O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda davlatning roli




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda davlatning roli. 
 
Har qanday iqtisodiy faoliyat albatta kim tomonidandir qandaydir vositalar orqali 
boshqarilib, nazorat qilib turishni talab etadi. Albatta bunda davlatning, uning iqtisodiy 
boshqaruv tashkilotlarining o’rnini alohida ta`kidlab o’tish lozim. Chunki davlat xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning eng asosiy sub`ekti sifatida bundan albatta manfaatdordir. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishga yangicha 
yondashishni talab qiladi. Bunday boshqarishning vazifa va maqsadlari boshqa tizimlarnikidan 
farq qilishi tabiiydir. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat yo’li bilan boshqarishda quyidagilar birinchi o’ringa 
qo’yiladi: 
- uzoq muddatga mo’ljallangan kontseptsiyani belgilash; 
- eksport va importga doir prognozlarni, shuningdek,valyuta,tashqi savdo va to’lov 
balanslarini ishlab chiqish va tasdiqlash; 
- tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi vazirliklar, idoralarning, mulkchilikning barcha 
shaklidagi kontsern, uyushmalarning, ishlab chiqarish korxonalarining ishini nazorat qilish; 
- mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida yanada faolrok va samaralirok ishtirok etishi 
uchun shart-sharoit va omillarni yaratish; 
O’zbekiston Respublikasining vakolatiga taalluqligini belgilab beruvchi vazifalar 
quyidagilar: 
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy 
- asoslarini belgilash; 
- tashqi iqtisodiy siyosatni, jumladan, valyuta-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga 
oshirish; 
- respublika valyuta jamg’armasini to’plash va foydalanish; 
- tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli shartnomalar tuzish va ularni amalga tadbik etish; 
- mamlakat aholisining huquqlarini xorijda himoya qilish; 
- mamlakat hududida xorijiy sarmoyadorlar faoliyati uchun huquqiy kafolatlar belgilash 
- xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalarda ishtirok etish. 
Davlat o’z milliy va butun jamiyat manfaatlarini muxofaza qilish maqsadida tashqi iqtisodiy 
faoliyatni boshqaradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga davlat ikki usul orqali ta`sir 
etadi: 
1. bevosita - masalan, bojxona to’lovlarida imtiyozlar berish orqali
2. bilvosita - masalan, biror mahsulotlarga yuqori import tariflarini joriy etish orqali
Davlatning bunday ta`siri tashqi iqtisodiy faoliyat bilaen shug’ullanish chogida vujudga 
keladiganmunosabatlarni boshqaradigan qonunlar hamda me`yoriy hujjatlarni qabul qilish yo’li 
bilan o’tkaziladi va uning maqsadi ham jamoat, ham xususiy manfaatlarni himoya qilishdan 
iboratdir. 
Bu maqsadning asosiy yo’nalishlari quyidagilar: 
A) iqtisodiyotni mustaxkamlash, uning barqarorligi va rivojla-nishini ta`minlash. 
B) fuqarolar salomatligi xavfsizligini ta`minlash va atrof-muxitni muxofaza qilish; 
V) mamlakatdagi xo’jalik tashkilotlarining xorijiy bozordan foydalanish imkoniyatini 
ta`minlash; 
G) mamlakat tadbirkorlarining raqobatbardoshligini ta`minlash; 


 
25 
D) iqtisodiyot ayrim tarmoqlarining rivojini rag’batlantirishni ta`minlash va fan-texnika 
taraqqiyotiga ko’maklashish; 
E) tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarini ro’yxatga olish va ular faoliyati to’g’risida 
axborot to’plash. 
Umuman, xulosa qilib aytish mumkinki, davlatning asosiy vazifasi tashqi iqtisodiy 
faoliyat ishtirokchilarining faoliyatini boshqarish yuzasidan cheklash choralarini belgilash emas, 
balki ularning jahon bozoriga kirib borishlariga har tomonlama ko’maklashishdan iboratdir. 
Ko’p davlatlarning tadbirkorlari xorijiy rakiblarining o’z milliy bozorlariga kirib 
kelishlariga yo’l kuymaslik uchun kuchlarini ayamaydilar. 
Iste`molchilarni esa yaxshi, sifatli va arzon tovarlar ko’proq bo’lishi qiziqtiradi, 
tovarning kaerdan keltirilganligi, ularning kim tomonidan ishlab chiqarilganligi ularni o’nchalik 
qiziqtirmaydi. 
Bu dunyodagi ko’p mamlakatlarda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy nizolarning 
doimiy manbaidir. 
Davlat mamlakatga tovarlar olib kelinishi yoki olib ketilishini chegaralashi yoki
aksincha rag’batlantirilishiga qarab uning asosiy tashqi iqtisodiy strategiyachlarining turt turi 
farqlantiriladi: 
1) 
Qisman izolyatsiya yoki ajralish strategiyasi. Bu strategiya ichki bozorga tovarlarning 
ayrim turlarini kirib kelishiga yo’l kuymaslik maqsadida amalga oshiriladi. Masalan, mamlakat 
aholisi turmush tarziga mos kelmaydigan kino-video mahsulotlari, matbaa nashrlarini davlat 
ichqarisiga kiritishda cheklashlar qo’yiladi.
2) 
Protektsionizm strategiyasi - ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoya qilish strategiyasi 
bo’lib, odatda eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishni rag’batlantirish, import mahsulotlar 
o’rnini qisman koplash maqsadida qo’llanadi. Agar milliy ishlab chiqarish raqobatbardosh 
bo’lmasa, davlat bunday strategiyani tadbirkorlik tuzilmalarining tazyiki bilan qabul qiladilar. 
Protektsionizm - mamlakat tadbirkorlari uchun alohida imtiyozlar yaratishdir 
3) 
Erkin savdo strategiyasi - tashqi savdodagi cheklashlarni mumkin qadar kamaytirish 
strategiyasi. Odatda bu strategiyani bozorda etakchi o’rinni egallab to’rgan, o’z tovarlarining 
raqobatbardoshligiga putur etishidan xavfsirashga asos bo’lmagan mamlakatlar qo’llaydi. 
Siyosat ko’p jihatdan keltirilayotgan mahsulot ichki ishlab 
chiqarish bilan raqobat qilmaydigan yoki muhim tarmoqlar uchun xom ashe bo’ladigan 
mamlakatlarda ham erkin savdo qilishga qaratilgan. Agar import ichki ishlab chiqarish bilan 
raqobat kurashi boshlamasa, mamlakat siyosiy kuchlarining bu mahsulot xaridorga mumkin 
qadar arzon tushishi kerak degan xulosaga kelishi osonrok bo’ladi. Himoya qiladigan hech narsa 
bo’lmasa, protektsionizm ishonarli emas. Xorijiy ishlab chiqarish bilan raqobatlashayotgan 
tarmoqlarga nisbatan yirik tarmoq uchun muhim xom ashyo hisoblangshan bunday tovar odatda 
bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi. 
4) 
Taqchil bozorni to’ldirish strategiyasi. Mazmo’nan "tesqari protektsionizm" bo’lib, bu 
strategiya milliy bozorda taqchillik katta bo’lsa, o’nda hamma uchun joy topilsagina, samarali 
bo’ladi. 
O’zbekistonda 1980-yillar oxiri va 90- yillar boshlarida xorijiy tovarlarni jalb qilish 
maqsadida bu strategiyadan unumli foydalanildi va natijada taqchillikni engishga erishildi. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda davlatning roli

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish