|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiBog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar
Germaniya iqtisodiyoti
Bu davlat markaziy Evropada joylashgan. GFR iqtisodiyoti mo’tadil rivojlanmoqda
ayniqsa metalurgiya, kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish sanoati tarmoqlari yuksak
darajada " yiliga 42 milion tonna pulat, 5 mln dona avtomobil, 680 mlrd kvt.soat energiya
ishlab chiqaradi,yiliga 435 mln tonna ko’mir qazib olinadi, 50 mln tonna po’lat yoritiladi. Metall
kesuvchi dastgoxlar 105 ming dona, traktorlar 75 ming dona, televizorlar 3,6 mln dona ishlab
chiqaradi. Butun dunyoda eng" kimyolashgan" mamlakat GFR ga ta`luqlidir. Hozirgi paytda
Xorijiy Evropada GFR liderlik rolini egallagan. Mis sanoati GFR ham eng rivoj topgan soha
bo’lib hisoblanadi.
Mamlakat nihoyatda unumli qishloq xo`jaligiga ega, bu 15 %, ishlayotganlarning bor
yugi 5%ga to’g’ri keladi. Aholining qishloq xo`jaligiga bo’lgan talabi 90%ga qondirilgan. GFR
yiliga 11 mln tonna hisobida bug’doy etishtiradi yiliga 26 mln.t. shakarqamish etishtiradi
mamlakat pivo tayyorlashda ishlatiladigan xmel’ usimligi etishtirishda do’neda birinchi o’rinda
turadi. Bu davlat ayni vaqtda jon boshiga pivo iste’mol qilishda (yiliga 160litr) ham do’neda
birinchi o’rindadir. GFR da 20 mln bosh qoramollar bor. GFRda chorvachilik etakchi o’rinni
egallaydi. Mahsulotning 67% shu tarmoqga to’g’ri keladi. Ilm davomida o’rtacha 97kg gusht
mahsulotlari iste`mol qilinadi.
GFR dagi transport tarmoqlari asosini davlat tasarrufidan federal temir yo’llar tashkil
etadi.
GFR O’zbekiston 1991 yilning 31 dekabrida tan oldi va 1992 yilning 6 martidan
diplomatik munosabatlar o’rnatildi, o’zaro elchixonalar faoliyat ko’rsatmokda. Ikki mamlakat
o’rtasida siyosiy iqtisodiy va madaniy sohalarda yaxshi munosabatlar o’rnatilgan. Xorazm
viloyati (Dustlik shaxri) da "Mersedes-Bents" avtomobil’ kontsernining tirkama yuk mashinalari
mamlakat xalq xo`jaligida xizmat ko’rsatmokda, ilmiy, texnik va madaniy sohalarda o’zaro
hamkorlik tobora kuchaymoqda.
|
| |