G’arbiy evropa davlatlari iqtisodiy rivojining asosiy ko’rsatkichlari. qishloq xo`jaligi




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

G’arbiy evropa davlatlari iqtisodiy rivojining asosiy ko’rsatkichlari. qishloq xo`jaligi, 
harbiy sanoat kompleksi va valyuta tizimining asosiy ko’rsatkichlari. 
Evropada turmush darajasi hech qachon hozirgidan yuqori bo’lmagan. Ana shu o’sib 
borayotgan ma`murchilikning sababi Evropaliklarga mamlakatning o’zida va chet elda ishlab
chiqarilgan tovarlarga ega bo’lish imkoniyatini beradigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
tizimidir. Jahon iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar "Xalqaro savdo" deb ataluvchi jarayonda 
ishtirok etib, milliy va mintaqaviy chegaralar orqali ayribosh qilinadi. Tabiat resurslari, malakali 
mutaxasislar, transport tarmog’i muayyan mintaqalarda ayrim tarmoqlar uchun ancha qulay 
shart-sharoit yaratadi. Masalan: kompyuterlar tayyorlash Angliyada, yirik avtomobilsozlik 
zavodlari Germaniyaning Shimolida joylashgan. Iqlim sharoitlari, tabiiy va mehnat resurslariga 
qarab, texnologiyalarga bog’liq holda turli mamlakatlar ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashadi va qolgan zarur narsalarni xorijdan sotib oladi. 
Evropada ixtisoslashtirish va ayirboshlash mamlakatlarga ular hamma narsani mustaqil 
ravishda ishlab chiqarishga uringanlaridagidan ko’ra ko’proq xilma-xil tovarlar va xizmatlar 
olish imkoniyatini beradi. Shuningdek Evropada import solig’i va boshqa bojxona to’siqlari 
o’zaro foydali ayirboshlash imkoniyatlarini cheklab qo’yishga imkon hosil qiladi. Buni e`tirof 
etgan holda, ko’p davlatlar xalqaro savdoga ko’maklashishga harakat qilmoqdalar. Buning
uchun erkin savdo uyushmalari va bojxona ittifoqlari tuzilmoqda. Bunday uyushmalarning 
a`zolari uyushmaga a`zo bo’lmagan mamlakatlarga nisbatan mustaqil ravishda savdo 
cheklashlari o’rnatishlari man etilmaydi. Ana shunday tashkilotlar orasida eng mashxuri Evropa 
erkin savdo uyushmasi (EESU) bo’lib, uning tarkibiga Avstriya, Fillandiya, Islandiya, 
Norvegiya, Shvetsariya va Shvetsiya kiradi. Hozirgi paytda EU ga a’zo bo’lgan mamlakatlar
o’rtasida bojxona cheklashlar yuk, yoki boshqa mamlakatlardan keltiradigan tovarlarga 
nisbatan ta’riflar belgilanadi. 
1986 yilda Evropa uyushmasining 12 mamlakati 1992 yildan boshlab Garbiy Evropa 
hududida tovarlar, xizmatlar, mablag’lar va odam resurslari harakat qilishi uchun barcha 
to’siqlarni olib tashlashga qaror qiladi. Reja: "Evropa-1992" degan nom oldi. Agar ushbu 
rejadagi maqsadga erishilsa, Evropa uyushmasi bilan qilinadigan savdo yirik ajnabiy davlat 
bilan bo’ladigan savdoga o’xshab ketadi. 
Evropaning birlashuviga amerikalik tadbirkorlar ham xavotirlik bilan qaramoqdalar. 
Umidvorlik 320 mln. dol. zid iste’molchisi bo’lgan umumiy bozor paydo bo’lishi bilan 
bog’liqdir. 
"Evropa-1992" rejasi bilan bog’liq xavotirli Evropa uyushmasi chet el raqobatini 
bartaraf etib, qo’lga kiritilgan kuch-kudratdan foyda qurishga intilish mumkin, degan fikrdan 
kelib chiqadi. 
1999-yilgi Evropaning qanday bo’lajagi nazarda to’tilayotganidek, JAHON savdosi
kengayadimi yoki manfaatparastlikka qaytadimi " - bulardan qaysi biri haqiqatga aylanajagi 
hamon noaniq bo’lib qolmoqda". 
Evropani ancha arzon xorijiy ish kuchi raqobatidan himoya qilish xalqaro savdoni
cheklashni yuklab keltirilayotgan barcha asoslar orasida ko’pincha eng ahamiyatlisi sifatida 
namoyon bo’lmoqda. Demak, "arzon xorijiy ish kuchi" dan foydalanib ishlab chiqarilgan


 
43 
tovarlarga cheklashlar belgilash yo’li bilan Evropalik ishchilarni himoya qilish hukumatning 
vazifalari doirasiga kiradi. 
Ayrim muammolarni hal etish jarayonida barqaror iqtisodiy mavqeiga erishishda yordam 
berish maqsadida qator tashkilotlar vujudga keltirilgan. Ana shunday tashkilotlardan biri jahon 
bankidir. Jahon banki yoki xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki rivojlanayotgan Evropaning
iqtisodiy yuksalishini rag’batlantirish uchun ular juda katta yordam bermoqda. Xalqaro Valyuta 
fondi yaqin yillar ichida O’zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikda ish olib borish 
maqsadida, xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankiga 187 mln dollar ajratdi va shundan hozirgi 
kungacha 74 mln dollar O’zbekiston Respublikasida "taraqqiyot va tiklanish" bankiga kelib 
tushgan. 
Evropa mamlakatining rivojlangan zamonaviy davlatga aylanish jarayoni, odatda, 
quyidagi chora-tadbirlar guruxini yoki himoyasini yoki bir qismini o’z ichiga oladi: 
1.Qishloq xo`jaligi tarmog’ini modernizatsiyalash, 
2.Ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish. 
3.Mahsulot ishlab chiqarishni va tashqi savdo hajmini ko’paytirish. 
4.Ta`limni va kadrlar tayyorlashni yaxshilash. 
5.Tug’ilish darajasini pasaytirish. 
Yuqoridagi jarayonlarga izox: 
1. Xo’jalikning eng yirik tarmog’i. Nisbatan samarasiz tarmog’i bo’ladi, shu sababli 
ko’pgina iqtisodchilar zamonaviy texnologiyalar, uskunalar, joriy etish asosida qishloq 
xo`jaligida unumdorlikni oshirishni rivojlanayotgan mamlakatlardagi darajasini oshirishning 
eng samarali usuli deb hisoblaydilar. 
2. Ishlab chiqarish infrastrukturasi deganda-transport, aloqa vodoprovod va 
kanalizatsiya va energiya ta’limoti singari asosiy xizmat turlar ko’rsatilishini taqozo etuvchi 
inshoot tushuniladi. 
Yo’llar, ko’priklar, elektr stantsiyalari va boshqa inshootlar birgalikda mamlakat ishlab 
chiqarish infrastrukturasini tashkil etadi. Ma’lumki, milliy sanoatni rivojlantirish
mo’ljallanayotgan ekan, buning uchun zarur infrastruktura taxt qilib qo’shilishi kerak. 
3. Mahsulot ishlab chiqarishning ko’payishi sharofati bilan turmush darajasini oshirish
uchun aholi kerakli tovarlar va xizmatlardan baxramand bo’ladi. Ishlab chiqarishning o’sishi 
ya’ni ish joylarning va eksport qilinadigan tovarlarni vujudga keltiradi. 
4. Rivojlanish jarayoni odamning o’zini ham loyiq qoldirmay o’ziga tortadiki, natijada 
aholi zamonaviy fabrikalarda va qishloq xo’jalik korxonalarida tovarlar va xizmatlarning eng 
yangi turlarini ishlab chiqarishi uchun kerakli kasblarni egallab oladilar. 
5.Turmush darajasini oshirish uchun mamlakatning iqtisodiy yuksalish aholining
ko’payishiga nisbatan ildamrok sur`atlar bilan borish kerak. 
Evropa hamdo’stligi mamlakatlari iqtisodi bugungi kunda jahondagi eng ulkan 
hamdo’stlik doirasiga kiradi. 
Jahon iqtisodiyoti integratsiya, ya`ni yaqinlashuv yo’lidan bormoqda. Agar garbiy
Evropadagi integratsion jarayonlarni ko’zdan kechiradigan bo’lsak, u holda uning rivojlanishini
bir qancha bosqichlarga bo’lish va ulardan ayrim elementlarini har bir bosqichda oyoqqa 
turganligini anglab olamiz: 
1) Umumiy bozor va yagona savdo siyosati; 
2) Yagona agrar siyosat; 
3) Evropa valyuta tizimi: 
4) Ilmiy-texnikaviy integratsiya; 
5) Siyosiy integratsiyaning elementlari. 
Evropa iqtisodiy hamjamiyati asosida "Umumiy bozor" yaratildi. Yagona xo’jalik 
mollarining kirishi uchun tarif zonasi, kapital, ish kuchi va xizmat ko’rsatish sohalari erkinligini 
paydo qildi. 
Evropada agrar sohada yagona qishloq xo’jalik baholarini qo’llab-quvvatlash, qishloq 
xo’jalik tizimini qayta qurish uchun xalqaro davlat monopolistik mexanizmi barpo etildi.Agrar 
siyosat quyidagi asosiy qoidalarga tayanadi: 


 
44 
1) Yagona Evropa bozori va agrar sohada protektsionizm siyosati 
2) Yagona agrar narxlar 
3) Yagona tashkilot - Agrar fond tuzilib, u milliy xo’jaliklardan iborat sotish va uni 
moliyaviy ta`min etish bilan shug’ullandi. 
Bundan tashqari, agrar sohada yagona soliq, savdo, transport siyosati yagona tartibda 
amalga oshiriladi. 70-yillarda Evropa valyuta tizimi va uning asosiy bo’g’inlari yaratildi. 
Evropa hisob-kitob birligi EKYU va evropa vaklyuta zaxirasida hamkorlik qilish tarkib 
topdi. Evropa Ittifoqiga 15 davlat a`zo. Bular: Bel’giya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, 
Frantsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya. 
1999 yil 1 yanvardan boshlab Evropa Hamjamiyati mamlakatlarida yagona valyuta - 
"evro" muomalaga kiritildi va 11 davlat milliy valyutasining eKYU ga nisbatan ayirboshlash 
qiymati belgilandi. EKYUning "evro" ga nisbatan ayirboshlash qiymati 1:1 qilib belgilandi. 
Shu vaqtdan boshlab, Evrohudud davlatlari milliy valyutalarining boshqa valyutalarga 
ayirboshlashi faqat "evro" orqali amalga oshiriladi. 
2002 yilning 1 yanvaridan esa xaqiqiy pul kupyuralari va tangalar muomalada paydo 
bo’ladi. 2002 yilning 1 iyulidan boshlab esa milliy valyutalar to’la yo’qotiladi. 
7 xil qiymatga ega bo’lgan 5 evrodan 500 evrogacha pul ko’pyuralari chiqariladi va 8 xil 
- 1 tsentdan 2 evrogacha tangalar zarb etiladi va muomalaga chiqariladi. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G’arbiy evropa davlatlari iqtisodiy rivojining asosiy ko’rsatkichlari. qishloq xo`jaligi

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish