Bog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar
Amerika qo’shma shtatlari iqtisodiy taraqqiyotining asosiy ko’rsatkichlari. valyuta munosabatlari, qishloq xo`jaligi va harbiy sanoat kompleksining axvoli. Amerika Qo’shma Shtatlari iqtisodi erkin bozorga asoslangan tizimdir.
Dunyo aholisining 5% - qariyb 320,0 mln kishi AQSh da istiqomat qiladi.
Maydoni- 9,4 mln. kv km.
JAHON miqyosidagi mahsulotning 18,5 foizini ishlab chiqaradi.
Ishlab chiqarish samaradorligi va aholisining yashash darajasi mezonlariga ko’ra AQSh
yuqori o’rinlarda turadi.
Amerika Qo’shma Shtatlari iqtisodiy tizimining birinchi tarkibiy qismi-tabiiy boyliklar
bo’lib, AQSh mineral qazilmalar, serunum erlarga boy qit`adir.
Ikkinchi tarkibiy qismi esa iqtisodiyotni sog’lomlashtirishda ishtirok etuvchi ish kuchi
hisoblanadi. Ish kuchi asosan,chetdan kelgan muxojirlar hisobiga tashkil topgan.
AQSh ning iqtisodiy tizimi xususiy mulkchilikka asoslangan.
AQShning umumiy iqtisodiy ishlab chiqarish hajmining uchdan ikki qismini shaxslar
tomonidan o’z extiyojlarini qondirish maqsadida sotib olinadigan molu-mahsulot va xizmat
turlari tashkil etadi. Qolgan uchdan bir qismi esa hukumat va biznes sohasi tomonidan xarid
qilinadi.
AQSh Yalpi milliy mahsuloti hajmi muntazam ravishda o’sib, 1985 yilda 3,4 trln
dollardan oshgan,1990 yilda 5,5 trln. dollardan oshgan, 1997 yilda 7,2 trln. dollarga etdi.
AQSh da 1990-yillar oxirida jami 19,5 mln firma mavjud bo’lib, ularning aksariyat
qismi 100 ming dollardan kam bo’lmagan biznes kirimiga ega bo’lgan.
40 Ishchilarning 36 % kichik biznesda mashgul. 500 ga yaqin yirik uyushmalar mavjud,13,5
mln yakka mulkchilik korxonalari, 4,2 mln korporatsiyalar mavjud.
AQSh da eng kam ish haqi soatiga 4,25 $ ni tashkil etadi.
Xorijga investitsiyalar kiritish 1996 yilda 400,0 mlrd $ ga etdi.
AQSh ga xorijiy investitsiyani jalb qilish ham 390,8 mlrd $ ni tashkil etgan edi.