28
Erkin savdo strategiyasi - tashqi savdodagi cheklashlarni mumkin qadar kamaytirish
strategiyasi.
Taqchil bozorni to’ldirish strategiyasi - mazmo’nan "tesqari protektsionizm" bo’lib,
bu strategiya milliy bozorda taqchillik katta bo’lsa, o’nda hamma uchun joy topilsagina,
samarali bo’ladi.
Demping - bu narx-navo borasidagi xalqaro kamsitish bo’lib,o’nda
eksport qiluvchi
firma o’z mahsulotini biror xorijiy bozordagiga nisbatan arzon narxda sotadi.
To’lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet
elliklar o’rtasida ma`lum vaqt oraligida (odatda bir yilda) amalga
oshirilgan barcha iqtisodiy
kelishuvlar natijasining tartibga solingan yozuvi.
Iqtisodiy kelishuvlar – qiymatning
har qanday ayirboshlanishi, ya`ni tovarlar,
ko’rsatilgan xizmatlar yoki boshqa aktivlarga mulkchilik huquqining
bir davlat rezidentlaridan
boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha o’zaro kelishuvlar
Absorbatsiya – yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo’jaliklari,
korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish zaruriyati nimalarda namoyon bo’ladi?
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda davlatning roli qanday?
3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda qanday iqtisodiy strategiyalar qo’llanadi?
4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish usullari va vositalari haqida ma`lumot bering.
5. Import litsenziyalari nima va uning qanday turlari qo’llanadi?
6. Demping nima? Firmalar demping siyosatini qo’llashlariga nimalar sabab bo’ladi?