|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiBog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar
Kapital harakatining asosiy shakllari. Ssuda
kapitali va tadbirkorlik kapitali harakati.
Kapital harakatining shakllari.
Iqtisodiy mazmuniga
ko’ra
Kim tomonidan
amalga oshirilishiga
ko’ra
Ko’rinishi bo’yicha
Muddatiga ko’ra
Ssuda kapitali
Xususiy davlat
Pul ko’rinishida
Qisqa muddatli
Tadbirkorlik kapitali
Xalqaro tashkilotlar
kapitali
Tovar ko’rinishida
Uzoq muddatli
Ssuda kapitalini olib chiqish bu bir mamlakatdagi qarz beruvchining boshqa
mamlakatdagi qarz oluvchiga ma`lum muddatda qaytarib berish va foizlarni to’lash sharti bilan
kredit berishidir.
Agar kapital foizlar shaklida foyda olish maqsadida berilmasdan, balki xorijdagi
korxonalarni, shu jumladan qo’shma korxonalarni yaratishga sarflasa, u holda bu tadbirkorlik
kapitalini olib chiqish yoki xorijga investitsiya chiqarish deb ataladi.
Chet el investitsiyalari investorga xorijiy korxonalar ustidan nazoratni ta`minlash
huquqini bersa, ular to’g’ri investitsiyalar hisoblanadi, korxonalar esa asosiy kompaniyaning
chet ellardagi ishlab chiqarishi bo’lib qoladi. Xorijiy investor tomonidan nazorat qilish huquqini
aniqlovchi ko’rsatkich sifatida ular ega bo’lgan aktsionerlik kapitalning hissasi ishlatiladi.
AQShda bu 10 foiz, Frantsiya va Buyuk Britaniyada 20 foizga yaqin, Germaniyada 25
foizdan 50 foizgacha, O’zbekistonda u 49 foiz darajasida aniqlangan.
Agar xorijiy investorlarning kompaniya aktivlarida hissasi ushbu mamlakatda o’rnatilgan
darajada past bo’lsa, u holda chet el investori korxonani bevosita boshqarishda qatnasha olmaydi
va faqat aktsiyalardan dividendlar olib turadi. Investitsiyalarning bunday shakli portfel’
investitsiyalari deb yuritiladi.
|
| |