslarni tejovchi ko’rinishlarga o’tish. 
YAIM o’sish sur`atlarini 2005 yilgacha yiliga urtchacha 6,5-7 foiz, 2010 yilgacha esa 
708 foiz bo’lishini ta`minlaydi. Bunda strukturaviy investitsion siyosat tomonidan yuqori 
darajada kushimcha qiymatga ega raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish 
smaqsadida ortiqcha mehnat resurslaridan foydalanish va boy xom-ashyo resurslarini chuqur 
qayta ishlashga yo’naltirilgan qayta ishlash sanoatining rivojlanishiga ustuvorlik beriladi. 
Demak, keltirilgan ma`lumotlarni tahlil qilgan holda 2010 yilgacha amalga 
oshiriladigan strukturaviy o’zgarishlarning o’ziga xos tomonlari bo’lib, YAIM da jamg’arma 
ulushining baland bo’lishi (1998 yildagi 29 foizga nisbatan 32 foiz), xorijiy investitsiyalarni 
faol ravishda jalb qilish (yiliga kamida 800-1200 mln.doll). investitsion resurslarni taqsimlashda


 
24 
qayta ishlash sanoatining ustuvorligini ta`minlash (uning ulushi 1991-1998 yillardagi 8-13
foizdan 2010 yilda 20-22 foizga oshishi kerak), eksport hajmini 1998 yilga nisbatan sanoat 
mahsulotlari evaziga 3 marta oshirishga erishish mumkin bo’ladi. eksportning YAIM dagi 
ulushi bu davrda 24,7 foizdan 45 foizgacha oshadi. eksportning strukturasi ham sezilarli
o’zgaradi. 
Eksportda mashina va uskunalarning ulushi 1998 yilga nisbatan 4,2 dan 16,8 foizga 
oshadi, paxta tolasining ulushi 38,6 foizdan 15,9 foizgacha kamayadi, tiklanmaydigan tabiiy 
resurslarning ulushi 15,9 foizdan 6,6 foizga kamayadi. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish