47
to’la ta`min etilgan va qisman eksport qilinadi. Demak, davlat boshqa davlatlar bilan
hamkorlik qilishga "mahkum" etilgan.
Elektronika sohasida 1987-95 yillarda xorijda ko’plab ilmiy tadqiqot markazlarini
ochdilar, shundan 21 tasi AQSh da, Garbiy Evropada 6ta, Osiyoda-6 tasi faoliyat ko’rsatadi.
Yaponiyalik mutaxassislar sobiq SSSRda tan olinmagan ixtirolarni sotib olish taklifini
kiritdilar. Sovetlar davrida ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlanmalari AQSh dagidan 3,5
marta ko’p ekan.
Fan-texnika ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’liq, bu sohaga kapital sarflash
yildan-yilga o’sib, eng samarali hisoblanadi. Yalpi milliy Daromadning 4 % shu sohaga
sarflanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat okibatida ishsizlik hosil bo’ladi, ishdan maxrum
bo’lish eng og’ir jazo hisoblanadi, shu sababli yaponiyalik ishchilar AQSh va Garbiy
Evropadagi hamkorlaridan ko’proq va intensivrok ishlaydilar. Masalan, Germaniya va
Frantsiyada yillik o’rtacha ish soatlari 1655 va 1643 soatni tashkil etsa, Yaponiyada bu
ko’rsatkich 2150 soatga teng.
Ishsizlar soni- 2 mln ga yaqin.
Mehnat unumdorligi juda yuqori. Masalan, avtomobil’ kontserni "Nissan"da amerikalik
hamkasblariga nisbatan unumdorlik 7 marta yuqori. Okibatda Yaponiya mahsulotlari nisbatan
arzon.
Yiliga 15 mln avtomobil’ ishlab chiqariladi, 60 % i eksport qilinadi.
Yaponiya iqtisodiy rivojining yana bir muhim omili-bu harbiy xarajatlarning nisbatan
kamligidir, bu sohaga YAMM ning bor-yo’g’i 1 % i sarflanadi. Bu ko’rsatkich sobiq SSSRda
30 %,AKSH da-7 %,Angliyada- 5 % ni tashkil etadi.
Yaponiyaning chet eldagi investitsiyalari 190 mlrd dollar bo’lsa, Yaponiyadagi chet
el qo’yilmalari 13 mlrd dollarni tashkil etadi. Yaponiyada ayniqsa, qora va rangli metallurgiya,
neftni qayta ishlash, ximiya, kemasozlik va avtomobil’sozlik, umumiy mashinasozlik,
elektrotexnika, sintetika tez rivoj topdi.
Kichik va o’rtacha korxonalar mavjud bo’lib,
- teri sanoatining 95 %
- to’qimachilik sohasining 88%
- oziq - ovqat sohasining 85 % korxonalari shu shakldagi korxonalar hisoblanadi.
Savdo sohasida ham mayda va o’rtacha tashkilotlar asosiy bo’lib, ular soni 4 mlnga
yaqin.
Qishloq xo’jalik sohasida ham muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Mustaqil ravishda o’z
erlarida ishlaydiganlar uchun o’rtacha 3 gektardan er berilgan. Ijara maydoni ham cheklangan- 1
gektar. Yaponiyada ipak kurti ham boqiladi va shoyi olinadi. Sholikorlik ancha rivojlangan
bo’lib, guruch bilan to’la o’zini ta`minlaydi va qisman eksport qiladi.
Yaponiyaning eksport hajmi 1996 yilda 211 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va uning
yalpi milliy Mahsulotdagi hissasi 11 %.