• Etakchi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining hozirgi davrdagi rivojlanish yo’llari
  • Foydalaniladigan adabiyotlar




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/72
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #119750
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
    Bog'liq
    jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

    Foydalaniladigan adabiyotlar: 
    1. K.R.Makkonell, S.L.Bryu. ekonomiks. Tallinn,1993 g. 
    2. "Yazik biznesa" ekonomicheskiy spravochnik. T,1997 g. 
    3. "JAHON iqtisodiyoti" Ma`ro’zalar matni. T, 1994 y. 
    4. Amerika iqtisodiyotining asoslari. 
    Etakchi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining hozirgi davrdagi rivojlanish yo’llari 
    XIX asr oxiri XX asr boshlari AQSh ning tarixida yuqori iqtisodiy rivojlanish bilan 
    harakterlanadi. Grajdanlar urushidan keyingi bir necha o’n yilliklar ichida misli qurilmagan 
    yutuqka erishildi. Ya`ni sanoat va qishloq xo`jaligi yangi ishlab chiqarishi bo’yicha do’neda 
    birinchi o’rinni egalladi va evropalik rakiblarini ancha orqada qoldirib ketdi. 1860y AQSh sanoat 
    mahsuloti ishlab chiqarish bo’yicha Angliyadan ancha orqada bo’lsa, XX asrning boshlariga 
    kelib undan shu ko’rsatkich bo’yicha ikki barobar ustun turar edi. AQSh bu borada Frantsiya va 
    Germaniyani ham orqada qoldirib ketdi. Shu davr ichida AQSh sanoatining ishlab chiqarish 
    sur`atlari nihoyat darajada yuqori edi. 
    AQSh ning shu davr ichida erishgan iqtisodiy ravnaqining sabablarini ko’rib chiqaylik: 
    1) AQSh ijtimoiy-iqtisodiy sharoitining shu davrda nihoyatda qulay kelganligi uning 
    xo’jalik rivojlanishiga katta ijobiy ta`sir ko’rsatdi; 


     
    39 
    2) 1861-1865yillar grajdanlar urushi burjua-demokratik inqilob sifatida o’tib, mamlakatning 
    katta hududida (janub) bo’lgan quldorlik tuzumini tugatdi va kapitalistik munosabatlarni 
    rivojlantirishda katta yo’l ochib berar edi; 
    3) kapital jamg’arish intensiv ravishda amalga oshirildi va asosan, mahalliy xalq inditslar 
    erlarini tortib olish va Meksikaning bir qismini tortib olish hisobiga amalga oshirildi. Bu 
    Amerika kapitalizmning tarixidagi eng mudxish saxifalaridan biri bo’lgan edi; 
    4) AQSh ning iqtisodiy rivojlanishida yana bir narsa ustunlik, u ham bo’lsa yosh kapitalistik 
    davlat boshqa "eski" kapitalistik davlatlarning tajribasidan foydalanib, o’z sanoatini eng ilg’or 
    texnika asosida ko’rdi; 
    5) AQSh sanoat ishlab chiqarishining tez sur`atlarda rivojlanishga elektr energiyasini
    qo’llash ham muhim ta`sir ko’rsatdi. 
    1914y sanoatning energetik extiejlarining 33%i elektr energiyasi 
    hisobiga ta`minlanardi. Agar XIX asr "bug asri" deb nom olgan bo’lsa,XX asrni tulik ma`noda 
    "elektr asri" deb atash mumkin; 
    6) AQSh ning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o’ynagan sabablardan yana biri-ichki 
    bozorni kengaytirish qaratilgan iqtisodiy siyosat edi. Ichki bozorni kengaytirish natijasida 
    mamlakatning turli regionlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni kengayib mustaxkamlanishga olib 
    keldi. Iqtisodiy aloqalarning mustaxkamlanishda temir yo’llar muhim rol’ o’ynaydi; 
    7) Transport sohasida katta o’zgarish kiritgan avtamobil’ qurilishining keng kulamda 
    rivojlanib ketishi. Avtomobil’ sanoatining rivojlanib ketishi o’z navbatida motor, temir, prokat, 
    neft’ va rezina ishlab chiqarishi sanoatlarini avtomobil’ yo’li qurilishini tez va keng kulamda 
    rivojlanishiga olib keldi.1 JAHON urushiga qarab AQSh da har yili 500ming avtomobil’ ishlab 
    chiqarilar edi; 
    8) ichki bozorni kengaytirish borasida AQSh protektsionistik siesat olib borib chet el 
    tovariga yuqori boj soliqlari soldi. Natijada o’z sanoati rivojlanishiga qulay sharoit yaratib 
    berdi; 
    9) tez sur`atlarda rivojlanayotgan sanoatni kapital bilan ta`minlay olmagan AQSh 
    burjuaziyasi chet el kapitalini o’z sanoatini rivojlanishiga keng kulamda jalb qildi; 
    10) AQSh iqtisodiyotining benixoya ijobiy ta`sir ko’rsatgan omillardan biri-aholining tez 
    sur`atlarda o’sishi bo’ldi. 

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish