31
oluvchiga qaytarish va foiz shartlari bilan beradigan pul yoki tovar ko’rinishidagi ssudadir.
Ssuda mablag’i esa mamlakatning xalqaro qarzlar, kreditlar shaklida chiqaradigan yoki
kiritadigan hamda ssuda foizi keltiradigan kapitali. Xalqaro kredit feodalizm davrida paydo
bo’lgan. Bozor munosabatlari rivojlanib borishi bilan xalqaro kredit tashqi savdoga xizmat
ko’rsata boshladi va JAHON xo`jaligi aloqalarining muhim unsuriga aylandi.
Chetga kapital
chiqarish XX asr boshlaridan avj oldi. Dastlab ssuda mablag’ini chetga chiqarish aksariyat
xususiy shaklida, ya`ni davlatning aralashuvisiz olib borildi. Keyinchalik bunday faoliyat
xalqaro kredit munosabatlariga tobora ko’proq aralasha boshlagan hukumat tomonidan
rag’batlantirila boshladi. Xalqaro kredit munosabatlarining
rivojlanishi JAHON ssuda
mablag’i bozorini shakllantirdi. Bu bozorda qarz vositalariga talab va taklif mexanizmi
vositasida JAHON miqyosida moliyaviy resurslar to’planadi va qayta taqsimlanadi. JAHON
ssuda mablag’i bozori o’z mohiyatiga ko’ra baynalmilal bo’lib, milliy xo’jaliklarning o’zaro
bir biriga kirib borishi va yagona JAHON iqtisodiyotiga qo’shilish jarayonlari bilan bog’liq.
Uning taraqqiyoti darajasi ayrim hukumatlarning valyuta-moliya munosabatlarini tartibga
solish sohasidagi siyosati, xususiy va davlat kapitali xarajatining huquqiy me`yorlari va
koidalari, milliy kredit tizimlarining
rivojlanish darajasi,xalqaro mehnat taqsimoti va JAHON
savdosiga tortilish darajasi, ishlab chiqarish va moliya infratuzilmasining rivojlanganligi va
boshqa bir qator omillar bilan belgilanadi. Xalqaro investitsion faoliyat ishtirokchilari, ya`ni
sub`ektlari asosan quyidagilar:
-
davlatlar;
- xalqaro tashkilotlar;
- mintaqaviy tashkilotlar;
- banklar;
- transmilliy korporatsiyalar;
- fond birjalari;
-
savdo kompaniyalari;
- qo’shma korxonalar;
- boshqa korxona va tashkilotlar.