30
Kapital xorijga xususiy biznes, davlat kompaniyalari va hukumat,
xalqaro tashkilotlar
tomonidan qarzga berilishi yoki investitsiya qilinishi mumkin. Shu sababli ham kapital harakati
xususiy va davlat kapitali, shuningdek xalqaro tashkilotlar kapitali shaklida amalga oshiriladi.
Kapitalni mashina va asbob-uskunalar, patentlar va «nou-xau» lar,
xorijiy firma ustav
kapitaliga qo’yilmalar tovar kreditlari ko’rinishida olib kelinishi va olib chiqilishi mumkinligi
uchun uning harakati pul va tovar shakllariga ajratiladi. Muddati bo’yicha kapital harakati qisqa
va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Qisqa muddatli kapitalga bank depozitlari va turli moliyaviy institutlar hisoblaridagi
mablag’lar, qisqa muddatli qarzlar kiradi.
Uzoq muddatli kapitalni olib kelish va olib chiqish deganda to’g’ri investitsiyalar, portfel
investitsiyalar, uzoq muddatli qarzlar tushuniladi.
Kapital harakatining barcha shakllari bir - biri bilan o’zaro bog’liq
va ularni ajratish
shartlidir. Masalan, kapital qo’yilmalar ko’rinishidagi xorijiy portfel investitsiyalar xalqaro
kreditga ham kiritilishi mumkin.
Kapital harakati yo’nalishlarining o’zgarishi
Kapital harakatining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, zamonaviy sharoitlarda
uning yo’nalishlari sezilarli o’zgardi. Agar dastlab, u eng rivojlangan
mamlakatlardan kam
rivojlangan mamlakatlarga ustun ravishda ssuda shaklida berilgan bo’lsa, hozirga kelib xorijiy
kapital asosan rivojlangan mamlakatlar o’rtasida investitsiyalar ko’rinishida beriladi va olinadi.
90 – yillarning boshlarida bu mamlakatlar hissasiga xorijiy kapital eksportining 97 foizi va
importning 75 foizdan ortigi to’g’ri keldi. Bu o’zaro investitsiyalash
jarayonining kuchayishi
bilan bog’liqdir. Ya`ni turli mamlakatlar iqtisodiyotning bir tarmog’iga mansub korxonalarni
rivojlantirish uchun birgalikdagi mablag’larni jalb etadilar.
Masalan, Germaniyadagi kimyo kontserni AQSh ga,
Amerika korporatsiyasi esa
Germaniya kimyo sanoatiga qo’yadi.
Kapitallarni baynalminallashtirish jarayoni ayniqsa ilmiy tadqiqotlar va ulardan
foydalanish sohasida yaqqol namoyon bo’lmoqda, 80 – yillarning oxirlarida sanoatda olib
borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida xorijiy investitsiyalarning
hissasi umumiy xarajatlarda
Kanadada 26,3 foizni, Buyuk Britaniyada 16,9 foizni, Frantsiyada 10,3 foizni tashkil etdi.
Sanoatning axborotlar texnologiyasi, biotexnologiya va yangi materiallar kabi ilg’or
tarmoqlarida AQSh, Yaponiya va Evropa korporatsiyalari xorijiy firmalar bilan o’z milliy
firmalariga nisbatan ko’proq bitim tuzdilar.