Bog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar
tavsifi. Rivojlanayotgan davlatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rni. Rivojlanayotgan davlatlar jahon mustamlakachilik tizimi emirilishi, xalqlarning
mustamlakachilik hamda yangicha mustamlakachilikka qarshi kurashi avj olishi natijasida
yuzaga kelgan davlatlarning katta guruxidir. Ularning soni yuzdan ortiq bo’lib, aholisi va
hududijuda kattadir.
Bunday davlatlar dunyoning barcha qit`alarida mavjud, yoki asosiy qismi Osiyo,
Afrika va Lotin Amerikasidadir.
Rivojlanayotgan davlatlardagi asosiy xususiyati shuki, iqtisodiyotda davlat sektori
paydo bo’ldi va u eng muhim tarmoqlarni, masalan, energetika, metallurgiya, harbiy atom
sanoati, transport, irrigatsiya inshootlarini o’z ichiga oldi.
Bu davlatlarning asosiylarida bozor munosabatlari vujudga keldi va ayrimlari
zamonaviy industrial davlatlar qatoriga kirgan.
Ozodlikka erishgan rivojlanayotgan mamlakatlarning qaror topishida 2 bosqichni ajratib
ko’rsatish mumkin:
1) Rivojlanishning yangi shart-sharoitlarini hamda yangicha harakterini belgilab bergan,
mustamlaka iqtisodiyotidan takror ishlab chiqarishning normal jarayoniga o’tish istiqbollarini
ochib bergan bosqich bo’lib, u 70-yillar oxirlarida yakun topdi. Iqtisodiy jihatdan o’sish
boshlandi.
60-70- yillarda Yalpi ichki mahsulotning o’rtacha yillik o’sish sur`ati 5,6 % ni tashkil
etib, bu rivojlangan davlatlarnikidan yuqori edi. Shu davr ichida Yalpi Ichki mahsulotida
rivojlanayotgan mamlakatlarning hissasi 1,5 baravardan 18,5 % gacha oshdi.
2) 80- yillar rivojlanayotgan mamlakatlarda salbiy tomonlar ustun bo’libgina kolmay, balki,
urushdan keyingi davrda ilk bor ishlab chiqarishning mutloq miqdori pasaydi. 80- yillarda
rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida farq orta boshladi. Ozodlikka erishgan 34
mamlakatda aholi jon boshiga chiqariladigan Yamm Garbning rivojlangan mamlakatlaridagiga
nisbatan 40 baravar kamayib ketdi.
Bu davlatlarda xalq xo`jaligining o’rtacha tuzilmasi quyidagicha:
- sanoat- 40%
49 - qishloq xo`jaligi- 18 %
- xizmat ko’rsatish sohasi- 42 %
Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti to’g’risida to’la ma`lumotlar berish qiyin, albatta,
shuni inobatga olib, asosan, Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari, Yaqin va O’rta Sharq
mamlakatlari va Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyoti to’g’risida qisqacha tuxtalamiz.