27
yordamida yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo’li bilan moliyalashtiriladi va bu
kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo’lsa, joriy operatsiyalar
hisobi ijobiy qoldikka ega bo’ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan
barcha xalqaro bitimlar
o’zifodasini topadi. Bular chet elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar, kuchmas mulk va x.k.
sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib
olish natijasida vujudga
keladigan sarf xarajatlar.
сарфлар
олишга
сотиб
активлар
Четдан
тушумлар
сотишдан
Активлар
баланси
харакати
Капитал
Chet el aktivlarni sotish chet el valyutalari zaxiralarini ko’paytiradi, ularni sotib olish esa
kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldikka ega bo’ladi.
To’lov balansining taqchilligi Markaziy Bank (MB) rasmiy zaxiralarini qisqartirish
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:
chet el valyutalari;
oltin;
mamlakatning XVF dagi kredit ulushi;
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va x.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda,
ichki bozorda chet el
valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash
kursi nisbatan o’sib milliy iqtisodiyotga inkirozli ta`sir ko’rsatadi.
Aksincha, to’lov balansining aktiv qoldigi MB rasmiy valyuta zaxiralarining o’sishi bilan
birga borganda ichki bozrda chet el valyutalari
taklifini kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa
nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta`sir
ko’rsatadi.
MB tomonidan chet el valyutalarining bundaysotilishi va sotib
olinishi rasmiy zaxiralar
bilan operatsiyalar deyiladi. (Bu Mbning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas).
Rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldik so’mmasi. Kapital harakati
hisobi va zaxiralar miqdorining o’zgarishi «nol» ni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo’yicha taqchillikni brtaraf qilishni
kechiqtirishi va o’zining rasmiy valyuta zaxiralarini tulik sarflashi natijsida to’lov balansi krizisi
kelib chiqadi. Mamlakatda tashqi qarzlarni to’lash holatida bo’lmaganligi sababli, chet eldan
kreditlash imkoniyati mavjud bo’lmaydi.
Iqtisodiyot sub`ektlarining davlat va MB siyosatiga ishonchsizligi to’lov balansi krizisini
chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. milliy valyuta qadrsizlanishining ko’tilishi chet el
valyutalariga chaykovchilikka qaratilgan talabni rag’batlantiradi. Bu MB ning milliy valyuta
qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakatini ancha kiynlashtiradi, chunki uning rasmiy
valyuta extiyojlari bir vaqtda to’lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el
valyutalariga o’sib boruvchi chaykovchilik talabini qondirish uchun etarli bo’lmay qoladi.
Bunday holda valyutalarning, «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi.
Respublikamizda davlat byudjeti taqchilligi
ijobiy xususiyatga egaligi, tashqi savdo
aylanmasida ijobiy savdoga erishilganligi (2000 yil 317,3 mln. AKSH dollari miqdorida) va
oltin-valyuta zaxiralarimizning yildan-yilga ko’payib borayotganligi «… mamlakatimiz to’lov
balansining barqarorligini ta`minlashda mustaxkam asos bo’lib xizmat qiladi va tashqi iqtisodiy
sherik sifatidagi O’zbekistonga bo’lgan ishonchni orttiradi»
2